- 33 -
Lizin aminokislotasi odam va hayvon organizmida hazm bo`ladigan oqsilning
biologik
qimmatini belgilaydi, ovqat hazm fermentlarini ajratilishini, hujayraga
kalsiy elementini tashilishini ta`minlab organizmda umumiy azot muvozanatini
yaxshilaydi. Bu aminokislotani hayvonlarning ratsioni tarkibiga juda kam miqdorda
(0,1-0,4 %) kiritish yem-oziqa tarkibidagi oqsilning o`zlashtirilish
koeffisiyentini
oshiradi va natijada yem-oziqa sarfini kamaytiradi.
Oziqa muhitini, texnologik jihozlarni va kommunikatsiyalarni tayyorlash
hamda sterilizatsiyalash
Sanoat ishlab chiqarishi miqyosida biosintez jarayonini tashkil qilish uchun ishni
mikrob shtammlarini keyinchalik foydalanish maqsadida dastlabki o`stirish
materialini inokulyatorlarda yoki mikroblarni o`stirish apparatlarida o`stirishdan
boshlanadi. Lizinni produsentlari uchun asosiy karbon manbayi sifatida oziqa
muhitiga qand lavlagisi chiqindilari, sirka kislota yoki ularning aralashmasi solinadi.
Azot manbayi sifatida ko`pincha ammoniy tuzlari va mochevina, shuningdek
makkajo`xori
ekstrakti, oziq-ovqat va non sanoati hamda kazein gidrolizatlari
xizmat qiladi.
Kazein qoldig`i oziqa sifatidagi ahamiyatidan tashqari, mikrobning o`sish omili
vazifasini ham bajaradi, shuningdek uning tarkibida auksotrof mutant uchun zarur
bo`lgan aminokislotalar va vitaminlar ham uchraydi. Biosintezning me`yoriy
chegarada ketishi uchun muhitga makroelementlar: kaliy, fosfor, magniy qo`shish
kerak bo`ladi. Muhitga mikroelementlarni qo`shish talab etilmaydi,
chunki ular
makkajo`xori ekstrakti va achitqi gidrolizatlari tarkibida yetarli miqdorda uchraydi.
Qand lavlagisi qoldiqlari tarkibida quruq modda (QM) hisobida 50 % gacha saxaroza
bo`ladi. Makkajo`xori ekstrakti tarkibida esa, QM hisobida 48 % gacha shakar
bo`ladi. Oziqa muhitining hamma komponentlari tarkibida amaliy jihatdan
aminokislotalarning to`liq komplekti va biotin bo`ladi, natijada bu muhitda ishlab
chiqarishda foydalanilayotgan
shtammlargina emas, balki boshqa yovvoyi
shtammlarning o`sishi va rivojlanishi uchun sharoit mavjud bo`ladi. Shu sababli
biosintez jarayonini qat`iy aseptik sharoitlarda olib borish kerak bo`ladi.
Fermentyorlar (inokulyatorlar) ni ishga tayyorlashda ishlab turgan qurilmalarni issiq
va sovuq suv bilan yaxshilab yuviladi, keyin esa, apparatlar va kommunikatsiyalarni
kuchli ravishda bug`lantiriladi. Sterilizatsiyani samarali bo`lishi uchun bug`lantirishni
135-140
0
C da olib borish kerak. Lekin sterilizatsiya rejimi qurilma va uning
qismlarining qanday materiallardan tuzilganligiga bog`liq bo`ladi.
Agar uning
qandaydir qismi haroratga chidamli bo`lmasa, unda sterilizatsiyani «sovuq» xilidan
foydalanib, qurilmaga ishlov berishda bakteroksid agentlar (formaldegid, fenolning
ba`zi hosilalari, xlororganik birikmalar, beta-propiolakton) qo`llaniladi. «Sovuq»
sterilizatsiyadan keyin
qurilma steril suv bilan to, kimyoviy agentlarning
qoldiqlaridan xolis bo`lgunga qadar yaxshilab yuviladi. Oziqa muhiti mahsulotlarini,
shuningdek texnologik havoni tayyorlashni amalga oshirishda sterillash an`anaviy
uslubda amalga oshiriladi. Muhitning eruvchi komponentlarini ma`lum darajagacha
qizdiriladi va biroz shu sharoitda ushlab turiladi, keyin esa fermentatsiya harorati
darajasigacha pasaytiriladi. Muhitning
termolyabil komponentlarini, masalan qand
lavlagisi chiqindilarini, oldindan 80
0
C gacha qizdirib va doimo aralashtirib turib
sterilizatsiyalanadi. Haqiqiy sterilizatsiyani amalga oshirishda aralashmani bug` bilan
- 34 -
120-122
0
C da qisqa muddatda ushlab turiladi. Sovitilgan eritma siqilgan steril havo
bilan birgalikda oldindan tayyorlab qo`yilgan fermentyorga yuboriladi. Muhitning
qolgan barcha komponentlari fermentyorga yo`naltirilishdan
oldin ketma-ket
ravishda shu apparatning o`zida yoki unga paralel joylashgan aralashtirgichli
reaktorda tegishli haroratga yetkazilib 1 soat ushlab turib sterillanadi. Produsentni
o`stirish apparatida va fermentyorda ko`pik so`ndiruvchi (odatda sintetik tabiatli)
modda qo`shib qattiq rejimda (harorat va davomiyligi jihatidan) alohida sterillanadi.
Dostları ilə paylaş: