Ba'zi bir rahbar shaxslarning o'z ishiga sovuqqonlik va loqaydlik bilan qarashi natijasida mehnatni muhofaza qilish tartib qoidalari buzilib, baxtsiz hodisa yuz bersa, bu baxtsiz hodisaning og'ir-yengilligi va oqibatini hisobga olib, javobgarlik chora-tadbirlari belgilanadi.
Intizomiy javobgarlik. Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati fan va texnika taraqqiyotining hamma yutuqlarini o'zida jamlagan murakkab dargoh hisoblanadi. Unda oddiy tokarlik stanogidan tor-tib zamonaviy programmalashtirilgan agregat stanoklarigacha, oddiy yig'ish maydonidan boshlab, mukammallashtirilgan konveyer liniyalarigacha ishlaydi. Bunday mashinasozlik zavodlari sexlarida bir necha yuzdan tortib, bir necha ming nafargacha ishchilar mehnat qilishi mumkin.
Bunday katta sanoat korxonasida mehnat intizomini saqlash, xavfsiz ish olib borishning asosi hisoblanadi. Chunki bu yerda mehnat qilayotgan ishchining vazifasi va bajaradigan ishi mutaxassisligi bo'yicha texnika xavfsizligi me'yorlari darajasida bo'lishi kerak va uni buzgan shaxslarga nisbatan ma'muriy javobgarlik tartibida ogohlanitirish, jamoat tartibidagi choralar va ma'lum miqdorda jarima to'lash belgilanadi.
Bunday holatlarda jarima va ogohlantirish buysunish tartibidagi rahbar xodimlar tomonidan emas, balki mehnatni muhofaza qil-ishning davlat nazorat organlari yoki shahar va tuman kengashi ijroiya qo'mitasi tomonidan tashkil qilingan komissiyalarning qarori bilan belglanadi.
Jinoiy javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo'pol buzilishi natijasida og'ir jarohatlanish sodir bo'lsa, bir necha kishi og'ir jarohatlansa yoki baxtsiz hodisa o'lim bilan tugasa, bun-day holatda rahbar xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Rahbar xodim vazifasidan chetlatiladi va ma'lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.
Moddiy javobgarlik. Moddiy javobgarlik—bu ishchi va xizmatchining aybi bilan korxonaga keltirilgan moddiy zararni qoplashdir. Mehnatni muhofaza qilishning qoida va me'yorlarining ishchi va xizmatchi tomonidan buzilishi natijasida sanoat korxonasi moddiy zarar ko'rsa, ana shu zararning bir qismi yoki hammasi aybdor shaxs tomonidan to'lanishi moddiy javobgarlik chorasiga kiradi.
Moddiy javobgarlik asosan ikki xil tartibda: chegaralangan moddiy javobgarlik va to'liq moddiy javobgarlik tartibida belgilan-ishi mumkin. Chegaralangan moddiy javobgarlikka ishchi yoki xizmatchidan sanoat korxonasiga yetkazilgan zararni ma'muriyat tartibida buyruqqa asosan oyligidan undirib olinadi. Lekin bunda, avvalo aybdor shaxsning roziligi bo'lishi shart, ikkinchidan, undirib olinadigan miqdor umuman ishchining yoki xizmatchining o'rtacha oyligidan oshib ketmasligi va har oyda undiriladigan pul miqdori esa ishchi yoki xizmatchining oladigan oyligining uchdan bir qismidan oshmasligi kerak.
To'liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo'lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo'lsa, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda, sanoat korxonasiga keltirilgan moddiy zararni ham to’liq qoplashga majbur qilinadi. Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud organlari (ma'muriyatning talabiga asosan) chiqaradi. Bu holda ma'muriyat tomonidan aybdorning haqiqatan ham aybdor ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar ko'rsatilishi kerak.