Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar


Asosiy lok-bo‘yoq materiallari



Yüklə 147,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix26.12.2023
ölçüsü147,37 Kb.
#197569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Asosiy lok-bo‘yoq materiallari 
 
Moyli bo‘yoqlar. 
Moyli bo‘yoqlar tabiiy va sun’iy aliflarga quruq 
bo‘yovchi moddalar va to‘ldirgichlar qo‘shish yo‘li bilan olinadi. Quyuq 
bo‘yoqlarni ishlatishda ularga 20–50 foizgacha alif qo‘shilib, kerakli 
qovushoqlikkacha suyultiriladi. Keyingi paytlarda bo‘yoqlarning qovushoqligini 
kamaytirish va ularning bahosini arzonlashtirish maqsadida ularga oz miqdorda (5–
10 foiz) uayt-spirit yoki skipidar qo‘shilmoqda. Moyli bo‘yoqlar yuzalarga, odatda, 
ikki qatlamda sepiladi (yoki surtiladi), ko‘pchilik hollarda birinchi qatlam 
quritilganidan so‘ng grunt vazifasini bajaradi. Moyli bo‘yoqlar asosida hosil 
qilingan qoplam yuqori adgezion xususiyatga ega bo‘lib, atmosfera ta’siriga 
chidamli, elastikligi yuqori va neft mahsulotlari ta’sirida erimaydi. Shu bilan birga, 
moyli bo‘yoqlar bir qator kamchiliklarga ega, jumladan, hosil qilingan qoplam 
quritilganidan so‘ng va hatto jilolanganidan keyin ham yetarli darajada 
yaltiramaydi, qoplamni quritish uchun ko‘p vaqt (24–48 soat) sarflanadi; kimyoviy 
mustahkamligi yuqori emas va tez eskiradi. 
Shuning uchun avtomobillarni bo‘yashda moyli bo‘yoqlar sof holda 
ishlatilmaydi. Avtotransport korxonalarida qoplamalarni tiklashda ishlatiladigan 
bo‘yoqlar tarkibidagi parda hosil qiluvchilar aralashma holida bo‘ladi, masalan, 
alif (o‘simlik moyi) va qattiq parda hosil qiluvchi (smolalar) aralashmasidan 
foydalaniladi. 
Qattiq va aralash parda hosil qiluvchilar aralashmasi asosidagi bo‘yoqlar.
Qattiq parda hosil qiluvchilar asosidagi lok-bo‘yoq materiallaridan keng 
foydalaniladi. Bunday materiallar jumlasiga loklar, gruntovkalar, shpaklovkalar va 
emalli bo‘yoqlar kiradi. Bu materiallarning assortimenti juda ham xilma-xildir. 
Shuning uchun quyida avtomobillarni bo‘yashda ishlatiladigan gruntovkalar
shpaklovkalar va emalli bo‘yoqlarning asosiy turlarigagina to‘xtalamiz. 
Nitroemallar. 
Nitroemallarning 
asosiy 
parda 
hosil 
qiluvchisi 
nitrosellulozadir (selluloza va azot kislotasining murakkab efiri). Ular 
erituvchilarda eritilib nitroselluloza loki yoki, qisqacha, nitrolok olinadi. Erituvchi 
sifatida ketonlar, efirlar, spirtlar, benzol va ular hosilalarining aralashmalaridan 
foydalaniladi. Bunday ko‘p komponentli erituvchilar sifatida 646, 647, 648 raqamli 
erituvchilari ishlatiladi. 
Nitrolok va pigment aralashmasi 

Yüklə 147,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin