25
Boshqacha qilib, aytsak, Obid
sh i k o ya t ch i, chunki unga bermasang ham
arz qilishga qo ‘ysang bo ‘ldi, biror yerdan
kelgan odamga darrov bu
yerdagilarning zulm, adolatsizlik qilayotganliklari to‘g‘risida shikoyat qilishga
tushadi.
Ch a t o q – so‘zining o‘zbek tili leksikografik
manbalarida bir necha
ma’nolari berilgan. Bu so‘z hamma ma’nolarida ham laqab bo‘lib
ishlatilavermaydi. Faqat muomalaga, gapga ko‘nmaydigan,
yurmaydigan doim
ishkal ish qiladigan, ishkal chiqarib yuradigan ma’nosidagina
obrazga nisbatan
laqab funktsiyasida ishlatiladi.
Aziz dam olish kuni erta bilan Mahamat
ch a t o q n i k i g a yo‘l oldi.
Qoraqolpog‘istondagi o‘zbek shevalarida
chatoq laqabi juda keng qo‘llanadi.
I sh g i r - leksemasining o‘zbek tilining izohli lug‘atida abjir, epchil,
chaqqon ma’nolari bor. Badiiy asarda ham shu ma’noda ishlatiladi.
Darvoza oldida tugun ko‘targan Halil
i sh g i r turardi.
Qoraqolpog‘istondagi o‘zbek shevalarida
chimri,
jolli laqabi juda keng
qo‘llanadi.
I sh g i r so‘zi Farg ‘ona vodiysi shevalariga xos bo‘lib, o‘zbek adabiy tilida
chaqqon formasida ishlatiladi.
S o v u q - laqabi
s o v u q so‘zi laqab bo‘lib, ko‘chma ma’noda qo‘llanib,
o‘ziga jalb qilmaydigan ma’nosini anglatadi. Ko‘rinishidan
odamga
qo‘rqinchliroq, yoqimsiz ko‘rinadi. Masalan:
-Salim cho‘ponning yonida.
-Ha, Salim
s o v u q bilanmi? Ko‘rmagan ekanman.
Misollardan ma‘lum bo‘lishicha obrazning eng xarakterli xolatini, xususiyatini
ochishda obrazning ijobiy yoki salbiy ekanligini aniqlashda laqablar alohida
stilistik funktsiyani bajaruvchi vosita bo‘lgan.