M agistrlik dissertatsiya


Skrinkasting uchun dasturlar



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə8/16
tarix20.06.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#133274
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Sobirova Fotimaxon Asilbek qizi2

2.2. Skrinkasting uchun dasturlar


Ekran video texnologiyasi asosida o’quv materiallarini qayta ishlash uchun to’lovli dasturlarni ishlatish mumkin. Masalan, Adobe Captivate, Camtasia Studio, HyperCam, BB FlashBack, Bandicam, UVScreenCamera, Ekrannaya Kamera. Xuddi shuningdek litsenziyali bepul dasturlar: Jing, CamStudio, Webinaria, Wink, UltraVNC, Screen Recorder, Windows Media Encoder, BB FlashBack Express, Krut va boshqalar5.
Skrinkasting texnologiyasi instrumentlarini tanlashda quyidagi kriteriyalarga amal qilish zarur bo’ladi:

  • Kulay interfeys;

  • Videorolik yozuv usuli;

  • Yaratilgan materialni taxririlash qulayligi;

  • Formatlarni qo’llab-quvvatlanishi;

  • Internetda nashr etish qulayligi;

  • CD va DVD disklarga yozilishi;

  • Foydalanuvchilar uchun qo’llanma mavjudligi (spravka);

  • Texnik qo’llab-quvvatlanishi;

  • Narxi va boshqalar.

Jadvalda butun dunyoga mashxur bo’lgan skrinkasting uchun qo’llaniladigan dasturlar (Adobe Captivate, Camtasia Studio, Jing, CamStudio, Bandicam, BBFlashBack, BB FlashBack Express, dastlabki dasturlar-UVScreen Camera va Ekrannaya Kamera) xarakteristikasi keltirilgan.
Taxlillar, amaliyotlar shuni ko’rsatmoqdaki Adobe Captivate, Camtasia
Studio, BB FlashBack dasturlari qulayligi, sifatli va professional ish yuritishi ma’lum bo’lmoqda.
Camtasia Studio dasturida to’xtaymiz. Camtasia Studio- interaktiv o’quv materiallar yaratish uchun juda qulay vositalardan biridir. U yordamida ta’lim, masofaviy ta’lim, texnik qo’llab-quvvatlash echimi, mahsulotlar namoyishi, prezentatsiyalar, trenirovkalar yaratish mumkin. U o’zida ish stolida qanday jarayonlar ketayotganini video fayl sifatida saqlash qobiliyatiga ega. Bu dasturiy mahsulot TechSmith: http://www.techsmith.com kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dastur tushunarli va qulay interfeysga ega (1.1-rasm).

1.1-rasm. Camtasia Studio dastur interfeysi
Camtasia Studio beshta asosiy utilit qobiq tarkibga ega:

  • Camtasia Recorder (ekran video yozuv uchun),

  • Camtasia Menumaker (loyiha bosh menyu (disk) yaratish uchun),

  • Camtasia Audio Editor (yangi audio fayl yaratish, mavjudlarini taxrirlash, turli media-fayllar ovozlari uchun),

  • Camtasia Theater (SWF-fayllar ijro menyusi yaratish uchun),

  • Camtasia Player (ekran video yozuv ijrosi uchun).

Camtasia Studio dasturi ekranni to’la, qisman yoki ba’zi qismlarini yozish xususiyatiga ega bo’liyu, ixcham video fayllarni yaratib beradi. Camtasia Studio loyihalar (proekt) CAMPROJ, ekran video yozuv esa CAMREC formatli kengaytmalarga ega bo’ladi.
Video yozuv vaqtida ekranga chizish, turli effektlarni qo’llash, siqchon chertilishi va kursorni yonib o’chishi kabilarni qo’llash mumkin. Video yozuv davrida funktsional klavishlarni ham ishlatish mumkin.
Video ushlash (zaxvat) vaqtida parallel ravishda qo’shimcha ovoz yo’laklarini ham ishlatish mumkin bo’ladi: veb-kamera va ikkita audio oqim-mikrofon va sistema signallari ovozlar. Bu asosiy videoning ekranda ketayotgan jarayonlarni video ma’ruzachi orqali tushuntirish imkonini beradi. Bu xodisa ekranning burchagida “kadrdagi kadr” sifatida aks ettiriladi. Mikrofondagi ovoz ekranda ketayotgan voqealarni ovozli bayon etish imkoniyatini ta’minlaydi.
Elektron o’quv materiallar tashqi ko’rinishini yaxshilash, shakl berish uchun Camtasia Studioda redaktor yaratilgan bo’lib, u tasvirlar, ovozlar, musiqalar, izoxlar, videolar qo’shish imkoniyatiga ega. Loyihada BMP, GIF, JPG va JPEG, PNG formatli tavsirlarni, WAV, MP3, WMA formatli ovozlarni, AVI, MP4, MPG i MPEG, WMV, MOV, SWF formatli videolarni qo’llash imkoniyatlari mavjud.
Loyihani taxrirlash jarayonida bir qator effektlar, masshtabli ponaramalar, vinoskalar yaratish, imzolarni qo’llash mumkin bo’ladi. Undan tashqari alohida kadrlar bilan ishlash imkoniyatiga ham ega. Dasturning audio ovozlarni taxrirlash vositasi osonlik bilan fondagi shovqinlarni o’chirish va yaxlit ovoz darajasi o’rnatishni ta’minlaydi.
Camtasia Studio viktorina singari interaktiv testlarni qo’shish va bu viktorina yordami bilan o’quvchining video material to’g’risida qimmatli fikrlarini bilish imkoniyatiga ham ega. Viktorina afsuski faqat uch tipdagi savollar bera oladi: bir nechta variantlar, blanka to’ldirish, qisqa javob. Shunday qilib dastur yordamida video material to’g’risida so’rovnoma o’tkazish mumkin.
Camtasia Studioda yordamida yaratilgan videoni quyidagi formatlarga eksport qilish mumkin: AVI, SWF, FLV, MOV, WMV, RM, GIF, CAMV. Ixtiyoriy videoning ijro etuvchi exe-faylini CD va DVD disklarga yozish, portativ qurilmalarda (iPhone, iPod) ijro etish uchun xotiraga olish ishlaridan tashqari bu dastur videolarni Internetga joylashtiradi va bepul Screencast.com servislarini taklif etadi.
Dastur SCROM (masofaviy ta’lim uchun standartlar to’plami ishlanmasi) qo’llab-quvvatlaydi va masofaviy ta’lim ishlanmalarini yaratadi va tashkil etadi. Masalan, Moodle ta’lim tizimi .
Camtasia Studio dasturi ishlab chiqaruvchi bilan sayt muloqot tizimi juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bu erda foydalanuvchi texnik qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish va bepul o’quv resurslari (video, darslik, foydalanuvchiga qo’llanma va boshqa.) bilan tanishish mumkin.
Shuni bilish lozimki, Camtasia Studio yuqoridagi barcha boy funktsional qulayliklarga ega bo’lishiga qaramasdan qimmat bo’lmagan narxga ega.
O’rgatuvchi resurslar yaratish uchun g’arbda ommaviy va keng tadbiq etilayotgan Adobe Captivate dasturi bilan Camtasia Studio dasturini biroz taqqoslaymiz.
Adobe Captivate dasturi Camtasia Studio dasturidan farqli ravishda nafaqat ekran video yozuvni va taxrirlashni amalga oshiradi va qo’p qirrali interaktiv o’quv qo’llanmalar, murakkab senariylar qura oladi. Bu albatta dastur imkoniyatlari o’zlashtirish va o’quv materiallarga ishlov berishga ko’p vaqt va mehnat talab etadi.
Adobe Captivate o’quvchilar bilimlarini tekshirish uchun materiallar tayyorlashni katta imkoniyatlarini taklif etadi: u sakkiz tipdagi testlarni amalga oshirishni taklif etadi [7].
Adobe Captivate dasturi YouTube, Acrobat.com servislaridan videolarni avtomatik yuklash uchun instrumentlariga ega. Shu jumladan Adobe Connect-servisi masofaviy ta’limni amalga oshirish va prezentatsiyalar, vebinarlar o’tkazish, hamkorlikda savollarni mushohada qilish uchun tashkil etilgan.
Adobe Captivate dasturi-juda zo’r dastur va Camtasia Studio bilan taqqoslash bo’yicha u katta funktsional imkoniyatlarga ega. Biroq Camtasia Studio shubxasiz o’zlashtirish va qo’llash engil, birmuncha arzon, rus tili versiyasi mavjudligi, turli o’rgatuvchi video roliklarining borligi unga ustunlik beradi.
Afsuski g’arbda skrinkasting uchun ishlatilayotgan, olg’a surilayotgan dasturlarning rasmiy russifikatsiyasi mavjud emas. Shunga bog’liq ravishda rossiyalik dasturchilar bu sohaga etarlicha e’tibor qaratmoqdalar va ko’plab dasturlarni rus tilidagi versiyasini yaratmoqda, narxlarni etarlicha arzonlashtirishga erishmoqdalar.
Jadval 1

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin