Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


O‘ziga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilgan advokat quyidagi huquqlarga



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə26/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   138
Адвакатлар дарслик

O‘ziga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilgan advokat quyidagi huquqlarga
ega:
Intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga asos bo‘lgan barcha materiallar bilan tanishib chiqish;
Intizomiy ish holatlari bo‘yicha yozma tushuntirish berish va qo‘shimcha ma'lumotlar taqdim etish;
Malaka komissiyasi yoki Oliy malaka komissiyasi (agar bu u ko‘rib chiqadigan ish bo‘lsa) qaror qabul qilguniga qadar intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan shikoyatni taqdim qilgan shaxs bilan kelishuvga erishish choralarini ko‘rish.
Advokat, tegishli suratda komissiya majlisi sanasi, vaqti va joyi haqida ogohlantirilganiga qaramay, malaka komissiyasi majlisiga kelmagan holda, komissiya qaroriga ko‘ra intizomiy ish ko‘rilishi keyingi majlisga qoldirilishi yoki uning ishtirokisiz ko‘rilishi mumkin.
Agar intizomiy ish ko‘rilishida malaka komissiyasi intizomiy ish bilan bog‘liq alohida masalalarni o‘rganish lozim degan xulosaga kelsa, bunday o‘rganishni amalga oshirish komissiya qaroriga muvofiq, uning a'zolaridan biriga yuklanishi mumkin.
Malaka komissiyasi tomonidan avdokatga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, sodir etilgan huquqbuzarlik og‘irligi, uning sodir etilishi holatlari, advokatning avvalgi faoliyati va o‘zini tutishi hisobga olinadi.
Intizomiy ish ko‘rib chiqilishi natijalariga ko‘ra advokatga nisbatan malaka komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
ogohlantirish to‘g‘risida;
olti oygacha muddatga litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish;
litsenziya amal qilishini bekor qilish;
intizomiy jazo choralarini qo‘llashni rad etish va intizomiy ishni to‘xtatish.
Malaka komissiyasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va bekor qilish to‘g‘risidagi qarori u qabul qilingan kunda yozma ravishda hududiy boshqarma tomonidan tegishli adliya organiga yetkaziladi, u o‘sha kuniyoq, malaka komissiyasi qarori asosida advokatlik maqoimning to‘xtatib turilishi va bekor qilinishi to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Intizomiy jazo choralarini qo‘llashni rad etish va intizomiy ishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror, malaka komissiyasi tomonidan, intizomiy ish ko‘rilishi davomida komissiya intizomiy ish ko‘rib chiqilishi to‘g‘risidagi arznomada bayon etilgan advokatga qarshi asoslar tasdiqlangan, shuningdek, advokat va intizomiy ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan shikoyatni taqdim qilgan shaxs o‘rtasida kelishuvga erishish holatlarda qabul qilinadi.
Malaka komissiyalari masalalarni ko‘rib chiqishda va u bo‘yicha qarorlar qabul qilishda hududiy boshqarmalar va adliya organlaridan, ulardan yuqori turuvchi tuzilmalardan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolardan mustaqildirlar.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009 yil 14 martdagi 68-mx son buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qoshidagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan39.
Oliy malaka komissiyasi (quyida - Komissiya) Advokatlar palatasi qoshida, malaka komissiyalari qarorlariga apellyasiyalarni ko‘rib chiqish, malaka komissiyalari faoliyatini umumlashtirish va tahlil qilish uchun tashkil etiladi.
Advokatlar va Adliya vazirligining teng sonli vakillari hisobiga 10 nafar kishidan, jumladan Oliy malaka komissiyasi hamraislari va a'zolaridan tarkib topgan Komissiya tarkibi, uch yil muddatga Advokatlar palatasi va Adliya vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
Komissiya hamraislari Oliy malaka komissiyasi tarkibiga kirgan advokatlar va Adliya vazirligi ishchilaridan belgilanadi va Komissiya majlislari navbatma- navbat raislik qiladilar, Komissiya majlisida raislik qilishi lozim bo‘lgan hamraisning uzrli sabablarga ko‘ra kelmay qolishi bundan mustasno.
Komissiya a'zoligiga advokatlar nomzodlari advokatlik faoliyati bo‘yicha mehnat staji kamida besh yil bo‘lgan advokatlar ichidan tanlab olinadi. Advokat ketma-ket ikki muddat Komissiya a'zosi bo ‘la olmaydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin