43
xabardor, hamma joyda hoziru nozir,
laqabi «
ayo‘s» - bozor oqsoqoli
Ahmad ibn
Moraz ham paydo bo‘lib, xalloslab kelib Temur Malikka peshkash chiqdi» .
Asarda Temur ismli obrazlar ham ikkita. Biri – Xo‘jand hokimi, mohir
sarkarda Temur Malik bo‘lsa, ikkinchisi - xoyin, qochoq Temurdir. Uning barvasta
qomati va ismi Temur ekanligiga ishonib, Shohmurod Ko‘histoniy bu barvasta
yigitni jangchilar safiga qo‘shadi:
«Devqomat bo‘lgani bilan palag‘da tuxumdan
chiqqanligi... yuragimga shubha solgan edi. La’natining nomi ham «Temur».
Shubham to‘g‘ri - u iblis bo‘lib chiqdi!» 2. 240-b.;
«Nojins, attang qochibdi, lekin qo‘limizga tushmay iloji yo‘q! Men bu
xoinning Afrosiyobdek qaddu qomatiga, murtiga qarabmanu yuragiga
qaramabman. Ko‘zim ko‘r ekan. Men chayonni bag‘rimizga olibman...» 240-b.
Romanda mo‘g‘ullarning sarkardalari So‘qtu no‘yon va Uloq no‘yon ismlari
juda ko‘p marta takrorlanadi, ularning o‘zlariga xos xarakterini, jizzakilik,
toshbag‘irlik,
yovuzlik,
makkorlik,
ishratparastlik
xususiyatlarini
ochish
maqsadida yozuvchi ularning har biriga mos mo‘g‘ulcha laqablardan ham
foydalanadi.
Masalan,
So‘qtu no‘yonning laqabi «
chono» («
xulgana», «
sichqon») bo‘lsa,
Uloq no‘yonning laqabi mo‘g‘ulcha «
chono» («qashqir»)dir. «
Movaraunnahr
tuprog‘iga o‘tishda u Xo’jand, undan to O‘sh-u O‘zgangacha borishni sinalgan
«tsergiyi» (harbiy boshliq)lar So‘qtu no‘yon bilan Uloq no‘yonlarga topshirdi.
Ularning katta o‘ttiz besh yoshida, laqabi «Xulgana» (sichqon) edi. Yumaloqligi,
tishlarining o‘tkirligi, pitirlab tez yurishi sababli shu laqabni olgan bo‘lsa kerak.
Ikkinchisi o‘ttiz uch yoshda bo‘lib, laqabi «Chono» (qashqir), «Udirdagch»
(yo‘lboshchi, ya’ni Chingizxon) bu ikki no‘yonga Udegey, Chig‘atoyu Botuxondek
e’timod qo‘ygan...» 2.187-b.kabilar.
Shunday qilib yozuvchi Mirmuhsinning «Temur Malik» romanida laqablar
o‘rni bilan qo‘llangan hamda ular asarda tasvirlangan tarixiy davr – mo‘g‘ul
bosqinchilariga qarshi kurash davri haqida kitobxonlarga aniq tasavvur berish
uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: