Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə188/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   533
Quvonova Word

26 – MAVZU: INFINITIV GURUHLAR
(DIE INFINITIVGRUPPEN)
Infinitiv gapda o‘ziga tobe yoki tobe bo‘lmagan so‘zlar bilan qo‘llaniladi. Infinitiv o‘ziga tobe so‘zlar bilan infinitiv guruhlarni tashkil etadi. Infinitiv guruhlar esa zu yuklamasi bilan ishlatiladi. Shunaqa infinitiv guruhlar ham borki, ularda infinitiv doimo tobe bo‘ladi va zu bilan ishlatiladi. Bunday infinitiv guruhlar um.., (an) statt…, ohne kabi bog‘lovchilar orqali aloqaga kiradi. Zu bilan qo‘llangan infinitiv gap oxirida turadi. Sich olmoshi esa bog‘lovchidan so‘ng keladi. Infinitiv guruhlar vergul bilan ajratiladi.Demak,nemis tilida infinitiv guruhlar um…zu, (an)statt…zu, ohne..zu bo‘lib, ular gapda hol vazifasida keladi.
Infinitiv guruhlar quyidagicha tarjima qilinadi:

Um… zu = harakat nomi + uchun, … ga deb, … gani (gali).
Er fährt nach Toschkent, um seine Eltern zu besuchen.
U Toshkentga ota-onasini ko‘rib kelish uchun jo‘nayapti.
Ich fahre aufs Land, um mich dort zu erholen.
Men qishloqqa dam olgani boryapman.
(an) statt … zu= harakat nomi+ o‘rniga
Karim ging ins Kino, anstatt sich zur Prüfung vorzubereiten.
Karim imtihonga tayyorlanish o‘rniga kinoga ketdi.
Sie spielt Klavier, anstatt ihrer Mutter zu helfen.
U onasiga yordam berish o‘rniga pianino chalayapti.
Ohne … zu= fe’lning hozirgi zamon ravishdosh
formasi+mas(may)inkor yuklamasi.
Die Studenten sitzen im Auditorium, ohne das Licht auszuschalten.
Talabalar auditoriyada chiroqni o‘chirmay (o‘chirmasdan) o‘tiribdilar.
Karim ging an mir vorbei, ohne mich zu bemerken.
Karim meni ko‘rmay yonimdan o‘tib ketdi.

Agar infinitiv guruhlar gapning boshida kelgan bo‘lsa, unda gapda teskari so‘z tartibi bo‘ladi:


Statt zu schlafen, las er einen Roman.
Uxlash o‘rniga u Roman o‘qiyapti.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin