§ 5. Advokatlik faoliyati va uzluksiz yuridik ta'lim Yuridik bilimni oliy ta'limning barcha bosqichlarida ham, mutaxasssisning butun umri davomida kasbiy faoliyat davrida ham takomillashtirib borish lozim. Butun jamiyatning isloh qilinishining samaradorligi bevosita mahaliy yuristlar malakasining darajasiga bog‘liqligini inobatga olsak, oliy ta'limdan keyingi uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish doimiy vazifa sanaladi. Bu advokatura instituti uchun ham katta ahamiyat kasb etadi, chunki advokatlarning uzluksiz yuridik ta'limi advokaturaning institutsional rivojlanishining umumiy va qonuniy tendensiyasi sanaladi.
Yuiridik ta'limni takomillashtirish uchun malakali advokatlarning tayorlash maqsadida quyidagi masalalar ustuvorlik kabs etadi: zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va tarqatish (o‘quv jarayonini kompyuterlashtirish); zamonaviy interaktiv ta'lim uslublarini tatbiq qilish; talabalar mustaqil ishlashlari qismini kengaytirish; ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash mexanizmini qayta ko‘rib chiqish, Malaka oshirish markazini yaratish yoki advokatlarning malakasini oshirish uchun maxs us dasturlar tuzio‘;advokatlar stajirovkasini tashkil qilish; advokatlik faoliyati to‘g‘risidagi maxsus yuridik adabiyot, darsliklar, qo‘llanmalar chop etishni moliyalashtirish; zamonaviy voqyelikka muvofiq ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; advokatlar kasbiy madaniyati va huquqiy madaniyatini, aholi huquqiy ongini oshirish masalalariga e'tibor berish. Albatta, bu yakuniy ro‘yxat emas.
Advokatlik faoliyatining ahamiyati, unga, uning sifatiga berilayotgan e'tibor “Advokatura institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ba'zi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ham o‘z ifodasini topadi. Qonunning 7- moddasida advokatning o‘z bilimlarini muntazam takomillashtirib borish, kamida uch yilda bir marta Advokatlar palatasi belgilagan tartibda kasbiy malakasini oshirish majburiyati belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, Advokatlik palatasiga advokatlarning kasbiy tayyorgarligini tashkil qilish va malakasini oshirish bo‘yicha vazifa yuklatilgan.
Shu tariqa, professional yuridik yordam olish konstitutsiyaviy huquqini ta'minlash uchun, advokatlarga quyidagi talablar (shartlar) ko‘zda tutilgan:
s oliy yuridik mu'lumot mavjudligi;
s dastlabki kasbiy tayyorgarlik, u hozirgi vaqtda kamida olti oy advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tash ko‘rinishida amalga oshiriladi;
s malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish (zarur bilimlar mavjudligini tekshirish);
s o‘z bilimlarini muntazam takomillashtirib borish;
s kamida uch yilda bir marta Advokatlar palatasi belgilagan tartibda o‘z kasbiy malakasini oshirish.
§ 6. Advokatlik faoliyati standartlari Advokatlik faoliyati standartlari deganda advokatlarning kasbiy xususiyatlari va harakatlariga qo‘yiladigan talablarni tushunish kerak. Lekin, bizning nazdimizda, advokatlik faoliyati standartlari tushunchasi bu bilan kifoyalanmaydi,