Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Sheriklik shartnomasining asosiy masalasi boshqaruvga oid - qarorlar qabul qilish, boshqaruvchi sherikni saylash va uning vakolati kabilar bo‘ladi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə33/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   138
Адвакатлар дарслик

Sheriklik shartnomasining asosiy masalasi boshqaruvga oid - qarorlar qabul qilish, boshqaruvchi sherikni saylash va uning vakolati kabilar bo‘ladi.
Sherikchilik shartnomasi muayyan muddatga tuzilishi lozim. Shu bilan birga, qonun muddat bo‘yicha cheklovlar qo‘ymaydi, shu sababli sheriklarning o‘zlari shartnoma amal qilish muddatini belgilaydilar. Sherikchilik shartnomasida advokatlik firmasi umumiy ishlarini yuritish tartibi aks etgan bo‘lishi lozim.
Ishonchnomalarni rasmiylashtirish fuqarolik qonunchiligining umumiy qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ishonchnomalarda sherikning ishonch bildiruvchilar va uchinchi shaxslar bilan bitim amalga oshirish vaolatlariga cheklovlar (bitim turlari, ularning qiymati va b.) sanab o‘tilgan bo‘lishi lozim. Vakolatli sherik ishonch bildiruvchilar va uchinchi shaxslarga ishonchnomada keltirilgan o‘z vakolatlari bo‘yicha cheklovlardan xabardor qilishga majbur.
Ishonchnomada vakolatlarga cheklovlar ko‘rsatilmagan taqdirda, sheriklar sherikning huquqlari cheklanganligiga asoslanish huquqiga ega bo‘lmaydilar va amalga oshirilgan bitim barcha uchun umumiy sanaladi. Binobarin, kelishuv yoki boshqa bitim tuzilayotgan paytda ishonch bildiruvchi yoki uchinchi shaxs mavjud cheklovlarni bilganligi yoki bilishi lozim bo‘lganligini isbotlash bo‘yicha majburiyat barcha sheriklar zimmasiga yuklanadi.
Ishonchnomalar har bir sherikka individual ravishda berilishi bois, ularning mazmuni farq qilishi mumkin. ishonchnoma beruvchi sherik bitimlarni amalga oshirish, ishonchnoma muddati va boshqa shart-sharoitlarga cheklovlarni va vakolat doirasini mustaqil belgilash huquqiga ega. Individual ishonchnomalar berilishi firma faoliyatini murakkablashtirishi mumkin, shu sababli barcha sheriklar imzolari bilan umumiy ishonchnoma rasmiylashtirish maqsadga muvofiq.
Umumiy ishlar barcha sheriklarning umumiy kelishuviga asosan yoki, agar shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, aksariyat ovoz bilan yuritiladi. Umumiy masalalarni hal etishda sheriklar huquqlari teng bo‘lib, firma faoliyatiga qo‘shgan hissasi, advokatlik faoliyati staji va boshqa shartlarga bog‘liq emas. Sheriklar qarorilari sheriklik shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv bilan rasmiylashtirilishi mumkin. agar ko‘rsatilgan hujjatlar barcha sheriklar tomonidan imzolangan bo‘lmasa, ular kuchga kirgan sanalmaydi va uchinchi shaxslar uchun majburiy hisoblanmaydi.
Advokatura to‘g‘risidagi Qonun mohiyatiga ko‘ra, advokatlik firmasi ijroiya organi boshqaruvchi sherik sanaladi. Aynan u umumiy ishlarni yuritadi, uchinchi shaxslar bian munosabatda firma nomidan ish ko‘radi, uning faoliyati ustidan joriy boshqaruvni amalga oshiradi va sheriklar oldida hisobot beradi. Biroq, sheriklik shartnomasida umumiy qoidadan istisnolarni belgilash mumkin: umumiy ishlarni yuritish mazkur advokatlik tuzilmasidagi istalgan sherikka topshirilishi yoki umumiy ishlarni yuritish barcha sheriklar bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. so‘nggi holatda biror-bir harakatni amalga oshirish uchun barcha sheriklarning bir vaqtdagi roziligi kerak, shu sababli kundalik faoliyatda bu shaklni qo‘llash o‘ta murakkab bo‘ladi.
Advokatlik firmasida ishonch bildiruvchi bilan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuv barcha sheriklar nomidan boshqaruvchi sherik tomonidan, shuningdek, istalgan boshqa sherik tomonidan tuzilishi mumkin. bunda, kelishuvni imzolashda sherik har bir sherik uning nomiga bergan ishonchnomalar asosida harakat qilishi lozim. Boshqaruvchi partner ham kelishuvlar va boshqa turdagi bitimlarni tuzishda boshqa sheriklar ishonchnomalariga ega bo‘lishi lozim.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin