Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə16/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138
Адвакатлар дарслик

s yuridik yordam, advokatlik faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishiga qaramay, advokatura uchun birlamchi asosiy belgi bo‘lmaydi;
s yuridik yordamni ko‘rsatish funksiyasini amalga oshirish advokaturaning va alohida olingan advokatning faoliyati tabiati va mohiyatini aniqlash uchun yetarli bo‘lmaydi; s advokatlik hamjamiyati a'zosi bo‘lmish advokat tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam - bu ushbu yordamga muhtoj insonning taqdiriga butun jamiyatning hamdardligi namoyishi bo‘ladi; s davlat va jamiyat bunday mustaqil yordamning mavjudligidan manfaatdordir, u ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs)ning individual (tabiiyki, qonuniy) manfaatlari hamda advokatning ruhiy va irodaviy uyg‘unligi bilan xarakterlanadi; s advokaturaning mustahkam ichki aloqalarga va axloqiy tamoyillarga ega, professional yuridik yordam ko‘rsatishni ta'minlovchi korporatsiya sifatidagi tabiatni belgilashda tashkiliy maqom birlamchi va asosiy ahamiyatga ega.
Advokaturaga munosabat O‘zbekistonda ham asta-sekin o‘zgarib bormoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan quyidagilar aytilganligini qayd etib o‘tish lozim: “Odamlar advokatlarning xizmatlaridan, maslahatlaridan va tkliflaridan faqat sud jarayonlarida emas, balki kundalik hayotda ham foydalana olishlari zarnr”17 Bundan tashqari, yana ta'kidlaganlarki: “tadbirkorlik masalalariga ixtisoslashgan yuqori malakali advokatlarning yetishmayotganligi kuchli sezilmoqda”.18
§4. Advokatura va mustaqillik
Advokatura kasbiy hamjamiyat bo‘lib, mustaqillik, o‘zini-o‘zi boshqarish va korporativlik tamoyillari asosida ish yuritadi va o‘z faoliyatining bu tamoyillarini har tomonlama himoya qiladi.
Korporativlik, o‘zining mustaqilligida va daxlsizligida davlatdan va hatto ishonch bildiruvchi fuqarolardan iloji boricha chetlanish va istalgan turdagi javobgarlikka tortilishga qarshi o‘zi uchun maksimal kafolatni ta'minlash advokatura instituti uchun xarakterli bo‘lib, Advokatlik etikasi qoidalarida, shuningdek advokatlik faoliyati va advokatura haqidagi qonunchilikning ba'zi me'yorlarida o‘z aksini topadi.
Mustaqillik tamoyili advokaturaning davlat va boshqa organlarga, ularning mansabdor shaxslariga, siyosiy partiyalarga, fuqarolik jamiyatining boshqa jamoatchilik tuzilmalariga bo‘ysunmasligida ifodalanadi. Advokatura tomonidan qonun talablariga rioya etilishiga oid hokimiyatning qonuniy talablari va yuqori turuvchi advokatlik tuzilmalarining o‘z hujjatlarida bayon etgan talablari bundan mustasno.
Advokatura yagona hamjamiyatga birlashgan advokatlarning majmui sifatida, keyinchalik hamjamiyatning barcha ishtirokchilari ko‘ngilli ravishda bo‘ysunadigan ifki tuzilma va faoliyat tartibi qoidalarini mustaqil ishlab chiqadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin