Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bildirish va shikoyatlar berish hamda ulardan yozma shaklda asoslantirilgan javoblar olish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə31/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138
Адвакатлар дарслик

mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bildirish va shikoyatlar berish hamda ulardan yozma shaklda asoslantirilgan javoblar olish;
o‘zining kasbga oid mulkiy javobgarlik xavfini sug‘urta qilish. Advokatlik xizmati iste'molchisini advokat tomonidan yuz bergan xatoliklar yoki boshqa kamchiliklar natijasida moddiy zarar yetkazilishi ko‘rinishidagi ehtimoliy oqibatlardan himoyalash maqsadida, Qonun tomonidan advokatning kasbiy mulkiy javobgarligini xatarini ixtiyoriy sug‘urtalashni amalga oshirish ko‘zda tutilgan;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni bajarish.
Advokat yordamchi va stajyorga ega bo‘lishi mumkin. Yordamchi va stajyoming huquqiy maqomi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun 8- va 8-1- moddalarida belgilangan.
Advokat yordamchisi yuridik ma'lumotga ega, stajyor - oliy yuridik ma'lumotga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi mumkin
§ 4. Advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari va advokatlarning kasbiy
birlashmalari
Advokatlik faoliyati professional asosda advokatlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olgan shaxslar tomonidan, jinoiy ishlar bo‘yicha himoyani, fuqarolik, ma'muriy, jinoiy va boshqa ishlar bo‘yicha vakillikni amalga oshirish, shuningdek himoya va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining amalga oshishida ko‘mak berish maqsadidagi malakali yuridik yordamdir.
Advokatlik faoliyati advokatlik tuzilmalarida amalga oshiriladi. «Advokatura to‘g‘risida»gi Qonun advokatlar o‘z faoliyatini o‘z ixtiyoriga ko‘ra turli tashkiliy shakllarda: individual, o‘z advokatlik byurosini ochib; yoki boshqa advokatlar (shekriklar) bilan advokatlik firmasini yoxud a'zolik asosida advokatlar hay'atini tashkil etib; yoki amaldagi mana shunday advokatlik tuzilmalariga kirish orqali, yoki yuridik konsultatsiyada ishlagan holda advokatlik faoliyatini yuritishni amalga oshirishlari mumkin. advokat faqat bitta advokatlik tuzilmasida o‘z faoliyatini yuritishi mumkin.
Qonunchilik hujjatlarida advokatlarni firmalar, hay'atlar, byuro va konsultatsiyalarga majburiy taqsimlashning biror taomili ko‘zda tutilmaydi. Bu advokatlik tuzilmalariga qabul tegishli ta'sis hujjatlariga asosan amalga oshishi lozim.
Advokatlik byurosi, advokatlik firmalari va advokatlar hay'atlarini ro‘yxatga olish, shuningdek yuridik konsultatsiyalarni hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab bergan tartibda adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Advokatlik tuzilmalari tashkil topishi, faoliyat yuritishi, qayta tashkil topishi va yopilishi tartibi, ular tuzilmasi, shtatlari, funksiyalari, mablag‘larni sarflash tartibi, rahbarlik organlari vaoklatlari, ularni saylash va advokatlik tuzilmalari faoliyatiga oid boshqa masalalar ularning nizomlari, ta'sis shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hay'ati faqat ular ro‘yxatga olingan kundan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar. Yuridik konsultatsiya o‘z faoliyatini hisobga olingan kundan boshlashi mumkin.
Advokatlik byurosi - advokatlik tuzilmasi, u notijorat tashkiloti bo‘lib, advokat tomonidan advokatlik faoliyatini individual tarzda yuritish uchun tuzilgan. Individual xarakter anglatadiki, advokat o‘z faoliyatini boshqa advokatlar bilan doimiy asosda uyushmagan holda olib boradi.
Yuridik shaxsning joylashuvi uning davlat ro‘yxatidan o‘tgan joyi sanaladi, u yuridik shaxsning doimiy faoliyat yurituvchi ijroiya organi joylashgan joyi bo‘lib, doimiy amalda bo‘luvchi ijroiy organ bo‘lmaganda - boshqa turdagi organ yoki ishonchnomasiz yuridik shaxs nomidan ish ko‘rish huquqiga ega shaxs j oylashgan j oy sanaladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin