§ 1. O‘zbekiston Respublikasida advokatura instituti rivojlanishi tarixi. O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik. Advokatura asrlar davomida mavjud bo‘lib kelgan va eng qadimgi protsessual institutlar sirasiga kiradi. Sudda tomonlar vakillarining qatnashishi g‘oyasi asta-sekin tarixiy jarayon yo‘li bilan rivojlangan. Sudda vakillik - jarayonda bir shaxsning boshqasi bilan almashtirilishi bo‘lib, unda suddagi vakil faoliyatining barcha oqibatlari bevosita vakolat beruvchi zimmasiga yuklanadi. Vakillikning dastlabki g‘oyalari avvalo ikkita institut - oilaviy vakillik va yuridik shaxslar, davlatlar vakilligini nazarda tutgan. O‘rta asrlarda qarindoshlik vakilligi slavyan va nemis xalqlarida keng rivojlandi. Bolalar, aka-ukalar, jiyanlar va hatto qo‘shnilar va do‘stlar - mana shu shaxslar odatda vakillar sifatida qatnashishgan. Boshqa tomondan, sudga shaxsan tashrif buyurish haqidagi qadimiy qat'iy qoidani yuridik shaxslarga nisbatan bajarib bo‘lmasdi, chunki ularning bevosita sud oldida javob berishlarining iloji yo‘q edi. Qadimdayoq, hyech qanday xususiy shaxslar sudda qarindoshlari yoki qondoshlik jihatidan tashqari, biror vakilga ega bo‘lmagan paytlarida ham, ular vakillarga murojaat qilish huquqidan foydalanganlar. O‘rta asrlarda, masalan, cherkovlar mana shunday huquqdan foydalanishgan - ularning suddagi vakillari dastlabki paytlarda rahbar ruhoniylar bo‘lishgan bo‘lsa, keyinchalik qonunlarga tushunuvchi ruhnoiylar ichidan olingan begona shaxslar ham vakillik qilishgan. “Advokat” so‘zi lotin yozuvidan olingan va ikki xil ma'noga ega: sud ishlari bo‘yicha ishonchli vakil, suddagi himoyachi;
nimaningdir yoki kimningdir himoyasi uchun og‘zaki yoki yozma ravishda chiquvchi19.
Rus tilida ham bu so‘z ikki ma'noga ega. Birinchidan, bu so‘z bilan sudda boshqa shaxslarning jarayonlarini yuritishga oid faoliyat turi, kasbi ifodalanadi;