M agistrlik dissertatsiya



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə7/16
tarix20.06.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#133274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Sobirova Fotimaxon Asilbek qizi2

I-Bob bo’yicha xulosa


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.10.2022 yildagi 559-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” qarorida ta’kidlanishcha:

  • masofaviy ta’lim texnologiyasi — talabalarga o’quv materiallarining asosiy hajmini etkazishni, talaba va professor-o’qituvchining o’zaro interfaol harakatini ta’minlab beruvchi, o’quv materialini o’zlashtirish bo’yicha mustaqil ishlashi uchun talabaga imkoniyat taqdim etuvchi axborot-kommunikatsiya va o’qitish texnologiyalari;

  • sinxron rejim — o’quv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmog’ida real vaqtdagi o’zaro aloqa rejimi;

  • o’quv kontenti — o’quv jarayonida talabalarning foydalanishi uchun mo’ljallangan, masofaviy ta’limni boshqarish axborot tizimiga joylashtirilgan o’quv metodik materiallar (o’quv rejalari, o’quv dasturlari, ma’ruza matnlari, videodarslar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, o’quv adabiyotlari).

Masofaviy ta’limning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Ta’limning mustaqilligi, ta’limni shunday tashkil etish bilan tavsiflanadi, bunda talabalar o’rganish vaqti, joyi va tezligini, shuningdek o’rganiladigan fanlar majmuasini mustaqil tanlash imkoniyatiga ega. Repetitorlik o’qituvchining tubdan yangi roli sifatida (masofaviy ta’lim terminologiyasida - repetitor), u nafaqat o’zini o’zi o’rgatishi, balki o’z-o’zini o’qitish jarayonini ham shaxsan, ham masofadan boshqarishi kerak.
AKT muhiti ta’lim ma’lumotlarini uzatishning zamonaviy vositalarini qo’llab-quvvatlash sifatida. Shu bilan birga, faqat zamonaviy kompyuter texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalari talabalar va o’qituvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayonini haqiqatan ham doimiy va interaktiv qiladi.

II-BOB. TA’LIM TIZIMIDA SKINKASTING TEXNOLOGIYASINI QO’LLASH ASOSLARI

2.1. Skrinkasting texnologiyasi


Elektron o’quv materiallarga ishlov berish va yaratish yo’lida skrinkasting texnologiyasi ya’ni ekran video yozuv bilan bog’liqdir. Skrinkasting bu-kompyuter ekranidagi barcha xarakatlarning video, audio yozuvlarini maxsus dastur yordamida yozish va ishlov berishni taklif etadi.
Skrinkasting-elektron ta’lim (e-Learning) berish tizimida faol ishlatiladi va ta’lim texnologiyalarini rivojlantiruvchi vosita sifatida e’tirof etiladi. Rivojlangan g’arb davlatlarida masofaviy elektron ta’lim mavjud bo’lib, uni tashkil etish va boshqarish Internet, multimediya yordami bilan amalga oshiriladi. Xozirgi kunga kelib elektron o’quv materiallarga ishlov berish, skrinkasting texnologiyasi bilan video materiallar tayyorlash ishlari me’yoriy xolatga keldi. Bu soha juda tez rivojlanib, ommaviylashib bormoqda.
Rossiya davlatida esa skrinkasting texnologiyasi ommaviy ravishda ishlatilmoqda va ayniqsa ko’ngilochar sohalarda keng qo’llanilmoqda. Ta’lim muassasalarida bu texnologiyaga qiziqish o’ta yuqori darajada emas, bu erda ushbu texnologiya alohida ishtiyoq bilan tadbiq qilinadi. Bu bilan birga ta’lim muassasalarining metodist va pedagog yo’nalishlari mutaxassislari elektron o’rgatuvchi o’quv materiallar tayyorlash uchun keng ishlarni boshlab yuborganlar.
Ta’lim jaryonida skrinkasting qo’llash imkoniyatlari
Ekranli video texnologiyasi ta’lim jarayonida juda muvaffaqiyatli bo’ladi:

  • har bir xarakat va so’z o’rganuvchi tomonidan kuzatiladi va jaryoanni tadbiq etadi;

  • tushunish murakkab bo’lgan joylarni bir necha marta qaytarib ko’rish va o’rganish imkoniyati mavjud;

  • o’quv materialni mustaqil o’zlashtirish;

  • o’sha vaqtning o’zidayoq eshitgan va ko’rganlarini amaliy tadbiq etish.

Ta’limning bunday shakli turli kanallardan olingan axborotlarni faollashtirishga imkon beradi: ko’rishga oid, eshitishga oid, ekranga oid. Bularning aralashuvidan ta’lim jarayonini intenvifikatsiyasi yuz beradi va o’zlashtirlayotgan materiallar darajasi sezilarli darajada ortadi. Ommaning e’tiroficha eshitishda axborot -12 % ga, vizual jarayonda -25 % ga, ularning kombinatsiyasida esa YuNESKO ning ta’kidlashicha 65 % ga o’zlashtirilar ekan4.
Shu narsa muhimki, ekranli video texnologiyasi yordami bilan taqdim etilayotgan o’quv material strukturaviy, ketma-ketlik, yaxlitlik, tugallangan, xarakterda bo’lib, uning mualliflaridan etarli darajada o’ta sinchkovlik bilan tayyorlashlarini talab etadi.
Undan tashqari ekranli video texnologiya asosidagi elektron o’quv qo’llanma axborotga to’yinganligi bilan farq qiladi va o’quvchiga kuchli emotsional ta’sir qiladi.
Bu barcha xususiyatlar elektron qo’llanmalar o’quv jarayonida ijobiy qo’llanishi to’g’risidagi fikrlarni yuzaga chiqaradi.
Skrinkasting texnologiyasi dastlab interaktiv dasturiy vositalalarni namoyish etishda qo’llanilgan bo’lib, xozirgacha birinchi navbatda o’rganuvchi dasturiy mahsulotlar yaratishda kompyuter dasturi sifatida qo’llanib kelinmoqda. Skrinkasting faqatgina bu sohada ko’llanishi bilan chegaralanib qolmaydi. Turli o’quv bilimlarini muvofaqqiyatli rivojlantirishda o’quv materiallariga ishlov berishda samarali qo’llaniladi. Mavjud multimediali prezentatsiyalarni tayyorlashda bu texnologiya juda qulay vosita bo’lib xizmat qiladi.
Skrinkasting yordami bilan auditoriya mashg’ulotlarini o’tkazish va darsdan tashqari mashg’ulotlar tashkil etish o’quv materiallari yaratishda ham qo’llash mumkin. Xuddi shuningdek boshqa ta’lim vositalari bilan kombinatsiyalash, butun kurs, butun masofaviy ta’lim tizimida ham tadbiq etish qirralarini ochib beradi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin