Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə21/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138
Адвакатлар дарслик

Hatto advokatlar tomonidan ish hal etilmay turiboq “xalq dushmani” deb e'lon qilingan shaxslar nomidan arizalar va shikoyatlar tuzilishi holatlari ham achinarli yakun topardi.
I.Stalin shaxsiga sig‘inish barham topgach o‘tkazilgan huquqiy islohot, jumladan, SSR Ittifoqi va ittifoqdosh Respublikalar Jinoiy sud ishi asoslarining (1958 y.), jumladan O‘zSSR JPK (1959 y.) qabul qilinishi dastlabki tergov yakunlanganidan keyin himoyachining jinoiy ish ko‘rilishiga kiritilishi imkoniyatlari eshigini biroz ochdi. Voyaga yetmaganlar va jismoniy yoki ruhiya yetishmovchiliklar tufayli mustaqil himoyalana olmaydiganlarga ayblov qo‘yilgan vaqtdan boshlab himoyachi xizmatlaridan foydalanish huquqi berilardi.
Gumonlanuvchi himoyachi xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega emasdi. O‘zSSR JPK 13- moddasida himoyachining surishtiruv davomida ishtiroki haqida aytilsa-da, JPK 42- moddasi uning faqat ayblanuvchining sudga topshirilganidan keyin, ya'ni faqat sud majlisida qatnashishini ko‘zda tutgan. JPK 46- m.ga muvofiq, himoyachi sudlanuvchi bilan uchrashish huquqiga ega edi, lekin bu xoli o‘tishi mumkinligi ko‘rsatilmagandi, bunday uchrashuvlarning soni va davomiyligi aniqmasdi, himoyachi o‘z himoyalanuvchisining so‘roq qilinishda va tergovchining ruxsati bilan qatnashishi mumkin edi.
1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi JPKda bu nuqsonlarning barchasi umuman olganda bartaraf etildi, himoyachining jinoiy ishni ko‘rib chiqish jarayonida qatnashish imkoniyati sezilarli darajada kengaydi.
Advokatura to‘g‘risidagi qonunchilikning isloh qilinishi, mamlakat ijtimoiy- davlat hayotining boshqa sohalaridagi islohot kabi, bosqichma-bosqich, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi darajasiga qarab o‘tkazilmoqda.
Birinchi bosqich (1991-1996 yy.)da sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish milliy strategiyasi belgilandi va uning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. Dunyo tajribasiga asosan, mamlakatda birinchi bor Konstitutsiyaviy sud ta'sis etildi. Sud hokimiyatining tarkibiy qismi sifatida xo‘jalik sudlari tashkil etildi.
Bu bosqichda, avvalambor, advokaturaning inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinuvchi manfaatlarini himoya qilish yo‘lida tashkil etiluvchi alohida mustaqil institut sifatida tasdiqlanishi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
To‘plangan tajriba va amaldagi qonunchilikni tahlil qilish asosida sud-huquq sohasidagi islohotni chuqurlashtirishga, sud jarayonida ayblov va himoya usturvorligini ta'minlash maqsadida advokatura maqomini oshirishga qaratilgan choralar amalga oshirildi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin