M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
 
2-Rasm
. L-lizinning hosil bo`lish sxemasi 


- 27 - 
3-Rasm

Yuksak o`simliklarda lizinning hosil bo`lish sxemasi 
Treoninning sintezi gomoserindegidrogenaza (GD) ga bog`liq, lizinning sintezi 
esa, bu aminokislotani biosintezlanish yo`li tarmog`ining birinchi fermenti-
digidrodipikolinat sintetaza (DDPS) tomonidan katalizlanadi. Lizin va treoninning 
sintezida sintez uchun xizmat qiladigan dastlabki modda umumiy bo`lib, u asparagin 
kislotaning 
yarimaldegidi 
hisoblanadi 
va 
korinebakteriyalarning 
yovvoyi 
shtammlarida asosan treoninni sintezi uchun sarflanadi, chunki GD ning faolligi 
DDPS ning faolligiga nisbatan 15 martaga yuqori bo`ladi, ya`ni lizinning biosintezi 
aslida hujayraning treonin, metionin va izoleysin bilan to`yinganidan keyin 
boshlanadi. Shu sababga ko`ra lizinni ko`p miqdorda ajratib olishni yo`lga qo`yish 
uchun bu metabolitlarni biosintezini blokada qilish lozim bo`ladi. Bunga erishish 
uchun esa, GD yoki gomoserinkinaza (GK) ni faolligini bo`g`ib qo`yish kerak 
bo`ladi. Glutamat hosil qiluvchi mikroblardan foydalanilganda, prototrof 


- 28 - 
shtammlarga qarshi mutagen omillar ta`sir etdiriladi. Lizin hosil qiluvchi 
mutantlarning uchta sinfi ma`lum: 
1. Gomoserin bo`yicha GD faolligisiz yoki treonin bo`yicha GK faolligisiz 
bo`lgan auksotroflar. Lizinning eng ko`p yig`iladigan (sarflangan karbonsuvning 40
% gacha miqdorda) yo`li auksotroflarning gomoserin yo`li hisolanadi. Chunki bu xil 
mutantlarda GD ni blokadasi treonin sintezini to`xtatadi va muhitda gomoserin (yoki 
treonin) ni miqdoriy jihatdan cheklab qo`yib AK ni ingibirlanishiga chek qo`yadi. Bu 
holatda asparagin kislotaning yarimaldegidi faqat lizin hosil qilish uchun sarflanali. 
Treonin bo`yicha auksotroflar kamroq mahsuldor bo`ladi, chunki GD faolligi qisman 
saqlanganligi sababli sintezda ishtirok etadigan dastlabki mahsulotning bir qismi
gomoserin sintezi uchun sarflanadi. 
Coryn. glutamicum
ning gomoserin va treonin
bilan bog`liq mutantlari mutagen (UB-nurlar, dietilsulfat, nitrozoetilmochevina) 
larning ta`sirida ko`p bosqichli tanlov asosida ajratib olingan. 
2. Metionin va treoninga sezgir shtammlar-
Brev. flavum
da GD faolligi 20-50 
martaga pasaygan bo`ladi, lekin shunga qaramay, bu ferment hujayraning 
gomoseringa bo`lgan ehtiyojini qondiradi va uni muhitga kiritish talab qilinmaydi. Bu 
xildagi mutantlar 20 g/l gacha lizin yig`ishi mumkin. 
3. Lizinning analogorezistent protomorf produsentlari. Ularni selektiv uslub 
yordamida lizinning analoglari-aminoetilsistein (AES) dan foydalanib ajratib olinadi, 
chunki bu modda treonin bilan birgalikda korinebakteriyalarning o`sishini to`xtatadi. 
Bu xildagi mutantlar 15 g/lgacha lizinni yig`ishi mumkin. Hozirgi paytda analogo-
rezistentlik va auksotroflik tamoyillarini birgalikda qo`shib foydalanish asosida qand 
lavlagisi chiqindilarini oziqa muhiti sifatida ishlatib 40g/l gacha, sirka kislotali oziqa 
muhitida esa 70g/l gacha lizin yig`ilishiga erishish mumkin. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin