Advokaturani ijtimoiy himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari quyidagilarga ishlatiladi: advokatlik tuzilmasi advokatlariga nafaqa, komensatsiya va kafolat to‘lovlarini to‘lash, ta'til pulini to‘lash. Bunda advokatlik tuzilmalari mablag‘larni ta'til pulini to‘lash uchun akkumulyasiya qilish huquqiga egalar (masalan, hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadigan hajmda);
moddiy yordam ko‘rinishida beriladigan pullik nafaqalar turlari;
v) sanatoriy-kruortda davolanishga, dam olish uylariga yo‘llanmalar haqini to‘lash, statsionar va ambulator davolanish haqini to‘lash; g) ovqatlanish puli, oylik yo‘l chiptalari berish yoki ularning qiymatini qoplash; d) advokatlar hayoti va salomatligini sug‘urtalash bo‘yicha badallarni to‘lash; ye) sayyohlik yo‘llanmalarini, sport seksiyalariga abonenmentlarni to‘lash va shu kabi xarajatlar; j) O‘zbekiston advokatlar assotsiatsiyasiga advokat hisobidan a'zolik badalini o‘tkazish; z) advokatning boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qoplash41 Advokatlik tuzilmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari sifatida, daromad solig‘ini to‘lmaydilar, shuningdek, yagona soliq to‘lovchilari sanalmaydilar. “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 11- moddasiga muvofiq, Advokatlarning mehnatiga jismoniy va yuridik shaxslardan ularga yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun advokatlik tuzilmalariga kelib tushgan mablag‘lar hisobidan haq to‘lanadi. Bunda yuridik xizmat uchun haq to‘lash advokat bilan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o‘rtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi Advokat tomonidan yuridik yordam uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘lar advokatlik tuzilmasining daromadi sifatida ko‘rilmaydi. Advokatlik tuzilmasini yuritish uchun yo‘naltiriladigan (ushlab qolinadigan) mablag‘lar qismi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad sanalmaydi. Bu mablag‘larga advokatlik tuzilmasini yuritish uchun muntazam ajratmalar sifatida qaraladi. Advokatlik tuzilmasi tadbirkorlik ya'ni advokatlikdan tashqari (advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan) faoliyati bilan shug‘ullansa, ushbu faoliyatdan tushgan daromad (foyda) daromad solig‘iga va yagona soliqqa belgilangan tartibda tortilishi lozim.