Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar


Lok-bo‘yoq materiallarini ishlatishda xavfsizlik choralari



Yüklə 147,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix26.12.2023
ölçüsü147,37 Kb.
#197569
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Lok-bo‘yoq materiallarini ishlatishda xavfsizlik choralari 
Avtomobil detallarini bo‘yalayotgan joy havosi bo‘yoqlarning mayda 
zarralari va bo‘yoq tarkibidagi erituvchilar bug‘lari bilan ifloslanadi. Buning 


natijasida bu yerda mehnat qiluvchi ishchilar organizmiga zararli ta’sir etuvchi va 
yong‘in jihatdan xavfli bo‘lgan bo‘yash materiali tumani hosil bo‘ladi. Shuning 
uchun bo‘yash ishlarini boshlashdan oldin barcha ishchilar bo‘yash jarayonidagi 
texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnomadan 
o‘tkazilishlari lozim. va saqlanadigan xonalarda chekish, payvandlash ishlarini va, 
shuningdek, uchqun chiqishi xavfi bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish qat’iyan 
taqiqlanadi. 
Lok-bo‘yoq materiallarini saqlash va tashishda yopiq taralardan foydalanish 
maqsadga muvofiq. Bo‘sh taralarning og‘zi doimo berk holda bo‘lishi va lok-
bo‘yoq materiallari omboridan tashqarida, ishlab chiqarish binosidan kamida 20 m 
uzoqlikda saqlanishi lozim. Taralarni lok-bo‘yoq materiallaridan to‘liq 
bo‘shatilganligini nazorat qilishda gugurt yordamida yoritish qat’iyan taqiqlanadi. 
Taralar erituvchi bug‘laridan obdan tozalanganidan keyingina ularni ta’mirlashga 
ruxsat etiladi. Aluminiy kukunini nam tegmaydigan xonada saqlash lozim, chunki 
aluminiy kukuniga nam tekkanida u o‘z-o‘zidan alangalanishi mumkin. Moy va 
lok-bo‘yoq materiallari tekkan artish-tozalash materiallarini yopiq metall qutilarda 
saqlash va ish smenasi oxirida xonadan tashqariga olib chiqib tashlash lozim. 
Bo‘yash, lok-bo‘yoq materiallarini tayyorlash xonalari va omborxonalar 
yong‘inga qarshi jihoz va asboblar bilan ta’minlanishi lozim. Bo‘yash 
mintaqasining egallagan maydoni 50 m2 gacha bo‘lsa, bitta ОУ–2, ОУ–5 yoki 
ОУ–8 markali uglekislotali o‘t o‘chirgich, ikkita ko‘pikli kimyoviy o‘t o‘chirgich, 
hajmi 0,5 m3 dan kichik bo‘lmagan qum to‘ldirilgan quti, belkurak, kigiz, 1,5 × 
1,5 o‘lchamli to‘shama bilan ta’minlanishi lozim. 
Lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlovchi ishchilar maxsus kiyim kiyishlari 
lozim. Lok-bo‘yoq materiallarini bo‘yoq sepuvchi jihozlar yordamida sepishda 
hosil bo‘ladigan lok-bo‘yoq materiallari tumanidan nafas olish organlarini 
himoyalash uchun ishchilar РМП–62, РУ–60 va boshqa turdagi respiratorlar bilan 
ta’minlanishlari zarur. 
Bo‘yash jarayonida bo‘yoq yoki erituvchilarning qo‘lga tegishi xavfi 
bo‘lganligi uchun qo‘l terisini himoyalashda ИЕР–1, ХИОТ–6, ПМ–1 
pastalaridan, ИДМ sovunidan, biologik va himoya qo‘lqoplaridan foydalaniladi. 
Biologik qo‘lqop kazein (13 foiz massasiga ko‘ra), ammiakning 25 foizli eritmasi 
(2 foiz), glitserin (13 foiz), 96 foizli etil spirit (36 foiz), distillangan suvlardan (36 
foiz) iborat bo‘lib, bu aralashma cho‘tka yordamida qo‘lga surtilganida 30–40 
sekunddan so‘ng himoya pardasi hosil qiladi. Himoya pardasi organik erituvchilar 
ta’siriga chidamli, ammo issiq suvda sovunlab yuvilganida osongina yuvilib 
ketadi. Lok-bo‘yoq materiallari qo‘l terisiga tekkanida, terini «Ралли», «РЕМ», 
«Флора» kabi pastalar bilan tozalash tavsiya etiladi. Qo‘l terisini tozalash uchun 
maxsus pastalar bo‘lmaganida esa, bo‘yoq tekkan qo‘l terisini avval yumshoq 
quruq latta yordamida yaxshilab artish, so‘ngra lattani erituvchida namlab, terining 
bo‘yoq tekkan qismlarini artish, shundan keyin issiq suvda sovunlab yuvish zarur. 
Qo‘l artib quritilganidan so‘ng qo‘lga panolinli krem surtish tavsiya etiladi. Qo‘l 
terisiga tekkan bo‘yoqlarni tozalashda zaharlilik darajasi yuqori bo‘lmagan 
erituvchilar: uayt-spirit, skipidar (moyli bo‘yoqlar uchun), etil spirti, asetondan 
(epoksidli va nitrosellulozali bo‘yoqlar uchun) foydalaniladi. Qo‘lni tozalash va 


yuvishda benzol va boshqa zaharli erituvchilardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. 
18 yoshga to‘lmagan shaxslar, homilador va emizikli ayollarning lok-bo‘yoq 
materiallari bilan ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydilar. Bo‘yash bo‘limi xonalari yorug‘, 
toza va changsiz bo‘lishi lozim. Bo‘yash xonasining konstruktiv elementlari va 
to‘siqlari (devorlari, shifti, poli va boshqalar) yong‘in ta’siriga chidamli bo‘lishi 
lozim.
Xona devorining ichki yuzasiga 2,4 m balandlikkacha maxsus plitka 
yopishtirilishi, poli esa mustahkam, yonmaydigan va sirpanchiq bo‘lmasigi, 
shuningdek, iflosliklardan oson tozalanadigan materialdan bo‘lishi kerak. Xona 
harorati 15–16°C dan past bo‘lmasligi, havoning solishtirma namligi esa 60 
foizdan ortiq bo‘lmasligi lozim. Xona past bosimli havo yoki suv yordamida 
isitilishi lozim. Suv yordamida isitishda isitish asboblarining sirtqi yuzalari harorati 
90°C dan yuqori bo‘lmasligi lozim. so‘ruvchi ventilatsiya bilan ta’minlanishi 
lozim. Bo‘yash uchastkasini yoritishda tabiiy va sun’iy yoritishdan foydalaniladi. 
Bo‘yash uchastkasining yoritilganligi 75 lk dan kam bo‘lmasligi lozim. Bo‘yoq 
tayyorlashda ishlatiladigan bo‘yoq, lok va erituvchilarning uchastkadagi miqdori 
kunlik ehtiyojdan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bu materiallarning qolgan qismi maxsus 
omborxonalarda saqlanadi. 
Bo‘yash uchastkasida, bo‘yoq tayyorlash bo‘limlarida va lok bo‘yoq 
materiallari omborxonalarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ovqatlanish 
taqiqlanadi. Elektr jihozlari bilan ishlanganida juda ham ehtiyot bo‘lish lozim. 
Tanaffus paytlarida, jihoz bir joydan ikkinchi joyga siljitilganida, shuningdek, 
jihoz ozginagina nosozlikka ega bo‘lganida ham elektr tarmog‘idan uzilishi lozim. 
Elektr jihozlarini ish paytida o‘zgartirish yoki sozlash taqiqlanadi. Avtobus saloni 
ichini bo‘yashda uning eshiklari, oynalari va luklari ochiq holda bo‘lishi lozim. 
«Bo‘yash sexlari uchun texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi 
qoidalari va me’yorlari»ga binoan, bitta bo‘yash kamerasida nitroselluloza va 
alkidli materiallarni ishlatish taqiqlanadi. Agar ulardan birin-ketin ishlatish zarurati 
paydo bo‘lsa, avvalo, kamera ishlatilgan bo‘yoq qoldiqlari va havodagi 
aralashmalaridan yaxshilab tozalanishi lozim. 

Yüklə 147,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin