Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Markaz tashkil etishdan quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə51/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138
Адвакатлар дарслик

Markaz tashkil etishdan quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan:
s inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning amaliy mexanizmini tashkil etish;
s xalqaro va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish;
s davlat muassasalari xodimlari va barcha aholining inson huquqlari masalalari bo‘yicha madaniyatini oshirish.
Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
S inson huquqlariga rioya qilish va himoya qilish bo‘yicha milliy ma'ruzalarni tayyorlash;
S inson huquqlarini himoya qilish sohasida adabiyotlarni targ‘ib qilish va chop etish;
S inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tkazish;
S nodavlat jamoat, huquqni muhofaza qilish tashkilotlari va siyosiy partiyalar bilan inson huquqlari borasida hamkorlik qilish.
Markaz o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Demokratizatsiya va inson huquqlari” jurnalini chop etadi.
Markazga quyidagi huquqlar berilgan:
s muvofiqlashtiruvchi va boshqa kengashlar, inson huquqini himoya qilishning holatini o‘rganish bo‘yicha ekspert komissiyalarini tuzish; s olimlar, inson huquqlari borasida axborot-tahliliy materiallar tayyorlash bo‘yicha mutaxassislardan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
s konsultatsiya uchun, inson huquqlari sohasin o‘rganish va takliflar tayyorlash uchun ham mahalliy, ham xorijiy olimlar, mutaxassislar, ekspertlar va h.k. jalb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Inosn huquqlari milliy markazi O‘zbekiston Respublikasining BMTning inson huquqlari bo‘yicha oltita asosiy xalqaro hujjatlarining ijrosiga oid Milliy ma'ruzalarini tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha chora-tadbirlar muvofiqlashtiruvchisi va asosiy ijrochisi sanaladi.
Bundan tashqari, uning vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. inson huchuvlarini g‘imoya qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha xalqaro va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik;

  2. inson huquqlari sohasidagi davlatlararo ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlarni ishlab chiqish, ekspert baholash va ularning kelishuvida qatnashish;

  3. davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek jamoat birlashmalariga inson huquqlari bo‘yicha konsultatsiya berish;

  4. inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish borasida ta'lim beris h, targ‘ib qilish, o‘quv-uslubiy adabiyotlar chop etish bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish; fuqarolar huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha axborot ma'lumot bazalarini tashkil etish.

Markaz BMT qo‘mitalari O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha oltita xalqaro hujjat qoidalari ijrosi to‘g‘risidagi 30dan ziyod milliy ma'ruzalarini taqdim qildi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz O‘zbekiston Advokatlar palatasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi, ular o‘rtasida inson huquqlarini muhofaza qilish bo‘yicha yaqin sheriklik aloqalari o‘rnatilgan. Inosn huquqlari bo‘yicha milliy markaz faoliyat yuritayotganidan buyon advokatura instituti bilan hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:

  • Inson huquqlari bo‘yicha BMTning oltita asosiy xalqaro shartnomalari qoidalarini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy ma'ruzalarini tayyorlash va muhokama qilishda O‘zbekiston Advokatlar palatasi bilan hamkorlik qilish. Advokatlar Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Qiynoqlarga qarshi konvensiya va b.lar qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha ma'ruzalarni tayyorlashda faol ishtirok etganlar;

  • BMT konvensiya organlari va maxsus muassasalari va mexanizmlari tavsiyalarini, jumladan BMT inson huquqlari, xotin-qizlar huquqlari, bolalar huquqlari, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniya huquqlar qo‘mitalari tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejalarini tayyorlash va amalga oshirish;

  • Inson huquqlari sohasidagi tashabbus loyihalarini tayyorlash, masalan, bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risidagi qonun konsepsiyasini va loyihasini tayyorlash va muhokama qilish;

  • Aholi orasida inson huquqlari bo‘yicha keng axborot-ma'rifiy faoliyat yuritish; bu yo‘nalishda advokatlar Markaz tomonidan o‘tkaziladigan, inson huquqlari bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlariga jalb etiladi;

  • Inson huquqlari milliy markazi nashrlarida qatnashish, jumladan, advokatlar “Demokratizatsiya va inson huquqlari” jurnalida maqolalar bilan qatnashadilar;

  • Markaz jamoatchilik bilan ishlash bo‘limining fuqarolarning individual shikoyatlarini ko‘rib chiqishda advokatlar bilan birgalikda ishlashi.

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. O‘zR inson huquqlari milliy institutlari tashkil topishi va rivojlanishining xususiyatlari va tarixiy omillari.

  2. Inson huquqlarini himoya qilishning asosiy xalqaro huquqiy me'yorlari.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)

  4. O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi vazifalari va funksiyalari

  1. BOB

ADVOKATNING KASBIY ETIKASI. ADVOKATLIK FAOLIYaTIDA NOTIQLIK SAN’ATI ASOSLARI
Advokatlik etikasi qoidalari, ularning ahamiyati va mazmuni. Advokat va ishonch bildiruvchi. Advokatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar. Ajvokatlar va sud jarayoni ishtirokchilari. Advokatlik siri. Advokat va manfaatlar to ‘qnashuvi. Advokat gonorari. Zamonaviy notiqlikka kirish. Advokat himoya nutqining

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin