Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Endilikda advokatlar hay'ati yuzaga kelishining huquqiy asosi o‘n va undan ko‘p advokatlarning advokatlar hay'atini ta'sis etish bo‘yicha qarori sanaladi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə35/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   138
Адвакатлар дарслик

Endilikda advokatlar hay'ati yuzaga kelishining huquqiy asosi o‘n va undan ko‘p advokatlarning advokatlar hay'atini ta'sis etish bo‘yicha qarori sanaladi.
Advokatlar hay'ati notijorat tashkilotidir.
Advokatlar hay'ati a'zolarining huquqlari:
advokatlar hay'ati ishlarini boshqarishda qatnashish;
ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda advokatlar hay'ati faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish;
o‘z ixtiyoriga ko‘ra advokatlar hay'atidan chiqish;
agar qonunda yoki ta'sis hujjatlarida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, advokatlar hay'atidan chiqishda yoki undan chiqarilishda a'zolar tomonidan hay'atga o‘tkazilgan mulk qismini yoki ushbu mulkning qiymatini, a'zolik badallaridan tashqari, advokatlar hay'ati ta'sis hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda olish;
agar qonunda yoki advokatlar hay'ati ta'sis hujjatlarida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, advokatlar hay'ati bekor qilinganda kreditorlar bilan hisob-kitoblardan keyin qolgan uning mulkining qismini yoki ushbu ushbu mulkning qiymatini, hay'at a'zolari tomonidan hay'atga taqdim etilgan mulk qiymati doirasida olish.
Advokatlar hay'ati a'zosi undan boshqa a'zolarning qaroriga ko‘ra, hay'at ta'sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan vaziyatlarda va tartibda hay'at tarkibidan chiqarilishi mumkin.
Advokatlar hay'ati a'zolari ta'sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan va qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Advokatlar hay'ati ta'sis hujjatlari quyidagilardir: muassislar tasdiqlagan nizom, muassislar tuzilishi kerak bo‘lgan ta'sis shartnomasi. Advokatlar hay'ati ta'sis hujjatlari talablari hay'atning o‘zi va uning muassislari (a'zolari) tomonidan ijro uchun majburiydir. Advokatlar hay'ati ta'sis hujjatlari, shuningdek, ushbu hay'at bilan munosabatga kirishuvchi barcha shaxslar, jumladan hokimiyat organlari uchun majburiydir.
Ta'sis shartnomaisda muassislar advokatlar hay'atini tuzish majburiyatini oladilar; uni tuzish bo‘yicha birgalikdagi faoliyat tartibini, o‘z mulklarini advokatlar hay'atiga topshirish shartlarini, hay'atga yangi a'zolar qabul qilish va uning tarkibidan muassislar (a'zolar)ning chiqishi tartibi va shartlarini, advokatlar hay'ati muassislari (a'zolari) huquqlari va majburiyatlarini, ta'sis shartnomasiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydilar. Mazkur qoidalar ta'sis shartnomasida aks etishi majburiydir.
Bundan tashqari, advokatlar hay'ati ta'sis shartnomalari uning boshqaruv organlari tarkibi va vakolati, ular tomonidan qarorlar, shu jumladan bir ovozdan yoki malkali ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qilish kerak bo‘lgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilish tartibiga oid va advokatlar hay'ati bekor qilinganidan keyin qoladigan mol-mulkning taqismlanishi tartibiga oid shartlarni qamrab olishi kerak.
Advokatlar hay'ati yuridik shaxs bo‘lib, o‘z tasarrufida alohida mol-mulkka ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mulk bilan javob beradi, o‘z nomidan mulkiy va nomulkiy huquqlar olishi, amalga oshirishi, majburiyatni zimmasiga olishi, sudda da'vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Advokatlar hay'ati mu staqil balansga ega bo‘lishi kerak va belgilangan tartibda mamlakat hududida va undan tashqaridagi banklarda hisoblar ochishi huquqiga ega.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin