L. Mehnat qilish qonunlari


Yo'riqnomalar o'txazish va ishchilami xavfsiz ishlash usullariga o'rgatish



Yüklə 30,56 Kb.
səhifə8/11
tarix19.06.2023
ölçüsü30,56 Kb.
#132753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1509451576 69586

7. Yo'riqnomalar o'txazish va ishchilami xavfsiz ishlash usullariga o'rgatish
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va sanoat korxonalarida kasb kasalliklari va jarohatlanishga olib keladigan omillarni butunlay yo'qotish sanoat korxonalari rahbarlari oldiga qo'yilgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Hozirgi zamon fan va texnikasining o'sishi, yangidan-yangi texnologiya va mashina-mexanizmlarning joroy etilishi, ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimning yuqori malakali, texnika qonunlarini tushunadigan va unga amal qiladigan bo'lishlarini taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ishchilar xavfsizligini ta'minlash borasida qanchadan-qancha tavsiyanomalar, qoida va me'yorlar ishlab chiqilgan bo'lishiga qaramasdan, sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning butunlay yo'qolib ketishini ta'minlovchi sharoit mavjud emas.
Bundan tashqari sanoat korxonalarining xilma-xilligi, hattoki ma'lum bir korxonada ish sharoiti bir-biriga o'xshash ikkita sexni topish amri mahol ekanligi, umumiy sanoat korxonalari xavfsizligini ta'minlovchi, tartibga solingan qoida ishlab chiqarish mumkin emas, Shuning uchun ham har bir sanoat korxonasi o'zi uchun mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan yo'riqnomalar tizimini tashkil qilingan va bu tizimlar ishchilarning xavfsizligini ta'minlovchi ish usullarini o'rgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham o'z ichiga oladi.
Yo'riqnomalar asosan, to'rt guruhga bo'linadi: 1) kirish yo'riqnomasi; 2) ish joyidagi yo'riqnoma; 3) vaqti-vaqti bilan o'tkaziladigan yo'riqnoma; 4) rejadan tashqari yo'riqnoma.
Sanoat korxonalarining hammasida ish toifasi va xavflilik darajasi qanday bo'lishiga qaramay, barcha ishchi va xizmatchilar ishlash davri, mutaxassisligi va malakasidan qat'i nazar, yo'riqnomadan o'tishlari shart.
Kirish yo'riqnomasi. Ishga yangi kirayotganlar uchun o'tkaziladi. Bu yo'riqnomaning asosiy maqsadi ishga kirayotgan kishiga mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sani-tariyasi to'g'risida ma'lumot berish, uni sanoat korxonasi may-donlari va sexlaridagi tartibqoidalardan xabardor qilishdir. Kirish yo'riqnomasi yaxshi jihozlangan va ko'rgazmali qurollar o'rnatilgan mehnatni muhofaza qilish kabinetida, xavfsizlik texnikasi muhandisi tomonidan o'tkaziladi.
Kirish yo'riqnomasi vaqtida ishga kirayotgan ishchi quyidagi holatlar bilan tanishtirilishi shart: O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari asoslari, sanoat korxona-sida yo'lga qo'yilgan ichki tartib qoidalari, sanoat korxonaii may-donida va sexlarida o'zini tutish qoidalari, sanoat korxonasidagi xavfsizlik texnikasining umumiy talablari, ish joyini tashkil qilish, ishchiga topshirilgan mashina va mexanizmlarni saranjom va ozoda saqlash qoidalari, maxsus ish sharoiti tashkil etilgan ayrim sex va bo'limlar bilan tanishtirish, baxtsiz hodisalarni oldini olish qoidalarini tushuntirish, bunda asosiy diqqate'tiborni har xil erituvchilar, kislotalar, yengil alangalanuvchi suyuqliklar, siqilgan havo, elektr toki xavfi mavjud bo'lgan sexlarga qaratish kerak.
Mehnatni muxhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoida, me'yor va yo'riqnomalarining buzilishi natijasida vujudga kelgan baxtsiz hodisalar haqida ma'lumotlar berilishi kerak. Baxtsiz hodisa ro'y beiganda o'zini qanday tutish haqida tushuncha beriladi, alkogolli ichirnliklar baxtsiz hodisaga olib kelishi haqida aytib o'tilishi shart. Maxsus kiyim bosh, maxsus oyoq kiyimi va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish qoidalari, sanitar-gigiena sharoitlariga e'tibor berish, sanitariya maishiy xonalardan foydalanish tartibi, baxtsiz hodisaga uchragan kishiga tibbiyot xodimi kelgunda qadar yordam ko'rsatish usullari haqida ma'lumot beriladi.

Yüklə 30,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin