a) xoronimlarga nisbatan berish asosida nomlangan o‘simlik navlari.
Amirkonqovun, O‘zbeksiton (qulupnay navi), Turkiston (bug‘doy navi) kabi;
37
Қаранг
:
Подольская
Н
.
В
.
Словарь
русской
ономастической
терминологии
.
М
.:
Наука
, 1978.
с
.152-
153.
46
b) polisonimlar (shahar nomlari)ga nisbatan berish aosida nomlangan
o‘simlik navlari: «Termiz-31», «Namangan-77» (g‘o‘za navlari), «Ashxobod»
(karam navi), «Marg‘ilon-822» (bodring navi) kabi;
v) oykonimlar (qishloq nomlari)ga nisbatan berish asosida nomlangan
o‘simlik navlari: «Qizilravot» (g‘o‘za navi), Bekobodqovun kabi;
g) gidronimlar (suv ob’ekti nomlari)ga nisbat berish asosida nomlangan
o‘simlik navlari: «Sayhun» (pomidor navi), «Jayhun» (qalampir, bug‘doy, sholi,
g‘o‘za navlari) «Bo‘zsuv», «Yaksart» (bug‘doy, g‘o‘za navlari), «Amudaryo»
(qovun navi), «Oqdaryo-6» (g‘o‘za navi) kabi.
O‘zbek tilidagi topofitonimlarni atalish motiviga ko‘ra quyidagicha guruhlash
mumkin:
a) o‘simlik navi yaratilgan, yetishtirilgan joy nomlariga nisbat berish
asosida yuzaga kelgan fitonimlar: «Chimboy», «Nayman», «Pastdarg‘om»,
«O‘zbekiston» (jo‘hori navlari); «Toshkent» (bug‘doy navi) kabi.
b) o‘simlik navi etishtirilgan joy nomlari va pishish vaqtiga ko‘ra atalgan
fitonimlar: «Samarqand oltioyligi», «Pastdarg‘om oltioyligi» (jo‘hori navlari)
kabi.
Topofitonimlar turli o‘simlik navlarining yaratilgan yoki tarqalgan hududi
haqida ma’lumot berishdan tashqari, mazkur navni boshqa shunday navdan
farqlashga xizmat qiladi. Albatta, fitonimlarning tilda uzoq yashashi, qo‘llanishi
mana shu hamda undan olingan hosil yoki mahsulotning mashhur bo‘lib ketishini
ham ta’minlaydi.
Boshqa tillardagi kabi o‘zbek tilida ham topofitonimlarning raqamlar bilan
qo‘llanishi keng tarqalgan: a)g‘o‘za navlari: «Toshkent-1», «Toshkent-2»,
«Toshkent-3», «Toshkent-4», «Toshkent-5»; zig‘ir navlari: «Baxmal-2», «Buxoro-
32» kabi;
b) soya navlari: «O‘zbekiston-1», «O‘zbekiston-2» kabi.
O‘zbek tili fitonimiyasida aynan bir toponim bilan atalgan turli o‘simlik,
jumladan, ekin, sabzavot, poliz ekinlari nomlari ham kuzatiladi. Masalan,
«O‘zbekiston» deb ataluvchi pomidor, g‘o‘za, sholi navlari mavjud.
47
O‘zbek tili fitonimiyasida faqat mahalliy toponimlar bilan atalgan o‘simlik
navlarigina emas, xorijda yaratilgan navlarning vatanimizda ekilishi, taqalganligi
natijasida xorijiy tillardan o‘zlashgan topofitonimlar ham kuzatiladi. Masalan,
« Kuban», « Xarkov» (javdar, qo‘noq navlari) « Stalingrad» (pomidor navi), « Ispan»
(piyoz navi) kabi.
Hozirgi o‘zbek tili fitonimiyasi tahlili O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi,
bog‘dorchilik,
sabzavotchilik,
polizchilik
sohasidagi
yutuqlar
ta’sirida
topofitonimlar guruhi ham milliylashib borayotganligini ko‘rsatadi. Natijada
tilimizda « Jayhun» (sholi, qalampir navi), « Turon», « Sayhun» (pomidor navlari)
kabi tarixiy joy nomlari bilan atalgan topofitonimlar ham yuzaga kelmoqdaki,
bunday nomlar lingvomadaniy mohiyatga ham ega bo‘lib, tarixiy nomlarning
yashashini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |