M agistrlik dissertatsiya



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə2/16
tarix20.06.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#133274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Sobirova Fotimaxon Asilbek qizi2

Tadqiqot ob’yekti: Ta’lim platformalari uchun sifatli video darslar tayyorlash.
Tadqiqot predmeti: Camtasia Studio dasturida video darslar tayyorlash jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi: Ta’lim platformalari uchun sifatli video darslar tayyorlash uchun Camtasia Studio dasturi imkoniyatlarini tadqiq etish.
Tadqiqotning vazifalari:

  • Skrinkasting texnologiyasini o’zlashtirish;

  • Skrinkasting uchun dasturlarni taxlil qilish va jadval shaklida ifodalash;

  • Camtasia Studio dasturi imkoniyatlari yordamida video darslar tayyorlash;

  • Video dars uchun loyiha tayyorlash va loyihani (videoni) montaj qilish ishlarini amalga oshirish;

  • Ta’lim platformalari uchun video mashg’ulotlarni turli ta’lim platformalariga joylash.

Ilmiy yangiligi: Skrinkasting texnologiyasini yordamida masofaviy ta’lim platformalari uchun sifatli video darslar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Ushbu dissertatsiya Skrinkasting texnologiyasini yordamida masofaviy ta’lim platformalari uchun sifatli video darslar tayyorlashni mumta’lim maktabi oʻqituvchilariga oʻrgatishga moʻljallangan. Bundan tashqari mustaqil ravishda video dars tayyorlash va yaxshi natijalarga erishishda ushbu dasturdan foydalanishni amalga oshirishda mazkur dissertatsiyadan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi(tahlili): Mamlakatimizda muammoli masalalar vositasida ta’lim mazmunini takomillashtirishning nazariy-metodologik va uslubiy asoslari N.Taylaqov, M.Fayziyeva, X.Zayniddinovlar; informatika o‘qitish metodikasini takomillashtirish A.Abduqodirov, F.Zakirova, N.Xaytullayeva, D.Maxmudovalar; o‘quvchilarda tayanch va fanga doir xususiy kompetensiyalarni shakllantirish, kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning nazariy asoslari U.Inoyatov, N.Muslimov, O.Musurmonova, B.Xodjayev, J.O‘sarov, M.Vahobov, M.Mirsoliyeva, M.Pardayevalar; mantiqiy tafakkur, kompyuter savodxonligi va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish masalalari U.Begimqulov, M.Lutfullayev, N.Muslimov, I.Yuldashevlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida talabalarning algoritmik kompetensiyalarini rivojlantirish, algoritmik fikrlash qobiliyatini shakllantirishning asosiy mazmuni, algoritmik tafakkurni rivojlantirish, algoritmik fikrlash uslubi masalalari A.Goryachev, S.Tsareva, M.Kovalchuk, A.Korayev, O.Chyeburina, M.Lapchik, S.Yazvinskayalar, talabalarda algoritmik kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik asoslari V.Korolskiy, A.Kapinosovlar tomonidan tadqiq etilgan.
Xorijlik olimlardan J.Ving, A.Settle, A.Prados, R.Lister, M.Lopes, Z.Karimi, R.Kaplan, L.Mannila kabilar kompyuter ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, algoritmik fikrlashni rivojlantirish orqali kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish, dasturiy mahsulotlarni yaratishga doir kompetensiyalarni shakllantirish masalalarini o‘rganishgan

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin