Jismoniy shaxslar daromad soliqlarini to‘lovchilar jismoniy shaxslar - moiyaviy yilda soliqqa tortiladigan daromadga ega advokatlardir. Advokatla mehnati uchun haq ko‘rinishidagi daromaddan jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq summasini ushlab qolish va uni byudjetga o‘tkazish advokatlik tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi. Advokat tomonidan mehnat haqi ko‘rinishidagi daromadlarni aniqlash uchun asos advokatlar mehnat haqi fondi sanaladi. Daromad solig‘i hisoblanayotganda, advokat tomonidan mehnat haqi evaziga olinayotgan daromadlar tarkibiga, mehnat haqi fondidan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 49- moddasi ikkinchi qismida ko‘zda tutilgan daromadlar ham kiritiladi. Jismoniy shaxslar daromad solig‘ini ushlab qolish va byudjetga o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik advokatlik tuzilmalari zimmasida bo‘ladi. soliq summasi ushlab qolinmaganda ular byudjetga ushlab qolinmagan soliq summasini va u bilan bog‘liq jarima va penyani o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Jismoniy shaxslar daromad solig‘ini ushlab qolishda advokatlik tuzilmalari ushlab qolingan soliq summasini to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida o‘tkazadilar. Advokatlik tuzilmalari majburdirlar: ish haqini to‘lashda advokatga, uning talabiga ko‘ra, uning daromadining summasi va turi, shuningdek ushlab qolingan soliq (agar soliq ushlab qolingan bo‘lsa) summasi haqida ma'lumot berish; moliya yili yakunlanganidan keyin o‘ttiz kun ichida soliq organlariga asosiy bo‘lmagan ish o‘rnidan olingan daromadlar haqida ma'lumotnoma taqdim etish, unda jismoniy shaxs ro‘yxatga olish raqami, ismi, familiyasi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili, daromadining umumiy summasi va hisobot yilidagi ushlab qolingan soliq umumiy summasi qonunchilikda belgilangan shaklda aks etadi; har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 15- sanasiga qadar, soliq organlariga yollanib ishlovchiga mehnat haqi va boqsha daromadlar ko‘rinishida hisoblangan va amalda to‘langan to‘lovlar summasi, shuningdek ushbu daromadga soliq summasi qonunchilikda belgilangan shaklda taqdim etish.