Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


malaka komissiyasi qarorini o‘zgartirib, yangi qaror qabul qilish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə28/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138
Адвакатлар дарслик

malaka komissiyasi qarorini o‘zgartirib, yangi qaror qabul qilish;
malaka komissiyasining nomzod tomonidan malaka imtihoni topshirilishi natijalari bo‘yicha qarorini bekor qilish;
malaka komissiyasi qarorini bekor qilish va advokatga nisbatan intizomiy ishni bekor qilish;
apellyasiyani ko‘rib chiqmay qoldirish huquqiga ega.
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish va bekor qilish masalalariga tegishli Komissiya q arori, u qabul qilingan kunda yozma ravishda advokatga guvohnoma bergan adliya organiga tegishli qaror qabul qilish uchun yuboriladi.
Malaka komissiyasi qarorini o‘zgartishsiz qoldirish va apellyasiyani qondirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Komissiya tomonidan quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
apellyasiyaning Nizom talablariga muvofiq kelmasligi;
apellyasiyada bayon etilgan asoslarning tasdiqlanmasligi.
Malaka komissiyasi qarorini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror va yangi qaror Komissiya tomonidan quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari qoshidagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom talablari buzlishi, agar bu qoidabuzilishi malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta'sir ko‘rsatgan bo‘lsa;
Malaka komissiyasi tomonidan asoslanmagan qaror qabul qilinishi.
Nomzod tomonidan malaka imtihoni topshirilishi natijalari bo‘yicha malaka komissiyasi qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Komissiya tomonidan quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari qoshidagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom talablari buzlishi, agar bu qoidabuzilishi malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta'sir ko‘rsatgan bo‘lsa;
Nomzod tomonidan malaka imtihonida berilgan javoblarni baholashda malaka komissiyasi tomonidan xolislik va beg‘arazlilik ta'minlanmaganida.
Malaka komissiyasining nomzodning malaka imtihonini topshirishi natijalari bo‘yicha qarorini bekor qilish bilan bir vaqtda Komissiya o‘zining qarori bilan nomzodni tegishli malaka komissiyasiga malaka imtihonini qayta topshirish uchun yuboradi yoki, mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan holatlarda, nomzoddan malaka imtihonini oladi va u tomonidan qayta malaka imtihoni topshirilishi natijalari bo‘yicha tegishli qarorq qabul qiladi.
Malaka komissiyasi qarorini bekor qilish va advokatga nisbatan intizomiy ishning bekor qilinishi to‘g‘risidagi qaror Komissiya tomonidan quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari qoshidagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom talablari buzlishi, agar bu qoidabuzilishi malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta'sir ko‘rsatgan bo‘lsa;

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin