Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67
 
Kumulyatsiyaga moyillik.
 
Moddalar migratsiyasida 2 jarayon bo‘lishi mumkin: 
Moddalarning parchalanishi va ularning atrof-muhit obyektlarida yig‘ilishi. 
Kumulyatsiya ko‘p moddalar uchun mos bo‘lib, ularning ozuqa zanjiridagi 
konsentratsiyalarining oshishiga olib keladi. 
5. Atrof-muhit ifloslanishining zaharliligi (1/DL
50
, 1/L
50
). 
 
11.4. Zaharlarga ta’sirchanlikning tur va jinsga qarab farqlanishi 
Har xil tur va jinsga tegishli organizmlarning zaharlarga ta’sirchanligi turlicha 
bo‘lishi anchadan byeri ma’lum. Bunday bilimlar juda muhim ahamiyatga ega, chunki 
hayvonlar 
bilan 
o‘tkazilgan tajribalardan olingan ma’lumotlar gigiyenik 
reglamentatsiya vazifalarini hal qilishda insonga nisbatan ham qo‘llaniladi. Masalan, 
ma’lumki, odam ftorga nisbatan kalamushga qaraganda 2-3 baravar ta’sirchanroq, 
nitritlarga esa ta’sirchanligi 3 baravar, margimushga nisbatan - 5 baravar, 
qo‘rg‘oshinga nisbatan - 1,5 baravar, simobga nisbatan - 4 baravar ortiq va h.k. 
Hayvonlarning zaharlarga nisbatan ta’sirchanligi turga qarab farqlanishi moddalar 
almashinuvi xususiyatlariga bog‘liq. Organizmning zaharga ta’sirchanligini belgilab 
beradigan boshqa omillarga markaziy asab tizimining murakkablik darajasi, hayot 
davomiyligi, hayvonning o‘lchamlari, tyeri qoplamalari xususiyatlari kiradi. 
Jinsiy mansublikning toksik samaraga ta’siri bugungi kunda hali yaxshi 
o‘rganilmagan soha bo‘lib qolmoqda. Chunki bu boradagi tajribalar ko‘p hollarda bir-
biriga zid natijalarni byermoqda. Ayrim mualliflarning tadqiqotlari natijalariga ko‘ra 


72 
urg‘ochilarning zaharlarga ta’sirchanligi yuqori bo‘lsa, boshqa mualliflar teskari 
ma’lumotlarni olmoqdalar. Tasodifiy intoksikatsiya tufayli odamlarda olingan 
ma’lumotlar ham ziddiyatlilikka ega. 
Pokrovskiy V.A. (1967) sintetik kauchuk zavodida mehnat qiladigan yerkaklar va 
ayollarning sog‘lig‘i va kasallanishi holatlari haqida olingan ma’lumotlarni 
umumlashtirib, ayol organizmi ayrim organik birikmalarga nisbatan yerkaklarnikiga 
qaraganda yuqoriroq ta’sirchanlikka ega degan xulosaga kelgan. 
Bor kislotasi ishlab chiqarishda band yerkaklar va xotin-qizlar sog‘lig‘ini o‘rganish 
quyidagi kasalliklar bo‘yicha zaharlarga ta’sirchanlikda jinsga oid farqlar mavjudligini 
ko‘rsatdi: asab kasalliklari (nevrasteniya) 15 foiz ayollarda kuzatildi, yerkaklarda esa 
bu kasallik umuman qayd etilmadi; ayollarda yerkaklarga nisbatan surunkali poliartrit 
9 marta, kolit va sistit – 4 marta, diskineziya – 5 marta ko‘proq kuzatildi. Ayni paytda 
surunkali bronxit yerkaklarda ayollarga qaraganda 5 baravar ko‘p uchradi, ya’ni bu 
ma’lumotlar bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha ayollar va yerkaklar o‘rtasida jiddiy 
farqlar borligini ko‘rsatib turibdi. 
Sanoatdagi bir qator intoksikatsiyalarida yerkaklar va ayollarda qon 
ko‘rsatkichlarini tekshirish katta qiziqish uyg‘otadi. Bunda ularda gemoglobin va 
yeritrotsitlar miqdoridagi og‘ishlar turli yo‘nalishlarga egaligi e’tiborni tortadi. 
Ayollarda bu ko‘rsatkichlar ko‘tarilsa, yerkaklarda – pasayadi. 
Olib borilgan bir qator tadqiqotlar natijalari rezina buyumlari ishlab chiqarishda 
ayollar organizmi yuqoriroq ta’sirchanlikka egaligini ko‘rsatdi (stirol, divinil, 
xloroprenning aralash ta’siri). 
Silikozga nisbatan ta’sirchanlikdagi jinsga oid farqlarni o‘rganishda ushbu 
kasallikka xos miqdoriy o‘zgarishlar ayollarda yerkaklarga qaraganda yaqqolroq
namoyon bo‘lishi aniqlangan. 
Biroq adabiyotlarda ayollar organizmining zaharlarga kamroq ta’sirchanligi haqida 
ma’lumotlar ham uchraydi. Masalan, bir qator mualliflar etil spirti ta’sirini o‘rganishga 
bag‘ishlangan ishlarida Shunday xulosaga kelgan. 
Shunday qilib, toksik samarada jinsiy farqlarning roli haqidagi ma’lumotlar 
ziddiyatlidir. Ayrim turdagi zaharlarga yerkaklarning ta’sirchanligi yuqoriroq bo‘lsa, 
boshqa zaharlarga nisbatan ayollar ko‘proq ta’sirchanlikka ega. Biroq bir masalada 
mualliflarning fikri bir xil: homiladorlik paytida zaharlanish ancha katta xavf 
tug‘dirishi hamda intoksikatsiyaning og‘ir kechishi hech qanday shubha tug‘dirmaydi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin