Laqablar Og'abek


 Mirmuhsinning «Temur Malik » romanida laqablarning badiiy



Yüklə 440,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/35
tarix22.09.2022
ölçüsü440,08 Kb.
#63927
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
ozbek tilida laqablarning tuzilishi va leksik-semantik tavsifi badiiy asarlar misolida

3.3. Mirmuhsinning «Temur Malik » romanida laqablarning badiiy 
uslubda qo‘llanilishi 
Ma’lumki, badiiy matnlarda, jumladan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi 
Mirmuhsinning «Temur Malik» romanida qo‘llangan laqablarning funktsional 
semantik xususiyatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, taniqli 
yozuvchi Mirmuhsinning «Temur Malik» tarixiy romanida qo‘llangan 
antroponimlar o‘sha asrda tasvirlangan XIII-XIV asrlar tarixiy voqeligiga mos
bo‘lishiga erishilgan. Mirmuhsin bu asarida ko‘proq o‘sha davr, ya’ni XIII-XIV 
asr eski o‘zbek adabiy tilida turkiy xalqlar orasida keng qo‘llangan kishi ismlari
laqablar va taxalluslardan o‘rinli foydalanishiga intiladi.
Badiiy matnlarda laqablarning ayrim uslubiy xusussiyatlari haqida 
(Mirmuhsining «Temur Malik» romani asosida). Demak, to‘laqonli badiiy 
obrazning yuzaga kelishida qahramonlarning portreti, tashqi qiyofasi, nutqi, 
monolog va diologlari bilan bir qatorda uning ismi, laqabi yoki taxallusi ham 
muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun jahon adabiyotining yirik 
vakillari o‘z asarlari qahramonlarining ismlariga ham alohida e’tibor berishgan, 
qahramonga munosib ism topish o‘ziga xos san’atkorlik belgisi deb baholangan. 
Ulug‘ rus yozuvchisi A.P.Chexov qahramon ismining badiiy asar uchun muhim 
ahamiyatga ega ekanligini nazarda tutib, jumladan, shunday degan edi: “faqat asar 
qahramonlarining nutqlaridagina emas, balki ularning ismlari va familyalarida ham 
chuqur soddalik va hayotiylik bo‘lishi kerak. Binobarin, qahramonning nomi 
asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunini chuqurlashtirib, uning milliy ruhini, 
xalqchilligini kuchaytirishda, asardagi obrazlar va voqealarni tipiklashtirishda 
muayyan ro‘l o‘ynaydi”. Masalaga anashu nuqtai nazardan qaraganda, badiiy 
matnda, 
jumladan, 
O’zbekiston 
xalq 
yozuvchisi 
Mirmuhsinning
“Temur Malik“romanida qo‘llangan ismlar (antroponimlar)ning funktsional-
semantik xususiyatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, taniqli 


41 
yozuvchi Mirmuhsinning “Temur Malik” tarixiy romanida qo‘llangan 
antroponimlar o‘sha asrda tasvirlangan XIII-XIV asrlar tarixiy voqeligiga mos 
bo‘lishiga erishilgan. Mirmuhsin bu asarida ko‘proq o‘sha, ya’ni XIII-XIV asr 
eski o‘zbek adabiy tilida, turkiy xalqlar orasida keng qo‘llangan kishi ismlari, 
laqablar taxalluslardan o‘rinli foydalanishga intiladi. 
Yozuvchi “Temur Malik “romani ustida o‘n yil mehnat qildi (1975-1985). 
1985-yilda asar dastlab “Sharq yulduzi “jurnalida e’lon qilindi, keyinchalik
“Xo‘jand qal’asi” nomi bilan nashr etildi. Yozuvchi bu asarni qayta ishlab, uning 
keyingi nashrlarida “Temur Malik” nomi bilan nashr etishni ma’qul ko‘rdi. Bu 
asarga so‘nggi so‘z yozgan, tarixchi olim H.Ziyoyev ta’kidlagandek, “Romanning 
Chingizxon istilo qilgan joylarda ,xususan, O‘trorda, Xo‘jandda va Urganchda 
qilgan yovuzliklariga bag‘ishlangan sahifalari katta qiziqish bilan o‘qiladi. 
”Temur Malik “romani matnida boshqa leksik vositalar singari laqablar ham 
muhim tasviriy ahamiyat kasb etgan.
Masalan, romandagi asli Samarqandlik sardor Muhammad Intizom «Mextar 
Bodiyaldoyi Samarqandiy soniy» laqabiga ega. Yozuvchining eslatishicha Mextar 
Bodiyaldoyi Samarqandiy soniy – jangnomalardagi afsonaviy ayg‘oqchilarning 
ismlaridir. Shu bilan birga bu ayg‘oqchilar sardorining «Mextarbod», «Kamak 
Kayyoniy», «saltanatning o‘tkir xanjari» kabi laqablari ham bor: « - Mana o‘qing, 
azizim. Siz na Mextarbod va na Kamak Kayyoniy ekansiz!...» 
Asarning bosh qahromoni Temur Malik «Fili Mahmud» laqabiga ega: Temur 
Malik ibn Mahmud – o‘ttiz yoshlarga borgan barvasta, yelkalari keng,
qo‘l-oyoqlari uzun yo‘g‘on ovozli kishi… Ba’zan kulgisiniyu qahrini yuzidan aniq 
sezib bo‘lmas, shu sababdan ham uni «Fili Mahmud» derdilar – ellik qadamcha 
yerdan tegirmon toshini yelkada ko‘tarib kelib charx ustiga o‘rnatib berganidan 
tashqari, gap ko‘tarar, har qanday noxush xabar oldida sachrab ketmas, bo‘ronlarga 
qoyadek chidamli edi, «Fili Mahmud» laqabi ham shudan bo‘lsa kerak. Romanda 
ana shu laqab ba’zan so‘z o‘yiniga, askiyaga asos bo‘lib xizmat qiladi:


42 
« - … Sizga tenglasha olmas ekanmen. Bu og‘ir xodalar she’rning emas, 
filning ham («Fil» so‘zi bilan u Temur Malikka ishora qildi) yuragini o‘ynatib 
yubordi. 
- Filning ham bo‘ladigani bo‘ldi. Yuring, daryoda bir cho‘milib kelamiz… 
Mo‘g‘ullar esa Temur Malikni «qora Irves» - «qora Qoplon» laqabi bilan 
yuritishgan: «Tunda qora «Irves» paydo bo‘lib, posbonlarni yechinib yotgan 
joyida qonga belab, qilich bilan chopib, nayza bilan sanchib… ketishi 
mo‘g‘ullarning tinkasini quritdi. Ular tun bo‘yi uxlamay «Irves»ni quchadigan, 
poylab chiqadigan bo‘lib qoldilar» kabilar. 
Asarda ayrim xotin-qizlar ham o‘z laqablariga ega. Bu jihatdan 
Xorazmshohning onasi – Turkon xotun obrazi xarakterlidir. U o‘ta makkor, o‘g‘li 
– Xorazmshohning ishiga ham bo‘lar-bo‘lmasga aralashaveradigan ayol bo‘lib, 
asarda u «Xudovandi Jahon», «Qari tulki», «Buyuk enamiz» laqablari bilan ham 
yuritiladi: «Sultonning in’omiga sazovar bo‘lishi va buni Sulton o‘z qo‘li bilan 
topshirishi – katta voqea. Xo‘jandlik Mahmud Malik o’g’li Temurning saltanatga 
sadoqati keyinchalik Xo‘jandga hokim etib tayinlanishiga asos bo‘lgan edi. Bu 
devqomat yigitning «Xudovandi jahon» - Turkon xotunga itoatkorligi, unga doimo 
qo‘li ko‘ksida, salomini kanda qilmasligi, ayniqsa, hamisha burgutday chaqnab 
turishi qahri qattiq Turon xotunning diqqatini jalb etgan edi »; 
Romanda salbiy mazmunli laqabga ega bo‘lgan ayollardan biri Binafsha 
bekadir. Temur Malikning xotini Oychechakning kanizagi bo‘lgan bu xotin «Qora 
qanjiq» - «Olaqanjiq», «ko‘rpa tagidagi ilon» laqabiga ega: 
«Binafsha beka ham Gurganjdan Oychechak bilan birga kelgan, bu 
enaganing ham Turkon xotunga aloqadorligini Temur Malik allaqachon sezgan. U 
hamma narsani kavlashtirib, hamma gapga burnini tiqardi. SHuning uchun bo‘lsa 
kerak, Temur Malik bilan Shohmurod Ko‘histoniy uni «Qora qanjiq» deb 
atashardi o‘zaro. «Olaqanjiq» oqsoqoldan bola topilganini eshitib, xursand 
bo‘lganidan yig‘lab yubordi» 314 b. kabilar. 
Asarda «hamma joyda hoziru nozir» bozor oqsoqoli Ahmad ibn Morazning 

Yüklə 440,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin