Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 2. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tushunchasi va tizimi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə47/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 2. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tushunchasi va tizimi
Insonlar jamiyatlari, muayyan me'yorlar va hayot qoidalarini ishlab chiqib, tegishli hokmimiyat va boshqaruvi institutlarini shakllantira borib, ularni u yoki bu huquqlar va vakolatlar bilan ta'minlab, umum va xosning, yaxlit va uning qismlarining, davlat va uning fuqarolarining, fuqarolik va siyosiy jamiyatlarning manfaatlari muvozanatiga rioya etilishini nazorat qiladilar. Fuqarlik jamiyati davlat hokimiyati zaruriy minimumga tushishiga intiladi (“tungi mirshab”, “fuqarolar shilarini boshqarish ko‘mitasi”, “jamiyatda tartib va qonuniylik nazoratchisi”, “fuqarolar irodasi ifodachisi va ular manfaatlarining himoyachisi”). Davlatga yuklatilmagan huquqlar individlarda saqlanib qoladi va ularni himoya qilish butun jamiyatning vazifasiga aylanadi.
Individga eng yaqin, umumiy va u foydalana oladigani milliy inson huquqlarini himoya qilish vaositalari - ham fuqarolik, ham siyosiy jamiyat institutlari sanaladi. Inson huquqlari va erkinliklari - bu inson hayotining shunday jihatiki, unga nisbatan tahdidning asosiy manbasi davlatning o‘zi bo‘ladi. barcha hokimiyat institutlari va, avvalo, o‘zida siyosiy hokimiyatni ifodalovchi davlatga, o‘z hokimiyatini mutlaqlashtirishga intilish xosdir, bunga faqat unda yashovchi insonlarning huqulari va erkinliklarini cheklash orqaligina erishish mumkin. Insonni himoya qilishdagi eng samarali vositalar esa fuqarolik jamiyati vositalari, mexanizmlari va institutlari sanaladi. Bu - ta'lim institutlari, assotsiatsiyalar, aholi guruhlari va qatlamlari (ayollar, nogironlar, faxriylar, yollanma ishchilar, harbiy xizmatchilar, olimlar, shifokorlar va h.k.)ning birlashmalari va uyushmalari, jamoat komissiyalari va inson huquqlarini himoya qilish markazlaridir.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning asosiy milliy vositasi davlatning Asosiy qonuni (Konstitutsiyasi)dir, u siyosiy boshqaruv shaklini va fuqarolarning hamda ular ta'sis etgan davlatning huquq va majburiyatlari mutanosibligi aks etadi. U siyosiy jamiyat sub'ektlari va institutlari o‘rtasida hokmimiyat va hokimiyat vakolatlarini taqsimlaydi, ularning shakllanishi taomillarini va ularning o‘zaro aloqasi usullarini belgilaydi, toki ularning birortasi qonun tomonidan belgilangan o‘z vakolatlari doirasidan chiqib ketmasin. Har bir institut faoliyatining maqsadi va siyosiy munosabatlarning murakkab tizimining har bir sub'ektining majburiyatlari aniq belgilanadi.
Fuqarolik jamiyati institutlari inson huquqlari buzilishining oldini oladilar, ularga rioya etilishining tegishli kafolatlarini yaratadilar va huquqbuzarlar yo‘lida to‘siqlar yaratadilar. Yollanma ishchilar ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini himoya qilishda kasaba uyushmalari va ularning turli miqyosdagi birlashmalari muhim rol o‘ynaydi. Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat komissiyalari, kengashlar va markazlar turli davlat institutlari tomonidan inson huquqlari buzilishining, ularning harakatsizligining aniq aktlarini to‘playdilar va umumlashtiradilar, ularni oshkor etadilar va jamiyat mulkiga aylantiradilar. Bu - inson himoyasining o‘ziga xos nazorat minoralari va tabiiy chegarachilaridir, shu vaqtning o‘zida ular qo‘ng‘iroq bo‘lib, ilg‘or va taraqqiyparvar insonlar har bir inson huquqi buzilishi holatida bong uradilar va ular to xato tuzalmagunicha bong urishdan to‘xtamaydilar. Aholining shunday birlashmalarining soni muntazam o‘sib bormoqda, ular faoliyatining doirasi esa kengayib bormoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarini yaratish g‘oyasi 1946 yilda, EKOSOS a'zo-davlatlarga Inson huquqlari bo‘yicha komissiya ishini qo‘llab- quvvatlash maqsadida hamkorlik qilish uchun inson huquqlari bo‘yicha axborot guruhlari yoki komissiyalarini tashkil etish maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqishni taklif etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institut - davlat tomonidan qonun (dekret)ga binoan tashkil etiladigan organ bo‘lib, uning funksiyalari mamlakatda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilishdan iborat.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin