Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Turkiston o‘lkasida qozilar va boylarning feodal sudlarida jinoiy va fuqarolik ishlarini shariat va odat qonunlari bo‘yicha, advokat ishtirokisiz ko‘rilardi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə20/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138
Адвакатлар дарслик

Turkiston o‘lkasida qozilar va boylarning feodal sudlarida jinoiy va fuqarolik ishlarini shariat va odat qonunlari bo‘yicha, advokat ishtirokisiz ko‘rilardi.
O‘zbekiston hududida birinchi advokatura, o‘zini-o‘zi boshqaruv tuzilmasi sifatida “Himoyachilar filiali” nomi ostida 1879 yilda Qo‘qon sh.da Sankt- Peterburgda yuridik ta'lim olgan Abdunabi Qurolboy tashabbusi bilan tashkil etildi.
Uni birinchi o‘zbek advokati deb hisoblaydilar. Qo‘qon advokatlar filiali o‘ndan ziyod huquq himoyachilarini birlashtirgan bo‘lib, ularni “zakonchi” deyishardi23.
1899 yilda Toshkent sud palatasi va okrug sudlari qoshida himoyachilar hay'atlari ta'sis etildi. Ular Rossiya qonunchiligiga asoslanardilar.
Buxoroda 1915 y.da “Ko‘ngilli advokatlar filiali” faoliyat yuritdi, u advokatlik amaliyotini Rossiyada va Turkiyada o‘rgangan Valixon Hoji tomonidan tashkil etildi. Filial a'zolari, ular safida keyinroq O‘zbekiston hukumati raisi bo‘lgan F.Xo‘jaev ham bor edi, bir necha marta amirlik qozikaloni Sharifxon Sadri Ziyoga murojaat qilishgan va bahslarning odilona hal etilishiga erishgandilar. Afsuski, advokatlar filiali rahbari Valixon Hoji 1919 yilda amirga hurmatsizlikda ayblangan, qamoqqa tashlangan va tergov va sudsiz o‘ldirilgan24.
Advokat U.Asadullaxo‘jaev va uning do‘sti S.Kelginboev (akademik H.Sulaymonovaning otasi), xavfli bo‘lishiga qaramay, 1916 y.da mehnatga layoqatli aholini majburan Sibirga majburiy ishlarga yo‘llash bilan bog‘liq xalq g‘alayoniga hamdardlik bildirgan aybsiz shaxslarning qirib tashlanganligi tufayli chor hukumatiga norozilik bildirdilar. Ularni sudga berdilar, lekin kutilmagan natijaga erishdilar - ular oqlandilar25.

  1. yildagi inqilobdan keyin eski adliyaning boshqa organlari bilan birga advokatura ham bekor qilindi.

Eski advokaturani bekor qilib, sud to‘g‘risidagi 1- dekret himoyachi sifatida barcha obro‘siga putur yetmagan, ikkala jinsdan bo‘lgan, fuqarolik huquqlaridan foydalanuvchi fuqarolar qatnashishiga ruxsat berdi, qolaversa, himoyachilar dastlabki tergovda ham qatnashishlari mumkin edi. 1917 yil 19 dekabrda Adliya xalq komissarligi inqilobiy tribunal yo‘riqnomasini tasdiqladi, unga ko‘ra ular qoshida ham ayblov, ham himoya funksiyalarini qo‘llovchi huquq himoyachilari hay'atini tuzish ko‘zda tutilgandi. Shu bilan birga, ayblanuvchi siyosiy huquqdan mahrum etilmagan har qanday fuqaroni himoyachi sifatida tanlashi mumkin edi.

  1. yil 7 martdagi Sud to‘g‘risidagi 2- son dekretga ko‘ra, ishchilar, soldatlar, dehqonlar va kazaklar deputatlar kengashlari qoshida ham jamoat ayblovchisi, ham jamoat himoyachisi shaklidagi huquq himoyachisi bo‘lishga o‘zini bag‘ishlagan shaxslar hay'atlari tuziladi. Faqat shu shaxslar sudda to‘lov asosida qatnashishlari mumkin edi26.

O‘rta Osiyoning sobiq Respublikalari milliy-davlatchilik nuqtai nazaridan ajratilganidan va O‘zbekiston SSR paydo bo‘lganidan keyin O‘zSSR MIQ 1926 yil 29 sentyabrda Respublikada sud tuzilishi to‘g‘risidagi nizomni qabul qildi va uni 1927 yil 15 fevraldan kuchga kiritdi. Bu me'yoriy hujjat 1927 yil 14 dekabrda O‘zSSR Adliya xalq komissariati tomonidan tasdiqlangan Himoyachilar hay'ati to‘g‘risidagi nizom uchun asos bo‘ldi. Nizom avvalda mavjud bo‘lgan hay'at tuzilmasini, ularni butlash tartibini, yangi a'zolarni qabul qilish shartlarini, advokatlar xizmatiga haq to‘lash tamoyillarini saqlab qoldi.
Himoya huquqi shakllanishining muhim bosqichlaridan biri 1926 yil 16 iyunda Respublikaning dastlabki Jinoiy-protsessual kodeksi qabul qilinishi bo‘ldi. Unda qonunchilik tomonidan ayblanuvchining himoya huquqi jinoiy sud ishi tamoyillaridan biri sifatida mustahkamlab qo‘yildi. JPK sudda himoyachining ishtiroki majburiy bo‘lishi vaziyatlarini ko‘zda tutgan, lekin dastlabki tergov bosqichida u qatnashmasdi. Bu shaxsni jinoyatni sodir etishdagi ayblovning birinchi kunlaridanoq himoyadan foydalanish huquqining jiddiy cheklanishi edi.
O‘zSSR ikkinchi JPK 1929 yil 29 iyunda O‘zSSR MIQ tomonidan tasdiqlandi, u himoyalanishga bo‘lgan huquqning amalga oshishini yanada yomonlashtirdi, endi jinoiy ishlar ko‘rilishiga himoyachi faqat o‘zining xohishiga ko‘ra kiritilardi. U sud majlisi vaqtida, agar uning fikriga ko‘ra uning qatnashishiga asos bo‘lmasa, himoyani amalga oshirishdan voz kechishi mumkin bo‘lgan. “sotsialistik adolatli sudlov” amaliyotidan himoya huquqi tobora siqib chiqarildi.
U SSSRning 1934 yil 1 dekabrdagi va 1937 yil 22 sentyabrdagi favulodda qonunlari bilan uzil-kesil rad etildi. Bu qonunlar, mohiyatan, “aksilinqilobiy jinoyatlar”, terroristik tashkilotlar, terroristik aktlar, shuningdek zararkunandalik va qo‘poruvchilik to‘g‘risidagi ishlarni suddan tashqari, himoyachi jalb qilmay tekshirish va ko‘rib chiqish belgilandi27.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin