Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


o‘rinlarda, agar boshqasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, - mijozlar)ga ulaming



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə67/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138
Адвакатлар дарслик

o‘rinlarda, agar boshqasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, - mijozlar)ga ulaming
huquqlari, erkinlik va manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilish, shuningdek adolatli sudlovdan foydalanishni ta'minlash maqsadlarida ko‘rsatiladigan yuridik yordamdir”
Turkmanistonda “advokatlik faoliyati advokatning professional yuridik yordami bo‘lib, qonunda belgilangan tartibda, insonning huquqlari va erkinliklarini, yuridik shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda qonuniylikni ta'minlash va mustahkamlashga ko‘mak berish maqsadlarida ko‘rsatiladi”
Qirg‘izistonda advokatlik faoliyati “advokatning jismoniy va yuridik shaxslarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda malakali yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati” deb bel gilangan. Tojikiston Respublikasi Qonuni advokatlik faoliyatiga advokatlarning yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyati, deb qisqacha ta'rif beradi.
MDH mamlakatlar qonunchiliklarida “advokat” tushunchasiga ham turlicha yondashuv kuzatiladi. Masalan, Armanistonda “advokat deb ushbu Qonunda belgilangan tartibda advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan, advokatlar palatasi a'zosi bo‘lgan va qasamyod qabul qilgan shaxs hisoblanadi. Advokat huquqiy masalalar bo‘yicha mustaqil maslahatchi sanaladi”, boshqa barchalarda u yoki bu respublika fuqarosigina advokat bo‘lishi mumkin.
RFda advokat - bu davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan oliy kasbiy ta'lim beruvchi ta'lim muassasasida olingan oliy yuridik ma'lumotga yoki yuridik ixtisoslik bo‘yicha ilmiy darajaga ega. Advokat huquqiy masala bo‘yicha mustaqil maslahatchi sanaladi, u foyda ko‘zlamaydi, ilmiy va boshqa ijodiy ishlardan tashqari, haq to‘lanadigan ish bilan shug‘ullanish huquqiga ega emas (Qonun 2­m.).
Yuqorida keltirilgan Federal qonunga muvofiq, advokatlik maqomini olish uchun kamid 2 yillik yuridik ixtisoslik bo‘yicha mehnat staji yoki advokatlik tuzilmasida 1-2 yil ichida stajirovkadan o‘tash, shuningdek malaka imtihonini topshirish zarur.
Belarus Respublikasida Belarus Respublikasi fuqarosi, oliy yuridik ma'lumotga ega, ushbu Qonunda belgilangan vaziyatlarda stajirovkadan o‘tgan va malaka imtihonini topshirgan, advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olgan (quyida, boshqasi nazarda tutilgan bo‘lmasa, - litsenziya) va hududiy advokatlar hay'ati a'zosi bo‘lgan jismoniy shaxs advokat bo‘ladi.
To‘liq layoqatga ega, huquq litsensiati diplomiga ega, obro‘siga putur yetmagan, kasbiy stajirovkadan o‘tgan va malaka imtihonini topshirgan Moldova Respublikasi advokat bo‘la oladi (qonun 8- m. 2-q.). Qirg‘iz Respublikasida “kamida bir yillik yuridik mehnat tajribasiga yoki kamida bir yil advokat yordamchisi sifatida mehnat tajribasiga ega” bo‘lishi lozim; Moldova qonunida kasbiy stajirovka muddati bir yilgacha deb ko‘rsatilgan.
Turkmanistonda Turkmanistonda doimiy yashovchi, oliy yuridik ma'lumotga ega, advokat maqomiga ega Turkmaniston fuqarosi advokat bo‘lishi mumkin”
MDHning barcha mamlakatlarida advokatlik faoliyatini amalga oshirishga tegishli tartibda layoqatsiz yoki cheklangan layoqatli deb topilgan, shuningdek qasddan jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilinganlar, agar ularning sudlanganligi tugatilmagan yoki olib tashlanmagan bo‘lsa. Ba'zida huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlaridan obro‘sizlantiruvchi sabablarga ko‘ra ishdan haydalish ham to‘siq bo‘ladi.
MDH mamlakatlarida advokaturani tashkil etish va faoliyat yuritish tamoyillari turlicha. Barcha tadqiq qilinayotgan qonunlarda mustaqillik tamoyili umumiydir. Qonuniylik tamoyili esa faqat Qirg‘iziston Respublikasi qonunidagina belgilanmagan. O‘zini boshqari va advokatlarning tenghuquqliligi kabi tamoyillar faqat Armaniston Respublikasi qonunchiligida kuzatiladi, advokatlik siriga rioya etish tamoyili va qonunchilikda taqiqlanmagan barcha huquqni himoya qilish vosita va usullaridan foydalanish faqat Belorussiya va Qozog‘iston qonunlarida keltirilgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin