qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. Bunda advokatli k tuzilmalarining asosiy moliyalashtirish manbasi ularning muassislari (a'zolari), ya'ni advokatlarning ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatish evaziga olgan daromadlari ko‘rinishidagi doimiy tushumlari sanaladi. Ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun tushadigan mablag‘lardan advokatlik tuzilmasini yuritish uchun ajratmalar hajmi uning ta'sis hujjati (Nizom) yoki advokatlik tuzilmasi muassislari (a'zolari)ning boshqa qarorlari bilan belgilanadi. Advokatlik tuzilmasini yuritishga xarajatlar o‘z ichiga ma'muriy va xo‘ajlik xarajatlarini, shuningdek uni yuritish uchun boshqa xarajatlarni oladi. Advokatlik tuzilmasini yuritishga xarajatlar tarkibiga quyidagi xarajatlar kiradi: ma'muriy va xo‘jalik (texnik) personalning ta'minoti, jumladan ular mehnatiga haq to‘lashga, kompensatsiya va kafolatlangan to‘lovlarga;
kommunal xizmatlar, shuningdek telefon, telekommunikatsiya va axborot xizmatlari haqini to‘lashga;
v) inventar, materiallar, kanselyariya, ofis va boshqa ashyolarni xarid qilishga; g) transport vositalari, texnika ta'minotiga, ijarasiga, boshqa xizmatlarga haq to‘lashga, benzin va boshqa YOMMlarga; d) advokatlar (advokatura ishchilari)ni o‘qitshga, gazeta, jurnallar va boshqa davriy matbuotga obunaga, boshqa joriy xarajatlar; ye) joriy ta'mirlashga; j) texnika va jihozlar, orgtexnika, kompyuterlar va boshqa asosiy vositalar xarid qilishga; z) qurilish va kapital ta'mirlashga; i) advokatlik tuzilmasini yuritish uchun boshqa xarajatlar. Advokatlik tuzilmasini yuritishga xarajatlar tarkibiga, “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12- moddasiga muvofiq, advokatlar ijtimoiy himoyasi fondini tashkil etishga xarajatlar ham kiritiladi, uning mablag‘lari advokatlarning ijtimoiy ehtiyojlariga sarflanadi.