Malaka komissiyasi tomonidan asoslanmagan qaror qabul qilinishi. Apellyasiyani ko‘rib chiqmasdan qoldirish to‘g‘risidagi qaror Komissiya tomonidan quyidagi holatlarda qabul qilinadi: Komissiyaga apellyasiya taqdim etgan shaxsdan apellyasiyani ko‘rib chiqmaslik haqidagi ariza kelib tushishi; Agar sudda xuddi shu masala yuzasidan fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa yoki bu ish bo‘yicha tegishli sud qarori chiqarilgan bo‘lsa; Advokat va intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan shikoyat taqdim qilgan shaxs o‘rtasida kelishuvga erishilgan bo‘lsa. § 3. Advokatlik maqomini olish, litsenziya berish, uning bekor qilinishi asoslari va advokatlik faoliyati kafolatlari “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 3- moddasi “advokat” atamasining izohini beradi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida oliy yuridik ma'lumotga ega va belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziya olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi advokat bo‘lishi mumkin. Qonunning 3-1- moddasida belgilanganki, litsenziya olish uchun advokatlik maqomi olishga da'vogarlik qilayotgan shaxs kamida ikki yillik yuridik mutaxassislik bo‘yicha mehnat stajiga ega bo‘lishi, jumladan kamida olti oy advokatlik tuzilmasi (advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay'ati, yuridik konstultatsiya)da stajirovkadan o‘tgan bo‘lishi va albatta malaka imtihonini topshirishi lozim. Advokatlik maqomini olishga da’vogar shaxsga qo‘yiladigan
3) Advokatlik faoliyati bilan shug‘illanish huquqini
beruvchi litsenziya mavjudligi; 4) Kamida ikki yillik yuridik mutaxassislik bo‘yicha
mehnat stajiga ega bo‘lish, jumladan kamida olti oy
advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tish talablar: Qonunda advokatlik maqomini olishga da'vogarlik qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar toifalari belgilab berilgan:
s belgilangan tartibda layoqatsiz yoki cheklangan layoqatli deb topilgan shaxslar,
s so‘ndirilmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi bor shaxslar. Advokat huquqiy maqomining uzviy qismlari uning huquqlari va majburiyatlaridir. Jinoiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha samarali himoyani amalga oshirish maqsadida; shuningdek malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun qonun advokatga keng huquqlar beradi va majburiyatlar yuklaydi. Chunonchi, “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunning 6- moddasiga muvofiq, professional faoliyatini amalga oshirishda advokat quyidagi huquqlarga ega:
tegishli masalalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning topshirig‘iga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish;
sudlarda, shuningdek ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqayotgan organlarda dalil sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan faktlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash. Yuridik yordam ko‘rssatish uchun