50
277-mashq. Shaxs nomlarini toping va ularni izohlang.
Yana qanday
mashhur allomalarni bilasiz? Shu haqda suhbatlashing.
Notiq dedi:
«Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda.
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda».
«Ey voiz, pastga tushgin,
Bu gap chiqdi qayerdan?»
Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.
Kim darg‘azab, kim hayron,
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak, Tagor.
«Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi!»
Barcha dedi barobar:
«Ona tilim o‘lmaydi».
(E. Vohidov)
278-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Atoqli otlarni shaxs nomlari va joy
nomlariga ajrating.
1. Yana bir necha kun turib kelmoq uchun Otabek Marg‘ilonga, Hasanali ota
Yusufbek hojini tinchlatish uchun Toshkentga jo‘nadilar.
(Abdulla Qodiriy) 2.
Chol ko‘zlarini qisib, kulib qo‘yadi: — Yaxshi. Ma’nolik narsa. Muqimiyni
ko‘rganman. Xushfe’l, dono odam edi. Muqimiy — kattakon shoir. Qo‘qonda
turadi u kishi.
(Oybek)
279-mashq. Abdu-, -qul, -berdi, -xon, -jon, -boy, -oy,-bek, -xo‘ja, -bonu
singari kishi nomlari ko‘rsatkiñhlari ishtirok
etgan ismlar qatorini tuzing. Ularning
ismlarga qo‘shilish o‘rni va
imlosini tushuntiring.
51
Darsni mustahkamlash jarayonida “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi.
Bunda o‘qituvchi tomonidan atoqli otlarga nisbatan ishlatiladigan laqablar aytiladi.
O‘quvchilar shu laqabning qaysi otga nisbatan ishlatilishini
topishlari kerak
bo‘ladi.Masalan terak laqabi o‘qituvchi tomonidan aytiladi. Keyin esa o‘quvchilar
bu laqabning qanday otlarga nisbatan ishlatilishini topishlari kerak bo‘ladi va shu
tarzda davom ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: