L. Mehnat qilish qonunlari


Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha davlat nazorat tashirilotlari va jamoat nazorati



Yüklə 30,56 Kb.
səhifə2/11
tarix19.06.2023
ölçüsü30,56 Kb.
#132753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1509451576 69586

2. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha davlat nazorat tashirilotlari va jamoat nazorati
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, shuningdek, mehnat qilish qonunlarining bajarilishini ta'minlovchi umumiy va maxsus davlat nazorat tashkilotlari mavjud.
Hamma vazirliklar, birlashmalar va sanoat korxonalarida mehnat qonunlarining aniq bajarilishini O'zbekiston Respublika pro-kuraturasi kuzatadi. Prokuratura mahkamalari qonunlarning buzil-masligini mehnatkashlarning arzlari asosida yoki koncona va ayrim shaxslarning signallari asosida, mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarilayotganligini tekshirish yo'li bilan amalga oshiradilar.
Prokuratura umumiy nazorat tartibida tekshirish natijalaridan sanoat korxonalari rahbar xodimlarini xabardor qiladi va buzilgan mehnat qilish qoidalari buzilishini tezda bartaraf qilishni talab qiladi, rahbar xodimlarga ma'muriy chora ko'rilishini talab qilib yuqori rahbar xodimlaiga murojaat etadi. Agar jinoyat sodir bo'lganligi aniqlansa (xavfsizlik texnikasi qoidasi jinoiy ravishda buzilgan bo'lsa), rahbar xodimlarni jinoiy javobgarlikka tortadi. O'lim sodir bo'lgan, og'ir va bir guruh, (bir necha kishi) bilan baxtsiz hodisaga uchragan holatlarda prokuratura mustaqil tekshirish o'tkazadi.
Mehnat qonuniyatlari buzilmasligining umumiy nazoratini mehnatkashlar deputatlari kengashi va ularning ijroiya qo'mitalari ham amalga oshiradi.
Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha maxsus davlat nazorati tashkilotlariga quyidagilar kiradi:

  1. Kasaba uyushmasining texnik nazorati.

  2. O'zbekiston Respublikasining sanoatda xavfsiz ish olib borish va kon nazorati.

  3. Sanitar nazorati.

  4. Eneigetika nazorati.

5.Yong'inga qarshi kurash nazorati.
6. Jamoat nazorati.
Kasaba uyushmasining texnik nazorati. Har bir sanoat korxonasiga kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi biriktirib qo'yilgan. U korxonada mehnatni muhofaza qilish masalalarini ku-zatib turuvchi davlat nazoratchisi hisoblanadi. Uning asosiy vazifa-lari qatoriga baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishni korxona ma'muriyati tomonidan to'g'ri olib borilayotganligini ku-zatib borish, o'lim bilan tugagan hamda og'ir va bir guruh, ki-shilarning baxtsiz hodisaga uchrashi hollarini tekshirishga qat-nashadi va tekshirish materiallari bo'yicha baxtsiz hodisaga aybdor bo'lganlar haqidagi ma'lumotlarni, aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida tekshirish organlariga jo'natish ham kiradi. Kasaba uyushmasining texnik nazoratchisi yangi uskunalarni va yangi korxonalarni qabul qilish va foydalanish uchun topshirish davlat qabul komissiyasining a'zosi hisoblanadi. Shuningdek, u mehnatni muhofaza qilish nomenklatura chora-tadbirlarining amalga oshirilishini kuzatib boradi.

Yüklə 30,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin