Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar


Shpaklovkaning quritish rejimi va ishlatiladigan sohasi



Yüklə 147,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix26.12.2023
ölçüsü147,37 Kb.
#197569
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Shpaklovkaning quritish rejimi va ishlatiladigan sohasi 
Shpaklovkalar quyuq pastadan iborat bo‘lgani sababli, quriganida yorilib, 
uvalanib ketmasligi uchun shpaklovka qatlamining umumiy qalinligi 2 mm dan, 
bir marta surtilgan qatlamning qalinligi esa 0,5 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Gruntovkalangan sirtning avval biror yeriga, so‘ngra butun sirtiga yaxlit qilib 
shpaklovka surtiladi. Qatlamlarning umumiy soni to‘rttadan osh- masligi, 
navbatdagi qatlamni surtishdan oldin avvalgisi quritilishi lozim. Quritganidan 
so‘ng har bir shpaklovka qatlami dag‘al (80–120 raqamli) jilvir qogoz bilan 
jilvirlanadi. So‘ngra tashqi qatlam suv yoki erituvchi bilan namlanib, suvga 
chidamli 150–180 raqamli mayin jilvir qog‘oz yoki pemza bilan jilvirlanadi. Sirt 


qo‘lda yoki maxsus mashinalar bilan jilvirlanadi, so‘ngra latta, cho‘tka yoki 
changyutkich bilan changdan tozalanadi. 
 
2. 7. 
Erituvchilar 
Erituvchi sifatida butil va etil spirtlari, solvent, toluol, aseton, ksilol, uayt-
spirit (benzinning 165–200°C li bo‘lgan tor fraksiyasi) va ularning aralashmalari 
ishlatiladi. Bulardan tashqari, parda hosil qiluvchi modda turiga qarab, sanoatda 
chiqariladigan P–4, P–5, № 648, 646, 647, 651, РВД, PE–1, P–40 va boshqa 
suyuqliklardan foydalanish mumkin. Bularning hammasi tarkibida turli miqdorda 
etil, butil spirti, aseton, ksilol va boshqa moddalar bo‘lgan eritmalardir. To‘liq 
ta’mirlashda yangi qoplama surtishdan oldin eski bo‘yoqni ketkazish zarur. Buning 
uchun turli erituvchi va yuvish suyuqliklaridan foydalaniladi. АТФ–1 
suyuqligining ta’siri kuchli bo‘lib bo‘yoqlarni 20 daqiqa ichida parchalaydi. Bu 
suyuqlikni ish o‘rnining o‘zida tayyorlash mumkin. Buning uchun aseton, spirt, 
toluol, skipidar kabi erituvchilar kerak bo‘ladi. Qaynoq suvda 30–40°C gacha 
isitilgan suyuqliklardan foydalaniladi. Zanglarni ketkazish uchun tarkibida 
kislotalar, organik to‘ldirgichlar bo‘lgan ko‘pgina vositalar tavsiya etiladi. 
Sanoatda tarkibida ortofosfor kislota, etil va butil spirtlar, gidroxinon bo‘lgan 1120 
raqamli tarkib ishlab chiqariladi. Kislota zangni eritib, sirtda fosfat pardasi hosil 
qiladi. Bu parda metallning yemirilishiga to‘sqinlik qiladi. Tarkib cho‘tka yoki 
bo‘yoq purkagich bilan surtiladi va 2–4 daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi. 
Shundan keyin ishlov berilgan sirt quritiladi va kislota qoldiqlari 107 raqamli 
suyuqlik (ammiak bilan etil spirtning suvdagi eritmasi) bilan neytrallanadi. Agar 
zangni ketkazish uchun tayyor tarkib bo‘lmasa, unj tayyorlash mumkin. Buning 
uchun shisha bankaga 40–50 g kartoshka kraxmali va shuncha suv solinib, massa 
yaxshilab aralashtiriladi. Olingan aralashmani aralashtirib turgan holda asta-sekin 
100 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Pasta quyulib, tiniq holatga o‘tadi. 
Ishlov beriladigan sirtga tarkib cho‘tka bilan surtiladi va 2–3 daqiqadan so‘ng olib 
tashlanadi. Tozalangan metall sirt kuchsiz ishqor bilan, masalan, ichimlik sodaning 
3 foizli eritmasi bilan neytrallanadi va quriguncha artiladi. 
Zangni ketkazuvchi barcha vositalar tarkibida zaharli moddalar bo‘ladi. 
Shuning uchun ulardan ehtiyotkorlik bilan, yaxshisi, ochiq havoda shamol 
esayotgan tomonda turib, rezina qo‘lqop kiyib foydalanish zarur. irtlarni bo‘yashga 
tayyorlashda bajariladigan eng so‘nggi operatsiya yog‘sizlantirishdir. Bu maqsadda 
uayt-spirit yoki benzin-erituvchidan foydalanish mumkin. Yuvish vositalari 
tarkibidagi moddalar yog‘ qatlamlarini yaxshi ketkazadi. 11 suvga 1g kaustik soda 
(o‘yuvchi natriy), 5–10 g kalsiylangan soda, 15–25 g trinatriyfosfat, 1 g suyuq 
shisha qo‘shib tayyorlangan yog‘sizlantirgichni tavsiya etish mumkin. Sintetik 
yuvish vositalari MC (MC–6, MC–5)dan foydalanish ham yaxshi natija beradi. 
Yaxshi yog‘sizlantiradigan sirtda suv tomchilari to‘planmaydi, balki oqib tushib 
ketadi. Oldindan tayyorlangan sirtga lok-bo‘yoq materiallari bo‘yoq purkagich 
yoki cho‘tka bilan 2–3 qatlam qilib surtiladi. Agar purkagichdan foydalanilsa, 
bo‘yoq oqimi sirtga perpendikular tarzda yo‘nalishi kerak. Material avval vertikal 
polosalar tarzida, so‘ngra gorizontal polosalar tarzda surtiladi. Faqat shundagina 


bir tekis qoplam hosil qilish mumkin. Bo‘yashni chang va suv tushmasligi uchun 
xona ichida yoki bostirma tagida 10°C dan past bo‘lmagan haroratda bajarish 
lozim. Lok-bo‘yoq qoplama quriganidan so‘ng nam o‘tkazmaydigan qattiq parda 
hosil qiladi. Barcha tayyorgarlik operatsiyalari bajarilsa, asosiy lok-bo‘yoq 
materiallari (shpaklovka, gruntovka, emal) to‘g‘ri tanlansa va ularni surtish 
qoidalariga amal qilinsa, ta’mirlanganidan keyin zavodnikidan qolishmaydigan 
qoplama hosil bo‘ladi. Ammo barcha operatsiyalarga to‘la amal qilinganda ham 
lok va bo‘yoqlar faqat bir necha yilgina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli 
materiallarni himoya qilish uchun hozir tarkibida korroziyalanishni sekinlatkichlar 
(ingibitorlar) bo‘lgan zangni ketkazuvchi vositalar, ingibitor qo‘shilgan sovuqlayin 
fosfatlash eritmalari ishlatilmoqda. Ular bo‘yashdan oldin avtomobillar, qishloq 
xo‘jaligi mashinalari va turli uskunalarning sirtlariga ishlov berish uchun tavsiya 
etiladi. Bundan tashqari, sun’iy alif asosida ingibitorli bo‘yoqlar ishlab chiqarilgan. 
Bu vositalardan foydalanilsa, zangni ketkazish va bo‘yashdan oldin sirtni 
yog‘sizlantirishga hojat qolmaydi. Ingibitor qo‘shilgan 1- va 2- raqamli bo‘yoqlar, 
masalan, neft mahsulotlarini saqlash hamda haydash uchun mo‘ljallangan po‘lat 
quvur va rezervuarlarni korroziyalanishdan saqlaydi. Fosfat bo‘yoq qoplamlarning 
narxi odatdagisidan 2–3 barobar arzon, ammo undan 3 barobar uzoq xizmat qiladi. 
 
2. 8. 

Yüklə 147,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin