Z u f u n u n – so‘zi arabcha bo‘lib ko‘p ilmlarni biluvchi kishi degan
ma’noni anglatadi. Badiiy asarda ham shu ma’noda qo‘llanilgan. Hozirgi vaqtda
bunday kishilarni olim deyiladi.
-Zamona o‘tadir, mulla Ahad, - dedi SHorajab z u f u n u n xush ovoz bilan,-
illo imon qoladur, hisob-kitob ilmining esa vijdon sotishda qo‘l kelganini ham
bilamiz.
S a r b o n– bu laqabning sinonimi hozirgi davrda karvonboshi, karvon
laqablaridir.
Darvesh Muhammad s a r b o n, Muhammadiy ko‘kaldosh, Gadoyi tog‘oyi
asas edi.
S a r b o n so‘zining hozirgi sinonimi k a r v o n so‘zi hozirgi davrda ham
laqab bo‘lib ishlatiladi.
Yo‘ldosh k a r v o n: -Be!.. Janjalning boshi yo‘qchilik.
S a r k o r -bu so‘zning asl ma’nosi o‘zbek tilining leksikografik
manbalarida ma’lum ish yoki sohani boshqargan lavozimli kishi, umuman rahbar,
ishboshchi, boshliq ma’nolarini ifodalashi ta’kidlangan.
Mazkur leksema asosan amalni bildiradi. Uning amal ma’nosi keyinchalik
laqabga aylangan. Bizning fikrimizcha bunday holatlar faqat kontekstual
vaziyatdagina sodir bo‘ladi.
a) Nargi mahalladagi Olim s a r k o r deganning bog‘ida ko‘k shapka kiygan
zindambir to‘ralar turishar ekan.
b) Xatto Sindor r a i s ham cho‘chirdi qarshi gap aytishga.
Demak, s a r k o r leksemasining funktsiyasi o‘rnida r a i s so‘zi ishlatiladi.
T i l m o ch – so‘zi bir tildagi gap yoki nutqni boshqa tilga tarjima qilib
beruvchi kishi ma’nosida qo‘llangan. Hozir bunday kishilarni tarjimon deyiladi.
Tulki t i l m o ch n i ng asli ismi Bozorboy bo‘lsada, bu ismni ko‘plar bilmas,
u ko‘pdan ayyorligi, quvligi sababli orttirgan «Tulki tilmoch» laqabi bilan
hammaga ma’lum edi.
38
D a r g‘ a –so‘zi eskirgan so‘z bo‘lib kema boshqaruvchi degan ma’noni
bildirgan. Hozir bunday kishilarni kapitan deyiladi.
-Elga bersang oshingni, bir umr silar boshingni! - dedi Ajiniyoz d a r g‘ a.