Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


chunki ular, amalda, mustaqil advokatlik faoliyatini amalga oshirishning kafolati ham bo‘ladi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə40/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138
Адвакатлар дарслик

chunki ular, amalda, mustaqil advokatlik faoliyatini amalga oshirishning kafolati ham bo‘ladi.
Standartlarni tartibga solish sohalari bo‘yicha farqlash mumkin: masalan, advokatlar tuzilmalarining tashkiliy-huquqiy standartlari, advokatlik amaliyotini tashkil qilish, mehnat munosabatlari standartlari, ish yuritish va hujjat almashinuvi standartlari, intizomiy standartlar, litsenziyalashtirish va b.
1990 yil avgustdagi BMT VIII Kongressida Advokatlarning jinoyatlar oldini olish bo‘yicha roli to‘g‘risidagi asosiy qoidalar qabul qilindi.40
Jumladan, huquqiy tizimlar mavjud boshqa rivojlangan davlatlar advokatlari uchun bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham hukumatning quyidagi kafolatlari katta ahamiyatga ega:
o‘zining barcha kasbiy majburiyatlarini qo‘rqitishsiz, to‘sqinliksiz, xavotirsiz va noo‘rin aralashuvsiz bitirish imkoniyati;
erkin sayohat qilish va mijozga o‘zining mamlakatida ham, chet elda ham konsultatsiya berish;
e'tirof etilgan kasbiy majburiyatlari, standartlari va axloq me'yorlariga muvofiq amalga oshirilgan har qanday harakatlar uchun jazolash yoki jazolash bilan tahdid qilish va ayblash, ma'muriy, iqtisodiy va boshqa sanksiyalar qo‘llashning imkonsizligi;
kasbiy majburiyatlarini bajarishi tufayli advokatning xavfsizligi xavfs ostida qolgan joylarda ular hokimiyat tomonidan tegishlicha himoyalanishi lozim;
advokatlar, o‘zlarining kasbiy majburiyatlarini bajarishlari tufayli, o‘z mijozlari va mijozlarining ishlari bilan tenglashtirilmasligi lozim;
sud yoki ma'muriy organ amaliyotga ruxsat berilgan advokatning o‘z mijozi manfaatlarini ilgari surish huquqini tan olishdan bosh tortmasligi lozim, agar bu advokat milliy huquq va uni qo‘llash amaliyotiga muvofiq diskvalifikatsiya qilinmagan bo‘lsa;
sudda, tribunalda yoki boshqa yuridik yoki ma'muriy organda o‘zining burchini vijdonan bajarayotgan, kasbiy majburiyatlarini ado etayotgan advokat ishga oid, yozma yoki og‘zaki shaklda qilingan arizalar uchun ta'qib etilishdan jinoiy va fuqarolik immunitetiga ega bo‘lishi lozim;
advokatni axborot, hujjatlar va ish materiallari bilan o‘z vaqtida, jinoiy jarayonda esa - tergov tugashi va sudda ko‘rilishidan kechiktirmay tanishishini ta'minlash vakolatli hokimiyatning majburiyatidir;
hukumatlar advokatlar va mijozlarning o‘zaro munosabatlari doirasidagi ular o‘rtasidagi, advokatning o‘z kabsiy majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kommunikatsiya va konsultatsiyalarning maxfiyligini tan olishi va unga rioya etishi lozim.
BMTning Gavanada 1990 yilda bo‘lib o‘tgan jinoyatning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish bo‘yicha Sakkizinchi Kongressida qabul qilingan ‘Yuristlarning roliga oid asosiy tamoyillar” quyidagilarga oid qoidalarni belgiladi:

  • yurist va yuridik xizmatlardan foydalan olish;

  • jinoiy adolatli sudlov masalalarida maxsus kafolatlar;

  • malaka va kadrlar tayyorlash;

  • funksiyalar va majburiyatlar;

  • yuristlar tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarishga oid kafolatlar;

  • e'tiqod va birlashmalar erkinligi;

  • yuristlarning kasbiy birlashmalari;

  • yuristlar tomonidan o‘z majburiyatlarining talab darajasida bajarilmaganligi uchun intizomiy choralar ko‘rilishi


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin