Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə27/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138
Адвакатлар дарслик

Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiya:
nomzodlar, advokatlar va boshqa manfaatli shaxslar apellyasiyasini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qiladi;
zarur hollarda manfaatli shaxslardan va tegishli tashkilotlardan qo‘shimcha hujjatlar so‘raydi;
apellyasiyalarni ko‘rib chiqishda tegishli malaka komissiyalaridan zarur hujjatlarni talab qiladi;
ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan vaziyatlarda nomzodlardan malaka imtihonlarini qabul qiladi va ularning topshirilishi natijalariga ko‘ra qarorlar qabul qiladi;
qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yangi yuzaga kelgan holatlarni o‘rganadi;
Advokatlar palatasiga malaka komissiyalari faoliyatini ulaming ishlarini umumlashtirgan va tahlil qilgan holda o‘rganib chiqish haqida murojaat qiladi va umumlashtirish hamda tahlil natijalariga ko‘ra qaror qabul qiladi;
Nizomga muvofiq qabul qilingan Komissiya qarorlari malaka komissiyalari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Komissiya majlisi zaruriyatga ko‘ra, lekin kamida uch oyda bir marta o‘tkaziladi. Advokatlar palatasi, Komissiya hamraislari bilan kelishgan holda, Komissiya majlisi kun tartibini, sanasi, vaqti va joyini majlis o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin belgilaydi.
Komissiya majlisi agar unda a'zolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli sanaladi (kvorumga ega bo‘ladi).
Kvorumga ega bo‘linmagan holda, majlisga klegan Komissiya a'zolari tomonidan majlisni keyinga qoldirish haqida qaror qabul qilinadi, uning sanasi, vaqti va joyi haqida qo‘shimcha ravishda ma'lum qilinadi.
Komissiya qarori majlisda qatnashayotgan a'zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi bo‘ladi.
Komissiya qarori raislik qiluvchi tomonidan qarorq qabul qilingan majlisda e'lon qilinadi.
Komissiya, apellyasiyani ko‘rib chiqib, o‘z qarori bilan:
malaka komissiyasi qarorini o‘zgartishsiz qoldirish va apellyasiyani qondirishni rad etish;

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin