L. Mehnat qilish qonunlari


Xavfsizlik texnikasi muhandisining vazifalari



Yüklə 30,56 Kb.
səhifə6/11
tarix19.06.2023
ölçüsü30,56 Kb.
#132753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1509451576 69586

5. Xavfsizlik texnikasi muhandisining vazifalari
Har bir sanoat korxonasi o'z masshtabiga asosan mehnatni muhofaza qilish bo'limini yoki xavfsizlik texnikasi muhandisi la-vozimidagi shtat birligini tashkil qilishi shart. Uning asosiy vazifasi sanoat korxonasida mehnat qilayotgan ishchi va muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish qoida va talablarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat.
Jumladan, uning xizmat doirasiga quyidagilar kiradi:

  1. Sex va bo'lim boshliqlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish qonunlarini va boshqaruvchi tashkilotlarning xavfsizlik texnikasi, sanoaf sanitariyasi norma hamda qoidalarini bajarish to'g'risidagi qarorlarning bajarilishini kuzatib boradi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish davlat tashkiloti ko'rsatmalarini to'g'ri bajarilayotganligini tekshiradi.

  2. Sanoat korxonalaridagi havo muhitining toza bo'lishiga e'tibor beradi va shamollatish tizimlarining to'g'ri ishlatilayot-ganligini kuzatib boradi.

  3. Sanoatga zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini joriy qilish choralarini ko'radi.

  4. Sex va bo'lim boshliqlari tomonidan «Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobiga olish» haqidagi qarorning bajarilayotganligini kuzatib boradi.

  5. Sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda maxsus oziq-ovqat, kiyim-bosh, oyoq kiyimi, sut mahsu-lotlari, sovun va shaxsiy muhofaza aslahalari bilan ta'minlaydi.

  6. Sanoat korxonasining hamma bolimlarida xavfsizlik texnikasi tavsiyanomasini o'z vaqtida va sifatli o'tkazish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.

Xavfsizlik texnikasi muhandisining asosiy e'tibor berishi zarur bo'lgan obyektlaridan biri-texnik yechimlarning loyiha hujjatlarida to'g’ri hal qilinishini nazorat qilishdan iborat. Chunki muhofaza qilish asosiy chora-tabirlari va xavfsizlik texnikasining umumiy masalalari ana shu hujjatlarda hal qilinadi. Mazkur hujjatlarni qabul qilish vaqtida xavfsizlik texnikasi muhandisining qatnashishi shart va bu korxona raxbari tomonidan buyruq bilan asoslanadi: Umuman xavfsizlik texnikasi muhandisi sanoat korxonalarini rejalashti-rish, karta tashkil qilishda, sanitariya-maishiy xonalar tashkil etish ishlarida, sanoat mashina va mexanizmlarini o'rnatishda, yangi texnologik mashina va mexanizmlar, texnologik liniyalarni yig'ish va o'rnatish ishlarida qatnashishi kerak.
Xavfsizlik texnikasi injeneri nazoratchi sifatida sanoat korxonalarida tuzilgan har xil komissiyalar a'zosi sifatida qatnashishi kerak. Masalan, yangi qurilgan yoki karta jihozlangan obyektlarni, yangi o'rnatilgan yoki remont qilingan sanoat ji-hozlarini qabul qilishda, muhandis texriik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi bilimlarini tekshirishda, ishchilarni at-testasiyadan o'tkazish va boshqalarda ishtirok etishi zarur.
Bundan tashqari xavfsizlik texnikasi muhandisi mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishda qat-nashibgina qolmasdan, qabul qilingan qarorlarni rejalashtirib, amalga oshirish choratadbirlarini ko'radi.
Uning bajarishi zarur bo'lgan vazifalar qatoriga yana quyidagilarni kiritish mumkin:
— ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan baxtsiz hodisalarni hi-sobga olish, uni keltirib chiqargan sabablarini tahlil qilish va baxtsiz hodisaning qaytarilmaslik chora-tadbirlarini ko'rish;
— baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini kamaytirishga, ish sharoitlarini yaxshilash uchun ajratilgan mablag'larni o'zlashtirilishi haqida hisobot tuzish;
— sanoat korxonasidagi mehnatni muhofaza qilish masalalarini tahlil qilish va rahbar xodimlarga o'z mulohazalarini bildirish;
— tegishli bo'lim va xizmatchilar oldiga ishchilarni xavfli va zararli omillar ta'siridan muhofaza qilish talablarini qo'yish;
— zavod bo'limlari va sexlariga mehnatni muhofaza qilish masalarida va ish sharoitini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda yordam ko'rsatish;
— zavod sexlarida ishlab chiqilgan mehnatni muhofaza qilish rejalarini umumiy zavod rejasiga kiritib, umumlashtirish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko'rish;
Xavfsizlik texnikasi muhandisi ishchilar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ishchilarni o'qitadi, ulanii yo'riqnomalardan o'tkazadi. Shuning uchun u kadrlar tayyorlash bo'limi bilan birgalikda ishchilarni maqsadli kurslarda o'qitish ishlarini tashkil qiladi, mehnatni muhofaza qilish kabinetlari, burchaklari va vitrinalarini tashkil qiladi, xavfsizlik texnikasi qoida va normalarini propaganda qilish maqsadida ma'ruzalar uyushtiradi, plakatlar sotib oladi va ularni tarqatadi, xavfsizlik texnikasining ogohlantiruvchi yozuvlarini va belgilarini keraldi yerlarga o'rnatadi.
Mehnatni muhofaza qilish mutaxassisi sifatida xavfsizlik texnikasi muhandisi yangi ishga kirayotganlarni kirish yo'riqnomasidan o'tkazadi va ularga mehnatni muhofaza qilish qoida va normalarini tushuntiradi.
Bundan ko'rinib turibdiki xavfsizlik texnikasi muhandisi sanoat korxonasi texnologiyasini a'lo darajada bilishi bilan birga xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish masalalarida ham yuqori malakaga ega bo'lishi talab etiladi.
Xavfsizlik texnikasi muhandisining huquqlarini ham aytib o'tish kerak. U sanoat korxonasining xohlagan sexini xohlagan vaqtda tekshirish va agar biror bir mashina yoki agregat ishchilar hayoti yoki sog'ligi uchun zarar keltirishi mumkin bo'lgan holatni sezsa, bu mashinani to'xtatishi va ma'muriyatdan texnika xavfsizligi qoida va normalarini buzayotgan rahbar-shaxslarning ishdan chetlatilishini talab qilish huquqiga egadir.

Yüklə 30,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin