Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Advokatura to‘g‘risidagi qonunda sheriklik shartnomasini bekor qilishning quyidagi asoslarini keltiriladi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə34/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokatura to‘g‘risidagi qonunda sheriklik shartnomasini bekor qilishning quyidagi asoslarini keltiriladi.
Chunonchi, sheriklik shartnomasi amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinishi mumkin va advokatlar yangi shartnomalar tuzishlari lozim bo‘ladi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, sheriklardan birining advokatlik maqomi to‘xtatilganda yoki bekor qilinganda sheriklik shartnomasi bekor qilinadi. Shu bilan birga, advokatlar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarda uni saqlab qolish imkoniyatini ko‘rish huquqiga egalar. Bu holda sheriklik shartnomasi faqat maqomi to‘xtatilgan yoki bekor qilingan advokatga nisbatan bekor qilinadi.
Sheriklik shartnomasida uning istalgan sherik talabiga ko‘ra bekor qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. Hatto, shartnomada bunday qoida bo‘lmasa ham, u istalgan sherikning talabiga ko‘ra bekor qilinishi lozim. Biroq, advokatlar bunday holatlarda boshqa sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarda shartnomaning saqlab qolinishi imkoniyatini keltirib o‘tish huquqiga egalar. Bu holda sheriklik shartnomasi faqat shartnoma bekor qilinishini talab qilgan advokatga nisbatan sheriklik shartnomasi bekor bo‘ladi.
Advokatura to‘g‘risidagi qonunda ko‘rsatilgan asoslardan tashqari, sheriklik shartnomasi fuqarolik qonunchiligining umumiy qoidalari bo‘yicha ham bekor qilinishi mumkin.
Advokatura to‘g‘risidagi qonunning 4-2- moddasiga muvofiq, sheriklik shartnomasi bekor qilingan vaqtdan boshlab uning ishtirokchilari ishonch bildiruvchilar (himoya ostidagilar) va uchinchi shaxslar oldidagi bajarilmagan umumiy majburiyatlar bo‘yicha birgalikda javobgar bo‘ladilar. Javobgarlik to‘g‘risidagi me'yorlar imperativ bo‘lib, tomonlar kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilmaydi.
Advokatlik firmasidagi sheriklarning umumiy javobgarligi ularning ishonch bildiruvchilar va uchinchi shaxslar bilan kelishuvlari va boshqa bitimlari faqat barcha sheriklar nomidan tuzilishiga asoslangan. Shu sababli advokatlik firmasining ishonch bildiruvchilar va uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari sheriklarning umumiy majburiyatlari sanaladi. Sheriklarning advokatlik firmasi doirasidagi bunday huquqiy holati qarama-qarshi manfaatli ishonch bildiruvchilar ishini yuritish imkoniyatini mustasno qiladi.
Advokatlardan bittasining sheriklik shartnomasidan chiqishi u shartnomada qatnashgan davrida yuzaga kelgan umumiy majburiyatlar bo‘yicha ishonch bildiruvchi yoki uchinchi shaxslar oldidagi umumiy javobgarlikni undan soqit qilmaydi. Shu munosabat bilan shartnomadan chiqishda sherik o‘zi yuiridik yordam ko‘rsatayotgan barcha ishlar bo‘yicha ish yuritishni boshqaruvchi sherikka topshirishi kerak bo‘ladi.
Advokatlik firmasida faoliyat yurituvchi advokatlar butun mulki bilan umumiy javobgarlik bo‘yicha javob beradilar. Shu bilan birga, Qonunda umumiy majburiyatlar bo‘yicha sheriklarning va yuridik shaxs sifatida advokatlik firmasining birgalikdagi javobgarligi masalasi yetarlicha aniq tartibga solinmagan:sheriklar advokatlik firmasi umumiy majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol - mulklari bilan subsidiar javobgarlikni zimmalariga olishlari lozim. Barcha sheriklar nomidan kelishuv imzolab, amalda avdokat sheriklarni jamlovchi advokatlik firmasi nomidan ish ko‘radi. Shu sababli umumiy majburiyatlar shu vaqtning o‘zida advokatlik firmasining ham, barcha advokatlarning ham majburiyatlari sanaladi.
Advokatlik firmasi yuridik shaxs bo‘lgani sababli, u, advokatlar hay'ati kabi, o‘z mulkiga ega bo‘lishi ham mumkin. Uning mulkining shakllanishi tartibi advokatlar hay'atidagi kabidir. Tegishlicha, advokatlik firmasi o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mulk bilan javobgar bo‘lishi mumkin. shu tariqa, ishonch bildiruvchi yoki uchinchi shaxs oldida javobgarlik yuzaga kelganda, Qonun mantiqiga ko‘ra, ular oldin bevosita advokatlik firmasiga, shundan keiyngina - uning sheriklariga talab qo‘yishlari kerak, ular esa birgalikda javobgar bo‘ladi.
Advokatlar hay’ati - a'zolikka asoslangan va advokatlar tomonidan advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun ta'sis etilgan, notijorat tashkilot shaklidagi advokatlik tuzilmasi. Advokatlar hay'atidagi a'zolar soni o‘n nafardan kam bo‘lmasligi lozim. Advokatlar hay'ati ta'sis shartnomalari muassislar tomonidan tasdiqlanuvchi nizom va ular o‘rtasida tuziladigan ta'sis shartnomasi sanaladi. Ta'sis shartnomasida muassislar advokatlar hay'atiga o‘z mulklarini o‘tkazish shartlarini, uning faoliyatida qatnashish tartibini, advokatlar hay'atiga yangi a'zolar qabul qilish, uning tarkibidan muassislar (a'zolar) chiqishi tartibi va shartlarini, shuningdek advokatlar hay'ati muassislari (a'zolari)ning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydilar.
Advokatlar hay'ati advokatlik tuzilmasining advokatlik faoliyati jamoaviy asosda amalga oshiriladigan tashkiliy-huquqiy shaklidir. U Advokatura to‘g‘risidagi sobiq sovet nizomi asosida oldinlari amalda bo‘lgan advokatlik hay'atlaridan tubdan farqlanadi. Avvalgi advokatlik hay'atlari advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning birlashuvining yagona ko‘rinishi edi, u Nizomda belgilangan boshqaruv va nazorat organlari (oliy organ - hay'at a'zolari umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi); ijroiy organi - prezidium, uning tarkibiga prezedium raisi va uning o‘rinbosari (o‘rinbosarlari) saylanardi; nazorat-taftish organi - taftish komissiyasi)ga, o‘z tuzilmaviy bo‘linmalari - yuridik konsultatsiyalarga nisbatan hokimiyat vakolatlariga ega edilar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin