O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 66- moddasiga muvofiq, qo‘shicha qiymat solig‘i to‘lovchilari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hisoblanadi. Advokatlik tuzilmalari tovarlar importida belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari (jumladan qo‘shimcha qiymat solig‘i va aksiz solig‘i)ni to‘laydilar, qonunchilikda ko‘rsatilgan vaziyatlar bundan mustasno. Yuridik yordam advokat (jismoniy shaxs) tomonidan advokat va mijoz o‘rtasidagi shartnoma asosida ko‘rsatilishi tufayli, advokatlik tuzilmasi advokatlari tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam hajmidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi oliya vazirligi qoshidagi respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar o‘tkazilmaydi. Bevosita advokatlik tuzilmasi tomonidan tovarlar ishlab chiqarilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi hollarida byudjetdan tashqari Pensiya va respublika yo‘l jamg‘armalariga ushbu sotish hajmidan umumiy belgilangan tartibda majburiy ajratmalar amalga oshiriladi. Advokatning u tomonidan yuridik yordam ko‘rsatgani uchun gonorarlari, nizomda ko‘zda tutilgan kirish va a'zolik badallari, ixtiyoriy mulkiy badallar va ionalar, advokatlardan bir martalik va doimiy tushumlar advokatlik tuzilmasining daromadi yoki tijorat yoki xo‘jalik faoliyatidan tushumlari hisoblanmaydi. Advokatlik tuzilmalari yagona ijtimoiy to‘lov o‘rniga majburiy ijtimoiy sug‘urtaga mehnat haqi fondidan 25 foiz hajmida badallar to‘laydilar. NAZORAT SAVOLLARI: Advokatlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari
Yuridik konsultatsiyalarning tashkil topishi va moddiy-texnik ta'minlanishi asosi va tartibi vaziyat.
Oliy o‘quv muassasasini tugatgach, Po‘latov advokat bo‘lib ishlash istagini bildirdi, malaka imtihonidan o‘tdi, advokatlik maqomini oldi, advokat guvohnomaisni qo‘lga kiritdi. Biroq, u tomonidan tuzilgan, ish yuklatish va korxona xo‘jalik faoliyatini yuridik qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi pulli xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalari soliq inspeksiyasi tomonidan e'tiborsiz deb e'tirof etildi va advokat soliq javobgarligiga tortildi.