L. Mehnat qilish qonunlari



Yüklə 30,56 Kb.
səhifə9/11
tarix19.06.2023
ölçüsü30,56 Kb.
#132753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1509451576 69586

Ish joyidagi yo'riqnoma. Ishga yangi kirgan, bir ishdan ikkinchi ishga o'tkazilgan, bir mashinadan ikkinchi mashinaga, bir uchastkadan ikkinchi uchastkaga o'tkazilgan, garchi vaqtincha bo'lsa-da, ish joyidagi yo'riqnomadan o'tkazilishi shart.
Ish joyidagi yo'riqnomada quyidagilar tushuntirilishi kerak: ishchining doimiy ishlash joyi, sexdagi texnologik jarayon va xavfli uchastkalar, ishchining doimiy ishlashi zarur bo'lgan mashinaning yoki stanokning tuzilishi, mashinaning xavfli joylari, muhofaza qurilmalari va boshqa saqlovchi vositalar, ularning vazifasi hamda ulardan foydalanish qoidalari. Ishga tayyorlanish qoidalari, stanokning sozlanganligini tekshirish, yuigizish-o'chirish asboblarining ishlashi, stanokning yega ulanganligi, yordamchi va asosiy qurollarning mavjudligi. Shaxsiy muhofaza aslahalarining vazifalari va ulardan foydalanish qoidalari, ish kiyimlari, maxsus kiyimlar, oyoq kiyimlari va bosh kiyimlaiga qo'yiladigan talablar.
Ish joyini tashkil qilish, bunda material va tayyor mahsulotlarni joylashtirish, ish joylarining iflos va keraksiz narsalar bilan to'lib ketishiga yo'l qo'ymaslik, yo'llar, o'tish joylari va ish joylarini to'sib qo'ymaslik.
Transport vositalari, ko'tarish kranlari va mexanizmlarni ish-latish qoidalari va boshqa yordamchi vositalardan foydalanish tartiblari.
Baxtsiz hodisalar kelib chiqishi mumkin bo'lgan ish usullarini qo'llashni taqiqlash va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin bo'lgan sanoat zararli moddalari haqida tushuncha berish va ular-dan saqlanish usullarini ko'rsatish.
Yo'riqnoma o'tkazayotganda avvalo, odatdagi ish sharoitida ishchi o'zini qanday tutishi kerakligi haqida ma'lumot beriladi. Le-kin sanoat korxonalarida ba'zi bir favqulodda holatlar ham yuz berib qolishi mumkin. Masalan, avariya, yong'in va boshqa hol-larda ishchi o'zini qanday tutishi, tez harakat qilishi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun mana shunday holatlarda qanday harakat qilish kerakligi haqida ham ma'lumot berilishi kerak. Ish joyidagi yo'riqnomani master yoki brigadir o'tkazadi.

Yüklə 30,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin