Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 2. Malaka komissiyalari va advokatning intizomiy javobgarligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə24/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 2. Malaka komissiyalari va advokatning intizomiy javobgarligi
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13- moddasiga muvofiq, zarur bilimlar va kasbiy malakalarga ega shaxslarga litsenziyalar berish, advokat qasamyodini qabul qilish, shuningdek advokatlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish uchun Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari qoshida malaka komissiyalari tuziladi.
Malaka komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent sh. adliya boshqarmalarining qo‘shma qarorlari bilan, teng sonli advokatlar va adliya organlari ishchilaridan tarkib topadi.
Malaka komissiyalari vakolatlari va ular faoliyatlarining tashkil etilishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishgan holda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009 yil 14 martdagi №69-mx buyrug‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari qoshidagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi38
Malaka komissiyalari quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:
s advokat maqomini olishga nomzod shaxslardan malaka imtihonini olish;
s advokat qasamyodini qabul qilish;
s advokatlar tomonidan qonunchilik talablarining, advokatlar kasbiy etikasi qoidalarining, advokatlik siri va advokat qasamyodining buzilishi to‘g‘risidagi intizomiy ishni ko‘rib chiqish.
Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun malaka komissiyalari: s nomzodlar, advokatlar va boshqa manfaatdor shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqadilar;
s zarur hollarda, manfaatdor shaxslardan va tegishli tashkilotlardan qo‘shimcha hujjatlar so‘raydilar;
s nomzodlar tomonidan malaka imtihonlari topshirilishi natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladilar;
s nomzodlar tomonidan advokatlik qasamyodi qabul qilinishi natijalaribo‘yicha qarorlar qabul qiladilar; s advokatlarga nisbatan intizomiy ish ko‘rilishi natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladilar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin