L. Mehnat qilish qonunlari


Ma'muriyatning xavfsiz va sog'lom ish sharoitini tashxil qilish majburiyatlari



Yüklə 30,56 Kb.
səhifə4/11
tarix19.06.2023
ölçüsü30,56 Kb.
#132753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1509451576 69586

3. Ma'muriyatning xavfsiz va sog'lom ish sharoitini tashxil qilish majburiyatlari
Sanoat korxonalarida, tashkilotlarida xavfsizlikni ta'minlash va ish sharoitini yaxshilash ma'muriyatning asosiy vazifasi sifatida mehnat qonunlari kodeksiga yozib qo'yilgan.
Ma'muriyat tarkibiga rahbar xodimlar, ya'ni sanoat korxonalari, tashkilotlarida tashkilotchilik, ma'muriy-xo'jalik ish-larini amalga oshiruvchi, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qi-luvchi, ishlab chiqarishdagi xodimlarni boshqaruvchi, moddiy mablag'larni taqsimot bilan ishlatish va uni nazorat qilish ishlarini olib boruvchi shaxslar kiritiladi.
Ma'muriyat xodimlariga quyiladigan asosiy talablar shundan iboratki, ular davlat siyosati va uni amalga oshirish, davlat va xalq manfaatlarini yaxshi tushungan bo'lishi, mehnat sharoiti tartibini saqlay bilishlari, ishchilarni mehnat intizomini saqlash va ishga rag'batlantirish, ish unumini oshirish va darajasini bir necha o'n yil oldindan ko'ra biluvchi shaxs bo'lishlari kerak. Ma'muriyat zimmasiga yuklatiladigan majburiyatlar asosan ishchilar bilan ma'muriyat o'rtasida tuziladigan mehnat bitimidan kelib chiqadi. Mehnat bitimini tuzish majburiyati O'zbekiston Respublikasining Mehnat vazirligi tomonidan belgilangan. Bu qonun sifatida quyidagicha tahlil qilinadi. Ishchi ma'him mutaxassislik bo'yicha belgilangan ishni korxona ichki tartib-qoidalariga rioya qilgan holda bajarishni, ma'muriyat esa mehnat qonunlariga asosan va jamoat bitimida ko'zda tutilgan ma'lum miqdordagi majburiyatlar mundarijasini o'z zimmasiga oladi.
Mehnat qonunlarida ko'zda tutilgan majburiyatlar quyidagi-lardir: har bir ishchi, xizmatchini mutaxassisligi va malakasiga qarab ma'lum mashina, stanok va boshqalardan iborat ish joyi, sog'olom va xavfsiz ish sharoiti, sifatli ish qurollari bilan ta'minlash, sanoat va mehnat intizomini har taraflama mustahkam-lash, ish sharoitini kundan-kunga yaxshilab borishni ta'minlash maqsadida zarur texnik jihozlar o'rnatish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Bundan tashqari rahbar xodimlarga xizmat vazifalari ham yuklanadi. Bu vazifalar boshqaradigan lavozimga doir tavsiyanomada belgilangan bo'ladi.

Yüklə 30,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin