2. 5.
Gruntovka
Gruntovka bo‘yovchi modda (50–70 foiz) va to‘ldirgich (talk bur)ning moyli
yoki sintetik loklardagi aralashmasidan iborat. Gruntovkalarga qo‘yiladigan asosiy
talab shuki, ular bo‘yaladigan materiallarning govaklariga kirib,
sirt bilan
mustahkam ilashishi lozim (gruntovkalar haqidagi ma’lumot 2.3-
jadvalda
keltirilgan). Buning uchun gruntovka bo‘yovchi modda va to‘ldirgichning juda
mayda zarralaridan iborat bir xil tarkibga ega bo‘lishi kerak.
Ishlatishdan oldin,
gruntovka qovushoqligini kamaytirishi uchun u erituvchi bilan suyultiriladi.
Bo‘yovchi moddalar sifatida qo‘rg‘oshinli va ruxli oq emal, temir surigi va boshqa
materiallardan foydalaniladi. Qo‘rg‘oshin surugi metall sirtiga himoya pardasini
hosil qilib, elektrokimyoviy korroziyaning rivojlanishini sekinlatadi. Ruxli oq emal
asosida tayyorlangan gruntovkadan foydalanilganida
metall korroziyalanmaydi,
chunki, birinchi navbatta, aktivroq bo‘lgan rux yemiriladi.
Metall sirtlar uchun gliftalli va fenolli ГФ–073, ГФ–089, ФЛ–03к
gruntovkalaridan, yog‘och sirtlar uchun suv emulsion ПФ–099, ФЛ–093, ВАУ–
0150 gruntovkalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘p hollarda avtomobillarni
bo‘yashda ГФ–020 gruntovkasidan foydalaniladi. ЕФ–083
epoksid gruntovkasi
barcha talablarga javob beradi.
Gruntlarni quritish rejimi va ishlatiladigan sohasi
Tarkibida fosfor kislota bo‘lgan fosfatlovchi ВЛ–02, ВЛ–08, ВЛ–023
gruntovkalari anchagina afzalliklarga ega. Ular metal sirtiga surtilganda
korroziyaga qarshi fosfat pardasi hosil bo‘ladi. Fosfatlovchi
gruntovkalar ustidan
ГФ–020, ФЛ–63k kabi gruntovkalarni surtish lozim. Gruntovkalar purkash,
cho‘tka yordamida yoki botirish yo‘li bilan surtiladi. Gruntovka 15–20 mkm
qalinlikda surtiladi. Gruntovkalanganidan so‘ng ishlov
berilgan buyum yaxshilab
quritilishi kerak.
2. 6.
Shpaklovka
Shpaklovkalar loklarga ko‘p miqdorda (parda hosil qiluvchi modda
massasiga nisbatan 40 foiz miqdorda) pigment va to‘ldirgich (odatda, bo‘r) qo‘shib
tayyorlanadi. Avtomobillarning tashqi sirtlariga ishlov
berish uchun pentaftalli
(ПФ–002), poliefirli (ПЕ– 0044), epoksidli (ЕП–0010) va boshqa shpaklovkalar
ishlab chiqariladi (shpaklovkalar to‘g‘risidagi ma’lumot 11. 4- jadvalda
keltirilgan). Metallar uchun ishlatiladigan shpaklovkani qo‘rg‘oshinli yoki ruxli
beliladan, yog‘ochlar uchun esa bo‘r, alif, duradgorlik
yelimidan tayyorlash
mumkin.
2. 4- jadval
Dostları ilə paylaş: