44
3.4. O‘zbek tili fitonimiyasida nom ko‘chish hodisasining qo‘shaloq
ismlar(laqablar) bilan bog‘liqlik jihatlari
Onomastikada jonli organizmlar (odam, hayvon, o‘simliklar)ning
atoqli otlari
bionim (yun. bioc - bios, hayot + onoma - nom)lar deb yuritiladi
34
. Onomastikaga
oid terminologik lug‘atlarda bionimlar turkumiga antroponimlar, zoonimlar,
ornitonimlar, fitonimlar kiritiladi.
O‘zbek tilida fitonimlarning boshqa bionim turlari: antroponimlar va
zoonimlar, ornitonimlar hamda toponimlar bilan aloqadorlik munosabati natijasida
vazifaviy o‘tishlar, ya’ni bir atoqli otning ikkinchi bir atoqli otga ko‘chishi
kuzatiladi. Atoqli otdan atoqli ot hosil bo‘lishi onomastik terminologiya bo‘yicha
tuzilgan lug‘atlarda
konversiya va
transonimizatsiya deb ko‘rsatiladi
35
. N.Uluqov
aynan bir til hodisasiga nisbatan ikki xil termin qo‘llanishini ma’qullamagan holda,
turdosh otlardan hech qanday o‘zgarishsiz atoqli otlar: toponimlar, antroponimlar,
zoonimlar, fitonimlar hosil bo‘lishiga nisbatan konversiya, bir atoqli otdan boshqa
atoqli ot, ya’ni
antroponimdan toponim, oykonimdan gidronim hosil bo‘lishiga
nisbatan
transonimizatsiya terminini qo‘llash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.
Bizningcha ham, bu to‘g‘ri. Demak, bir atoqli otning ikkinchi bir atoqli otga
o‘tishini -
transonimizatsiya
36
deb atash maqsadga muvofiqdir.
O‘zbek tili fitonimiyasida kishi nomlari bilan (antropofitonimlar), joy nomlari
bilan (topofitonimlar), hayvon nomlari bilan (zoofitonimlar), qush va parranda
nomlari bilan (ornifitonimlar) atalgan fitonimlar ham kuzatiladi. Bu o‘simliklar
dunyosining jamiyat,
hayvonot, qushlar dunyosi bilan uzviy bog‘likligi va
aloqadorligi mahsulidir.
O‘zbek tili fitonimiyasida transonimizatsiya asosida quyidagi atoqli ot
turlaridan fitonimlar hosil qilishi kuzatiladi:
34
Бегматов Э, Улуқов
Н
.
Ўзбек
ономастикаси
терминларининг
изоҳли
луғати
.
Наманган
, 2008. 21-
бет
.
35
Қаранг
:
Подольская
Н
.
В
.
Словарь
русской
ономастической
терминологии
.
М
.:
Наука
, 1978.
с
.152-
153.
36
Қаранг
.
Улуқов
Н
.
Ўзбек
тили
гидронимларининг
тарихий
-
лисоний
тадқиқи
.
Д
.
Д
.
Тошкент
.2010, 203
–
б
.
45
1.
Topofitonimlar (toponimlardan hosil bo‘lgan o‘simlik nomlari). Madaniy
o‘simliklar,ya’ni qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirish; qishloq xo‘jaligining asosiy
tarmoqlaridan bo‘lgan dehqonchilik
va uning sabzavotchilik, polizchilik,
bog‘dorchilik, gulchilik kabi yo‘nalishlari, insonlar faoliyati va ular yashaydigan
ma’lum hudud bilan uzviy bog‘liq. Bu bog‘liqlik o‘simlik, xususan, poliz, sabzavot
ekinlari va meva navlarini nomlashda ham kuzatiladi. Masalan,
Samarqand
viloyatining Zarafshon shahrida yaratilgan ertapishar mahalliy olma, ertapishar
serhosil kartoshka navi «
Zarafshon» deb atalgan
37
.
Ma’lum
ob’ektga,
ya’ni
joy
nomiga
nisbatan
berib
nomlangan
o‘simliklar,xususan, navlar
topofitonimlar deb ataladi.
Fitonimlar guruhida joy
nomlari bilan atalgan o‘simlik nomlari, ya’ni topofitonimlar salmoqli o‘rin tutadi.
Topofitonimlar asosan sabzavot navi yaratilgan joyga, urug‘chilik bo‘limi o‘rniga,
xususan, respublika, viloyat, shahar, shaharcha, qishloq nomlariga nisbatan berish
asosida yuzaga keladi.
Masalan:
-
pomidor
navlari:
«
Turon»,
«
Sayhun»,
«
Surxon»,
«
Stalingrad»,
«
Volgograd»;
-
turp
navlari:
«
Marg‘ilon»,
«
Andijon»,
«
O‘zbekiston-32»;
karam navlari: «
Ashxobod», «
Toshkent»;sholg‘om navlari: «
Namangan»,
«Samarqand»;
-qalampir navi: «
Jayhun»,
-sarimsoq navi: «
Andijon» kabi. Shuningdek, ayrim topofitonimlar ma’lum
joyga nisbat berish asosidagina emas, nav yaratilgan
hududga biron-bir mashhur
joy asosida ham hosil qilinishi mumkin: «
Turon», «
Sayhun», «
Surxon» pomidor
navlari, «
Jayhun» qalampir navi kabi.
Topofitonimlarni qanday joy nomi bilan atalganligiga ko‘ra:
Dostları ilə paylaş: