Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə37/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138
Адвакатлар дарслик

Filial uni tashkil etgan advokatlar hay'ati nomidan ish olib boradi, shu sababli o‘z filiallari faoliyati uchun javobgarlik ularni yaratgan advokatlar hay'ati zimmasida bo‘ladi.
Yuridik konsultatsiya - Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan advokatliy faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan advokatlik tuzilmasi. Yuridik konsultatsiya Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan tegishli hududda yuridik yordamga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun advokatlik tuzilmalarining soni yetarli bo‘lmagan vaziyatlarda tashkil etiladi. Tegishli hududlarda yuridik yordamga bo‘lgan talab O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanuvchi normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Advokatlarning kasb birlashmalari
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning birlashmalari jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tuziladigan tashkilotlardan farq qiladi. Ular maqsadlari, fuknsiyalari, huquqtiy tartibga solish sub'ektlari, unga a'zo bo‘layotganlarga, o‘z a'zolari maqomiga talablar, ularga yuklatilgan majburiyatlarga ko‘ra farqlanadi.
Advokatlik faoliyatini tashkil qilish” tushunchasi advokatlarning o‘z vazifalarini samarali amalga oshirish uchun tegishli tuzilmaga birlashishlarining huquqiy va tashkiliy shaklini anglatadi. Advokaturaning tashkiliy shakllari yordamida ham beovsita advokatlik faoliyati amalga oshadi, ham bu faoliyatning yuridik, ijtimoiy va boshqa kafolatlari, jumladan advokatlarni noqonuniy harakatlar va davlat tomonidan advokatura faoliyatiga aralashuvidan himoyalash ta'minlanadi.
Yuqorida keltirilgan, 1990 yil avgust oyida BMTning VIII Kongressida qabul qilingan Advokatlar roli to‘g‘risidagi asosiy qoidalarga muvofiq, advokatlarning o‘zi (davlat aralashuvisiz) tomonidan ularning o‘z manfaatlarini ilgari surish, doimiy o‘qish, qayta tayyorlash va kasbiy darajasini qo‘llab- quvvatlash uchun o‘zini-o‘zi boshqarish assotsiatsiyalarini tashkil etish huquqi berilishi lozim.
1990 yil sentyabr oyida Nyu-York sh.dagi Xalqaro yuristlar uyushmasining Konferensiyasida qabul qilingan Yuridik kasb mustaqilligi xalqaro standartalirga muvofiq, har bir mintaqada bitta (yoki ko‘proq) mustaqil, o‘zini-o‘zi boshqaruvchi, qonunan e'tirof etilgan yuristlar uyushmasi tashkil etilishi lozim. Uning ijroiy organi boshqa organlar va shaxslar aralashuvisiz bara a'zolar tomonidan erkin saylanashi kerak.
Advokatlarning kasbiy uyushmalari kasbiy standartlarni va axloqiy me'yorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi, o‘z a'zolarini ta'qib etishdan, cheklovlardan va tajovuzdan himoya qiladi, yuridik yordam bilan barcha unga muhtojlarni ta'minlaydi, adolatli sudlov va jamoat manfaatlari maqsadiga erishish uchun hukumat va boshqa institutlar bilan birlashib ish ko‘radi.
Advokatura to‘g‘risidagi qonunning 12-1 moddasiga muvofiq, Advokatlar palatasi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha advokatlarning majburiy a'zoligiga asoslangan notijorat tashkiloti sanaladi. Advokatlar palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi o‘zining hududiy boshqarmalari bilan, advokaturaning o‘zini-o‘zi boshqarish yagona tizimini tashkil qiladi. Advokatlar palatasi advokatlar faoliyatiga aralashmaslik tamoyili asosida faoliyat yuritadi, bu qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin