§ 7. Advokat gonorari Advokatning mijozi bilan o‘zaro munosabatlarining muhim jihati yuridik yordam ko‘rsatgani uchun advokat gonorarining belgilanishi va olinishi sanaladi. Qonuchilikka ko‘ra, advokat ko‘rsatilgan xizmatlar uchun gonorar miqdorini mustaqil (ishonch bildiruvchi bilan kelishgan holda), uning minimal yoki maksimal miqdoriy cheklovlarisiz belgilash huquqiga ega. Bunda advokat ishning murakkabligi, topshiriqni yuajarishga ketadigan vaqt sarfini, o‘ziga baho berishini, sog‘lom fikr va shakllangan amaliyotdan kelib chiqadi. Advokatning mehnati, ma'lumki, ko‘plab resurslami talab qiladi: kompyuter, faks, kseroks, qog‘oz, texnik personal, axborot ma'lumot bazalari, yuridik davriy nashrlarga obuna, ofisni yuritish xarajatlari. Advokaturaning eng yaxshi an'analariga rioya etgan holda, ishonch bilan aytish mumkinki, advokat tomonidan kam ta'minlanganlar manfaatlarini himoya qilishda, shuningdek mijoz yoki potensial mijoz advokat yuridik yordamidan uni to‘lash uchun mablag‘i bo‘lmaganligi sababli voz kechishga majbur bo‘lgan vaziyatlarda haq talab qilinishi axloqqa to‘g‘ri kelmaydi. Boshqacha qilib aytganda, advokat o‘z gonorarini belgilayotganda muayyan holatlar va mijozning mulkiy ahvolidan kelib chiqib, o‘ta farosatli bo‘lishi kerak. Advokatning mijoz bilan suhbati - bozor emas, advokatning jamiyatdagi mavqyei, uning faoliyatining mohiyati mijoz bilan suhbatini gonorar yuzasidan savdoga aylantirib yuborishga yo‘l qo‘ymaydi. Advokat va mijoz o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ikkala tomon uchun o‘ta aniq va to‘liq oqlangan bo‘lishi kerak. Advokat tomonidan belgilanadigan gonorar miqdori aodatli bo‘lishi, ko‘zda tutilgan (bajarilgan) ish hajmiga va masala (ish) murakkabligiga muvofiq kelishi shart. Agari advokat bir ish bo‘yicha ikki yoki undan ziyod mijozlar uchun ishlayotgan bo‘lsa, o‘ziga tegishli bo‘ladigan mukofotni to‘lash bo‘yicha xarajatlarni, agar ularning kelishuvida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, o‘z mijozlari o‘rtasida teng taqsimlashga majbur. Advokat istalgan paytda, ayniqsa agar mijoz bu masalalar bilan tanish bo‘lmasa, mijozga gonorarni belgilash tamoyillarini tushuntirib berishga tayyor turishi lozim. Advokat o‘z vaqtida va vijdonan, hisob-kitoblardagi barcha noaniqliklarni ko‘rsatgan holda o‘z ish haqining adolatli va oqlanganligini baholashi lozim, toki mijoz belgilangan gonorarning to‘g‘riligi haqida asosli fikrga ega bo‘lsin. To‘lanadigan gonorar miqdoriga ta'sir ko‘rsatuvchi g‘ayrioddiy yoki ko‘zda tutilmagan holatlar yuzaga kelganda, ehtimoliy bahslar, kleishmochilik yoki tushunmovchiliklarning oldini olish uchun, advokat bu haqda mijozni o‘z vaqtida ogohlantirishi shart. Advokatlar kasbiy etikasi qoidalariga muvofiq, kelishuv (shartnoma)da ish ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs)ning foydasiga hal bo‘lishiga qarab yuridik yordam uchun haq belgilanishi yoki qo‘shimcha pul mukofotlari to‘lanishi belgilanishi mumkin. Advokatning ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi shaxs)dan, avans to‘lovidan tashqari, yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuv (shartnoma)da ko‘rsatilgan shartlarni ta'minlash uchun mol-mulk olishi taqiqlanadi.