M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
Aromatik aminokislotalar.
So`nggi paytda aromatik aminokislotalar-triptofan, 
fenilalanin va tirozinlarni produsent mikroorganizmlarini shtammlarini seleksiyalash 
katta amaliy ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. Mikrob hujayrasida bu birikmalarni 
sintezi xorizm kislotasigacha umumiy yo`l bo`yicha borsa, keyinchalik ikkita 


- 30 - 
tarmoqqa ajraladi, ulardan biri triptofanning sinteziga qarab ketsa, ikkinchisi prefen 
kislota orqali tirozin va fenilalanin tomon yo`nalgan bo`ladi (5-Rasm): 
5-Rasm
. Aromatik aminokislotalar sintezi sxemasi 


- 31 - 
Aromatik aminokislotalarning mutant-produsentlarini ajratish bo`yicha olib 
boriladigan seleksion ish uchta oila vakillari: korinebakteriyalar (
Brev. flavum, 
Coryn.glutamicum
), basillalar (
Bac. subtilis
) va enterobakteriyalar (
E.coli
) orasida 
o`tkaziladi. Bu mikroorganizmlar uchun umumiy boshqarilish yo`li birinchi ferment 
bo`g`ini-3-dezoksiarabinogeptulozo-7-fosfatsintetaza (DAGF) da joylashgan, lekin 
bu fermentning boshqarilish mexanizmi o`zaro farqlanadi. Korinebakteriyalarda 
DAGF ning faolligi fenilalanin va tirozinlar tomonidan o`zaro mutanosib 
ingibirlanishga duch keladi. Bu xildagi aromatik aminokislotalarning produsentlarini 
seleksiyalashda birinchi bosqichda umumiy dastlabki xom-ashyo mahsulot-xorizm 
kislotasi hosil qiladigan auksotrof-shtammlarning ajratilishi lozim bo`ladi. Triptofan 
produsentlarini seleksiyalash ishlarini olib borishda fenilalanin va tirozin bo`yicha 
auksotrof mutantlardan foydalaniladi; fenilalanin produsentlarini ajratishda esa 
tirozin bo`yicha auksotroflardan foydalaniladi. Bu mutantlarning mahsuldorligini 
oshirish uchun ular asosida boshqaruvchi mutantlarni ajratib olish va bu 
boshqaruvchi mutantlarda biosintezning birinchi fermenlari desensebillangan 
bo`lishi lozim bo`ladi. Triptofan produsentlari uchun bu narsani amalga oshirishda
adenilatsiklaza (AS) ni desensebillaydigan uning analoglari (5-metiltriptofan, 6-
ftortriptofan va boshqalar) ga nisbatan rezistent bo`lgan mutantlarni ajratish asosida 
ish yuritiladi. Bu xil mutantlar glyukozani to`g`ridan to`g`ri triptofanga aylantirishi 
mumkin va bunda mahsulot hosil bo`lish unumdorligi 10-12 g/l ga yetadi. Bosqichli 
tanlov asosida ajratib olingan fenilalanin produsentlari analoglar (p-ftorfenilalanin, 
p-aminofenilalanin va boshqalar) ga nisbatan chidamli bo`lgan shtammlar shakarli 
muhitda 20g/l dan ziyodroq miqdorda maqsadli mahsulot yig`ishi mumkin. Seleksion 
ishda muvaffaqiyatli ravishda foydalanilayotgan 
Bac.subtilis
ham bitta DAGF ga ega 
uning sintezi tirozin va fenilalanin tomonidan repressivlanadi, faolligi esa, xorizm va 
prefen kislotalar tomonidan ingibirlanadi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin