2. 1- rasm.
Lok-bo‘yoq qoplamining tuzilishi.
Gruntovkalar lok yoki emallarning yaxshi ilashishi uchun xizmat qiladi, ular
bo‘yaladigan sirt (metall, yog‘och) bilan lok bo‘yoq qoplamalar o‘rtasida
bog‘lovchi qatlam vazifasini o‘taydi. Gruntovkalar lok-bo‘yoq qoplamida muhim
vazifani
bajaradi, ya’ni pardaning qarshiligi yuqoriligi hisobiga metallni
korroziyalanishdan saqlaydi. Gruntovka – grunt tashkil topgan material, odatda,
kist, bo‘yoq sepuvchi moslama yoki botirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sirtni
bo‘yashga tayyorlash va gruntovkalash o‘rtasidagi vaqt juda qisqa bo‘lishi
maqsadga muvofiq, chunki bu vaqtda sirtga chang o‘tirishi, yoki sirt zanglashi
mumkin. Grunt quritilganida unchalik katta bo‘lmagan qalinlikka (15–20 mkm)
ega bo‘ladi. Gruntovka qilingan sirtdagi sidirilgan chiziqlar, hosil bo‘lgan
pachoqlar to‘la saqlanadi. Detallarni tayyorlashda ular
sirtida chiziqlar va turli
notekisliklar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, mavjudlari esa mexanik ishlov
berish yo‘li bilan bartaraf etiladi. Unda ham iloji bo‘lmasa, mahalliy va umumiy
shpaklovkadan foy- dalaniladi. Mahalliy shpaklovka yuzadagi yirik notekisliklarni
bartaraf etish uchun beriladi. Umumiy shpaklovka bo‘yaladigan butun sirtni
silliqlash maqsadida beriladi. Mahalliy shpaklovkalashda tarkibida 75–80 foiz
to‘ldiruvchi (bo‘r, oxra va boshqalar) bo‘lgan quyuq pasta (shpaklovka)dan
foydalaniladi. Quriganida elastikligi yetarli bo‘lmasligi, darzlar va yoriqlar paydo
bo‘lishini e’tiborga olib, bir marta surtishdagi qalinligi 0 5 mm dan ortmasligi
lozim.
Shpaklovkaning har bir qatlami (ularning soni ikkitadan ortmaydi) yaxshilab
quritiladi va dag‘al abraziv jilvir qogozlar (N 80–120)
yordamida jilvirlanadi va
chang hamda abraziv kukunlardan tozalanadi. Zarur bo‘lganida, bo‘yaladigan
umumiy sirtni tekislashda sirtga 50–100 mkm qalinlikda umumiy shpaklovka
beriladi va quritilganidan so‘ng kichik donali N 150–220 jilvir qog‘oz bilan
jilvirlanadi. Umumiy shpaklovka bo‘yoq sepuvchi moslama yordamida beriladi.
Ishlov berilgan shpaklovka, u bo‘lmaganida esa, gruntovkalangan sirtga bir necha
qatlam bo‘yoq beriladi. Bo‘yoq qatlami soni qatlamning tashqi ko‘rinishi,
ekspluatatsiya sharoiti va boshqa sharoitlarga asoslanib tanlab olinadi.
Bo‘yoq yuzaga grunt kabi cho‘tka, purkagich, shu jumladan,
elektrostatik
maydon, botirish, quyish va boshqa usullar bilan beriladi. Bo‘yoqning har bir
qatlami alohida quritiladi, tashqi qatlam qo‘shimcha ravishda jilvirlanadi,
jilolanadi, loklanadi. Yengil avtomobillarning
kuzovlari qoplami grunt, mahalliy
va umumiy shpaklovkalar va 3 tadan 7 tagacha qatlam bo‘yoqdan iborat bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ular 1- klass talablariga mos kelishi lozim (1054–82),
ya’ni sirti silliq, bir xil rangda bo‘lishi va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi lozim. Yuk
avtomobillarining kuzovlarini bo‘yashda gruntovka, mahalliy shpaklovka va 2–3
qatlam bo‘yoq beriladi. Qatlam 2- klass talablariga mos kelishi kerak (tekis, silliq
yuzalarda mayda dog‘lar, chiziqlar va boshqalar bo‘lishiga ruxsat etiladi).
Avtomobillar ramasi, neft mahsulotlari taralari, o‘tkazgich quvurlar va boshqalar
3- va 4- klass talablari asosida bo‘yaladi. 3- va 4-klass qoplami 1–2
qatlam
bo‘yoqdan (ba’zi hollarda gruntsiz) iborat bo‘ladi va metallni korroziyadan,
yog‘ochni chirishdan himoyalaydi. Bunda notekisliklar, ko‘zga tashlanadigan
nuqsonlar (qoplamning himoya xususiyatiga ta’sir etmaydigan) bo‘lishiga ruxsat
etiladi. Lok-bo‘yoq materiallarining
asosiy komponentlari lok, grunt, shpaklovka,
bo‘yoq va plyonka hosil qiluvchilardan iborat. Suyuq (paxta, kungaboqar va
boshqa moylar) va qattiq (alifning turli navlari) plyonka hosil qiluvchilar
hisoblanadi. Plyonka hosil qiluvchining tegishli erituvchidagi eritmasi lok deyiladi.
Plyonka hosil qiluvchi turiga ko‘ra ikki:
-
Alif + pigment
→
moyli bo‘yoq;
-
Lok + pigment
→
emalli bo‘yoqko‘rinishida bo‘ladi.
Pigment sifatida metall oksidlari kukunlaridan (temir, qo‘rg‘oshin, rux, titan va
boshqalar), yaxshilab maydalangan tabiiy noorganik moddalar (bo‘r, oxra) va
aluminiy kukunidan nisbatan ko‘p foydalaniladi. Pigmentning asosiy vazifasi
bo‘yoqqa rang berishdan iborat.
Lok-bo‘yoq materiallari tarkibiga plyonka hosil qiluvchi,
erituvchi va
pigmentlardan tashqari qovushoqligini kamaytirish uchun qo‘shimcha, qoplam
elastikligini oshirish uchun plastifikatorlar, bo‘yoqning tezroq qurishini ta’minlash
uchun sikkativ (katalizator) lar qo‘shiladi.
2. 3.
Dostları ilə paylaş: